Toshkent axborot axborot lashtirish texnologiyalari


Biometrik autentifikatsiyalashning daktiloskopik tizimi



Download 12,16 Mb.
bet56/136
Sana09.06.2022
Hajmi12,16 Mb.
#646054
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   136
Bog'liq
2-9

Biometrik autentifikatsiyalashning daktiloskopik tizimi

Biometrik tizimlarning aksariyati identifikatsiyalash parametri sifa­ tida barmoq izlaridan foydalanadi (autentifikatsiyaning daktiloskopik tizimi). Bunday tizimlar sodda va qulay, autentifikatsiyalashning yuqori ishonchliligiga ega. Bunday tizimlarning keng tarqalishiga asosiy sabab barmoq izlari bo'yicha katta ma’lumotlar ba’zasining mavjudligidir. Bunday tizimlardan dunyoda asosan politsiya, turli davlat va ba’zi bank tashkilotlari foydalanadi.


Autentifikatsiyaning daktiloskopik tizimi quyidagicha ishlaydi. Awal foydalanuvchi ro'yxatga olinadi. Odatda, skanerda barmoqning turli holatlarida skanerlashning bir necha varianti amalga oshiriladi. Tabiiyki, namunalar bir-biridan biroz farqlanadi va qandaydir umum-lashtirilgan namuna, «pasport» shakllantirilishi talab etiladi. Natijalar autentifikatsiyaning ma’lumotlar bazasida xotirlanadi. Autentifikatsiya-lashda skanerlangan barmoq izi ma’lumotlar bazasidagi «pasportlar» bilan taqqoslanadi.


Barmoq iziarining skanerlarL Barmoq izlarini skanerlovchi an’anaviy qurilmalarda asosiy element sifatida barmoqning xarakterli rasmini yozuvchi kichkina optik kamera ishlatiladi. Ammo dakti­ loskopik qurilmalami ishlab chiqaruvchilarning ko‘pchiligi integral sxema asosidagi sensorli qurilmalarga e’tibor bermoqdalar. Bunday ten-densiya barmoq izlariga asoslangan autentiflkatsiyalashni qoMlashning yangi sohalarini ochadi.

Bunday texnologiyalarni ishlab chiquvchi kompaniyalar barmoq izlarini olishda turli, xususan elektrik, elektromagnit va boshqa usullarni amalga oshiruvchi vositalardan foydalanadilar.


Skanerlardan biri barmoq izi tasvirini shakllantirish maqsadida teri qismlarinrng sig'im qarshiligini oMchaydi. Masalan, Veridicom kom-paniyasining daktiloskopik qurilmasi yarimo‘tkazgichli datchik yor-


damida sigMm qarshiligini aniqlash orqali axborotni yig‘adi. Sensor ish-lashining prinsipi quyidagicha: ushbu asbobga quyilgan barmoq kon-densator plastinalarining biri vazifasini o'taydi (5.6-rasm). Sensor sirtida joylashgan ikkinchi plastina kondensatoming 90000 sezgir plastinkali kremniy mikrosxemasidan iborat. Sezgir sig‘im datchiklari barmoq sirti do'ngliklari va pastliklari orasidagi elektrik maydon kuchining o'zgarishini oMchaydi. Natijada do‘ngliklar va pastliklargacha boMgan masofa aniqlanib, barmoq izi tasviri olinadi.

Pastlikkacha Do'nglikka




5 .6 -rasm . S e n so r ish la sh in in g p rin sip ig a .

Integral sxema asosidagi sensorli tekshirishda AuthenTec kompani-yasida ishlatiluvchi usul aniqlikni yana ham oshirishga imkon beradi.


Qator ishlab chiqaruvchilar biometrik tizimlarni smart-kartalar va karta-kalitlar bilan kombinatsiyalaydilar.

Integral sxemalar asosidagi barmoq izlari datchiklarining kichik oMchamlari va yuqori boMmagan narxi ulami himoya tizimi uchun mu-kammal interfeysga aylantiradi. Ulami kalitlar uchun breloklarga o‘matish mumkin. Natijada foydalanuvchi kompyuterdan boshlab to kirish yo‘li, avtomobillar va bankomatlar eshiklaridan himoyali foy­ dalanishni ta’minlaydigan universal kalitga ega boMadi.




