2. ISDNda chaqiruvlarga xizmat ko’rsatish jarayoni
Agar stantsiyaning kommutatsiya maydoni, faqat raqamli so’zlashuv
axborotlarini, boshqaruv signallarini va komandalarni kommutatsiya qilsa, bunday
kommutatsion stantsiya - raqamli ATS deb ataladi.
Analogli signallar ham raqamli stantsiyada kommutatsiyalanishi mumkin, lekin
bu holda analog-raqamli (A/R) va raqam-analogli (R/A) konvertorlar
(o’zgartirgichlar) ishlatilishi lozim. Analogli kommutatsiyadan raqamliga o’tish
evolyutsiyasi 1-rasmda keltirilgan. 1a -rasmda analogli abonent va bog`lovchi
liniyalar bilan analogli ATS lar ko’rsatilgan. 1b.-rasmda kom-mutatsiya
evolyutsiyasining keyingi bosqichi ko’rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |