Algoritmning xossalari. Diskretlilik, tushunarlilik, aniqlik, ommaviylik va
natijaviylik har qanday algoritmga xosdir. Shulardan kelib chiqib algoritmning
quyidagi xossalari ustida to„xtalamiz.
1) Diskretlilik - algoritmni chekli sondagi oddiy ko„rsatmalar ketma-ketligi
shaklida ifodalash mumkin (algoritm cheksiz bo„lishi mumkin emas).
2) Tushunarlilik - ijrochiga tavsiya etilayotgan ko„rsatmalar uning uchun
tushunarli mazmunda bo„lishi shart.
3) Aniqlik - ijrochiga berilayotgan ko„rsatmalar aniq mazmunda bo„lishi
shart.
4) Ommaviylik - boshlang„ich ma‟lumotlar qanday bo„lishdan qat‟iy nazar
algoritm shu xildagi har qanday masalani yechishga yaroqlidir.
5) Natijaviylik - har bir algoritm chekli sondagi qadamlardan so„ng natija
berishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |