Elektrotexnika va ayniqsa elektronika rivojlanib borar ekan, integral mikrosxemalarning ixtiro
qilinishi zamonning inkor etib bo‗lmas jiddiy talabiga aylanib bordi. Deyarli bir vaqtning
o‗zida bir-biridan bexabar ikki muhandis ixtirochi - Jek Sent-Kler Kilbi (1923-2005) va Robert
Norton Noys (1927-1990) integral mikrosxemani ixtiro qilishgan.
Mutaxassislar integral mikrosxemalarni qisqartirib IMS deb yuritishadi. IMS bu - juda
kichik o‗lchamga keltirilgan elektr zanjiri bo‗lib, u turli xil yarimo‗tkazgichlarni qo‗llash
asosida tayyorlanadi. Ba'zan IMSni oddiygina qilib mikrochip ham deyiladi.
Shunday IMS-
mikrochiplar hozirgi kunda deyarli barcha turdagi elektron uskunalarda - oddiy choy
qaynatuvchi elektr choynakdan tortib, murakkab kosmik apparatlarda ham keng
qo‗llanilmoqda.
IMSlarda yarimo‗tkazgichlarning o‗tkazuvchanlik xususiyatini elektr maydoni orqali
boshqariladi. Monolit IMSlarning ixtiro qilinishi esa, avvallari alohida-alohida tayyorlangan va
sxemalarda ham alohida joylashtirilgan elementlar
-
tranzistor
lar,
qarshilik, kondensator va ho kazolarni, yarimo‗tkazgich materialdan
tayyorlangan bitta kristall mikrochipga favqulodda juda kichik ixcham o‗lchamlarda
joylashtirish imkonini berdi. Boz ustiga, sxemalarni qo‗lda yig‗ishdan ko‗ra, IMSni avtomatik
yig‗ilishi - juda tezkor va samarali jarayon bo‗lib, bu o‗z navbatida elektron sxemalarning
ishonchliligini orttirish bilan birga, ularning tannarxini ham pasayishiga olib keldi.
IMSni
fotolitografiya, ya'ni, trafaret bo‗yicha kerakli geometrik shakllarni kremniyli asosga quyish
orqali tayyorlanadi. IMS juda ixcham bo‗lgani tufayli, undagi tashkiliy elementlarning oraliq
masofasi ham juda-juda qisqa bo‗ladi. Bu esa elektr zanjirida yig‗ilgan mantiqning tezkor
bajarilishini ta'minlaydi.
Jek Kilbi o‗zining IMSini 1958-yilda ixtiro qilgan. Robert Noys esa undan yarim yil keyin
o‗z IMSini yasab namoyish qilgan. Yarimo‗tkazgich sifatida Noys IMSida kremniy elementi
qo‗llangan bo‗lsa, bu maqsad uchun Kilbi
germaniy
elementidan foydalangan.
Zamonaviy IMSlarning ixchamligi Kilbi va Noys chiplaridan bir necha marta kichrayib, ishlash
tezligi ham ulardan chandon ortib ketgan. Xususan, hozirda pochta markasi o‗lchamidek
keladigan mitti mikrochip-IMS ichida milliardlab tranzistorlar bo‗ladi.
IMSlar ixtiro qilinganidan keyin elektronika va mikroelektronika sohasi shu darajada katta
shiddat bilan rivojlanib ketdiki, uning har bir keyingi ilg‗or qadamlari
fan-texnika sohasida
navbatdagi inqiloblarni yasab bordi. Xususan, biz bilgan va eng yaqin yordamchimizga
aylangan kompyuterlar va boshqa istalgan elektron qurilma va uskunalar ham aynan
IMSlarning taraqqiyoti tufayli shu darajaga yetib kelgan. Eng qizig‗i esa, IMSlar qanchalik
murakkablashib, ixchamlashib borishi bilan bir qatorda, ularning ishlash tezligi, bajaradigan
vazifalari ko‗lami ham tobora ortib bordi. Odatda, boshqa turdagi texnika vositalari bunday
rivojlanish jarayonida qimmatlashib boradi. Lekin, IMSlar
murakkablashish bilan birgalikda, arzonlashib ham borgan. Bu faktga e'tibor
qaratgan
muhandis Gordon Mur hazil aralash shunday degan ekan: "
Agar avtomobil sanoati ham
yarimo„tkazgichlar sohasi singari shiddat bilan rivojlanganda edi, Rolls-Roys mashinalarida 1
litr benzin bilan 200 ming km masofani bosib o„tish mumkin bo„lardi, hamda, uni ishxona
oldidagi pullik avtoturargohga qo„ygandan ko„ra, shunchaki ko„chaga tashlab ketish
arzonroq
Nima ham derdik, Mur janoblari "Rolls-Roys" olish ishtiyoqida orzuga yetolmay qolib ketgan
bo‗lsa kerakki, alam ustida shunday deb yuborgan bo‗lishi mumkin...