29
II-bob. ISDNga qo’yiladigan talablar tahlili
1. ISDN terminal uskunaning ulanishiga qo'yiladigan talablar
"Foydalanuvchi-tarmoq" interfeysiga qo’yiladigan talablar.
ISDN funktsiyali RKT oxirgi qurilmalar o’rtasida
raqamli aloqalarni va
foydalanuvchilarga, ular uchun standart interfeyslarning chegaralangan to’plami
orqali foydalanish mumkin bo’lgan nutqli va nutqli bo’lmagan xizmatlar keng
spektrini taqdim etilishini ta`minlashi kerak. Standart
interfeyslarning quyidagi
to’plami mavjud:
- bir terminalning ISDN tarmoqidan foydalanishi;
- bir nechta terminal qurilmalarning ISDN tarmoqidan foydalanishi;
- ko’p funktsiyali MIRKT,
mahalliy hisoblash, idoraviy yoki ajratilgan
tarmoqlarning ISDN tarmoqidan foydalanish;
- ISDN tarmoqining ixtisoslashtirilgan axborotni
saqlash va ishlov berish
markazlaridan foydalanish;
- boshqa ko’p funktsiyali tarmoqlarning, shu jumladan, ISDN dan foydalanish.
Zarur bo’lgan terminal bir xilligini tanlash hisobiga foydalanuvchi uchun
maksimal moslashuvchanlikni ta`minlash, shuningdek
tarmoq uskunasini ham,
foydalanuvchi uskunasini ham ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlarni kamaytirish
uchun «foydalanuvchi-tarmoq» interfeysining quyidagi ikki turidan foydalanilishi
kerak.
- "foydalanuvchi-tarmoq" asosiy interfeysi (BRI);
- birlamchi tezlikdagi "foydalanuvchi-tarmoq" interfeysi (PRI).
«Foydalanuvchi-tarmoq» interfeyslari uchun tayanch
konfiguratsiya bazis
nuqtalarini va bu nuqtalar o’rtasida ko’zda tutilishi kerak bo’lgan funktsiya turlarini
belgilaydi. 1-rasmda bazis konfiguratsiya ko’rsatilgan.
Interfeys tuzilmasi. S va T tayanch nuqtalardagi ISDN "foydalanuvchi-
tarmoq" fizik interfeyslar tuzilmasi quyidagi tuzilmalardan biriga mos kelishi kerak:
- V kanal interfeysining tuzilmasi;
- interfeysning asosiy tuzilmasi.
30
Interfeysning asosiy tuzilmasi ikkita V kanalidan va bitta D (2B+D)
kanalidan tashkil topishi kerak. Ushbu tuzilmada D kanalning tezligi 16 kbit/s
bo’lishi kerak. V kanallaridan mustaqil foydalanishning imkoniyati, ya`ni bir yoki
turli TE1 (TA) bilan bir necha ulanishlarda bir vaqtning o’zida ta`minlangan
bo’lishikerak. Birlamchi tezlikdagi V kanal interfeysning tuzilmasi 30 ta V
kanalidan va bir D (30B+D) kanalidan tashkil topishi kerak. Ushbu tuzilmada D
kanalning tezligi 64 kbit/s ni tashkil etadi.
Kira olish resurslari ISDNning "foydalanuvchi-tarmoq"
fizik interfeysidagi
barcha kanallar tarmoq tomonidan majburiy ta`minlanadi. ISDN "foydalanuvchi-
tarmoq" kira olish sxemasida ta`minlangan bo’lishi mumkin bo’lgan resurs, kira
olishning real resursi kabi belgilanishi kerak.
Kira olishning asosiy resurslari:
- 2V+ D;
- B+D;
- D.
Birlamchi tezlikdagi kanalning kira olish resurslari n/B +D bo’lib, bu erda
2048 kbit/s birlamchi tezlik uchun n £ 30.
Do'stlaringiz bilan baham: