Oddiy operatorlar. Tarkibida boshqa operatorlar bo„lmagan operatorlar
oddiy operatorlar deyiladi.
Oddiy operatorlarga o„zlashtirish, ma‟lumotlarni kiritish, ma‟lumotlarni
chiqarish, o„tish va proseduraga murojaat operatorlari kiradi.
O’zlashtirish operatori. Dasturda oraliq natijalarni saqlab turish uchun
o„zlashtirish operatoridan foydalaniladi. O‟zlashtirish operatorining umumiy
ko„rinishi quyidagicha:
:=
Bu yerda, := o„zlashtirish belgisi. O‟zlashtirish belgisining o„ng
tomonidagi ifoda va o„zgaruvchining bir xil tipli bo„lishi shart. O‟zlashtirish
belgisining o„ng tomonidagi ifodaning natijaviy tipiga qarab o„zlashtirish
operatori 3 xil guruhga ajratiladi:
Arifmetik o„zlashtirish operatori;
Mantiqiy o„zlashtirish operatori;
Belgili o„zlashtirish operatori.
Do'stlaringiz bilan baham: |