Qo‘l panjasining geometrik shakli bo'yicha autentifikatsiyalash tizimlar'u QoM panjasi shaklini o‘quvchi qurilmalar barmoqlar uzunligini, qoM panja qalinligi va yuzasini oMchash orqali qoM panjasining hajmiy tasvirini yaratadi. Masalan, Recognition Systems kompaniyasining mahsulotlari 90 dan oitiq oMchamlami amalga oshiradi. Natijada, keyingi taqqoslash uchun 9 xonali namuna shakllantiriladi. Bu natija qoM panjasini individual skanerida yoki markazlashtirilgan maMumotlar bazasida saqlanishi mumkin. QoM panjasini skanerlovchi qurilmalar narxining yuqoriligi va oMchamlarining kattaligi sababli tarmoq muhitida kamdan-kam ishlatilsa-da, ular qat’iy xavfsizlik rejimiga va shiddatli trafikka ega
bo'lgan hisoblash muhiti (server xonalari ham bunga kiradi) uchun qulay hisoblanadi. Ularning aniqligi yuqori va inkor koeffitsiyenti, ya’ni inkor etilgan qonuniy foydalanuvchilar foizi kichik.
Yuzning tuzilishi va ovoz bo'yicha autentifikatsiyalovchi tizimlar. Bu tizimlar arzonligi tufayli eng foydalanuvchan hisoblanadilar, chunki aksariyat zamonaviy kompyuterlar video va audeo vositalariga ega. Bu sinf tizimlari telekommunikatsiya tarmoqlarida masofadagi foydalanuvchi subyektni identifikatsiyalash uchun ishlatiladi. Yuz tuzilishini skanerlash texnologiyasi boshqa biometrik texnologiyalar yaroqsiz bo'lgan ilovalar uchun to'g'ri keladi. Bu holda shaxsni identifikatsiyalash va verifikatsiyalash uchun ko'z, burun va lab xususiyatlari ishlatiladi. Yuz tuzilishini aniqlovchi qurilmalami ishlab chiqaruvchilar foydalanuvchini identifikatsiyalashda xususiy matematik algoritmlardan foydalanadilar.

Ma’lum bo'lishicha, ko‘pgina tashkilotlarning xodimlari yuz tuzilishini skanerlovchi qurilmalarga ishonmaydilar. Ulaming fikricha kamera ularni rasmga oladi, so'ngra suratni monitor ekraniga chiqaradi. Kameraning sifati esa past boiishi mumkin. Undan tashqari yuz tuzilishini skanerlash - biometrik autentifikatsiyalash usullari ichida yagona, tekshirishga ruxsatni talab qilmaydigan (yashiringan kamera yordamida amalga oshirilishi mumkin) usul hisoblanadi.


Ta’kidlash lozimki, yuz tuzilishini aniqlash texnologiyasi yanada takomillashtirilishni talab etadi. Yuz tuzilishini aniqlovchi aksariyat algoritmlar quyosh yorug‘ligi jadalligining kun bo'yicha tebranishi natijasidagi yorug'lik o‘zgarishiga ta’sirchan bo'ladilar. Yuz holatining o'zgarishi ham aniqlash natijasiga ta’sir etadi. Yuz holatining 45° ga o'zgarishi aniqlashni samarasiz bo'lishiga olib keladi.




Ovoz bo'yicha autentifikatsiyalash tizimlari. Bu tizimlar arzonligi tufayli foydalanuvchan hisoblanadilar. Xususan, ularni ko'pgina shaxsiy kompyuterlar standart komplektidagi uskuna (masalan, mikrofonlar) bilan birga o‘rnatish mumkin. Ovoz bo'yicha autentifikatsiyalash tizimlari har bir odamga noyob bo'lgan balandligi, modulatsiyasi va tovush chastotasi kabi ovoz xususiyatlariga asoslanadi. Ovozni aniqlash nutqni aniqlashdan farqlanadi. Chunki nutqni aniqlovchi texnologiya abonent so'zini izohlasa, ovozni aniqlash texnologiyasi so'zlovchining shaxsini tasdiqlaydi. So'zlovchi shaxsini lasdiqlash ba’zi chegaralanishlarga ega. Turli odamlar o'xshash ovozlar bilan gapirishi
mumkin, har qanday odamning ovozi vaqt mobaynida kayfiyati, hissiyotlik holati va yoshiga bogMiq holda o‘zgarishi mumkin. Uning ustiga telefon apparatlarning turli-tumanligi va telefon orqali bog‘lanishlaming sifati so'zlovchi shaxsini aniqlashni qiyinlashtiradi. Shu sababli ovoz bo'yicha aniqlashni yuz tuzilishini yoki barmoq izlarini aniqlash kabi boshqa usullar bilan birgalikda amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.


Ko‘z yoyi to‘r pardasining shakli bo'yicha autentifikatsiyalash tizimL Bu tizimlarni ikkita sinfga ajratish mumkin:

ko‘z yoyi rasmidan foydalanish;


ko‘z to‘r pardasi qon tomirlari rasmidan foydalanish.


Odam ko‘z pardasi autentifikatsiya uchun noyob obyekt hisoblanadi. Ko‘z tubi qon tomirlarining rasmi hatto egizaklarda ham farqlanadi. Identifikatsiyalashning bu vositalaridan xavfsizlikning yuqori darajasi talab etilganida (masalan, harbiy va mudofaa obyektlarining rejimli zonalarida) foydalaniladi.


Biometrik yondashish «kim bu kim» ekanligini aniqlash jarayonini soddalashtirishga imkon beradi. Daktiloskopik skanerlar va ovozni aniqlovchi qurilmalardan foydalanish xodimlami tarmoqqa kirishlarida murakkab parollarni eslab qolishdan xalos etadi. Qator kompaniyalar korxona masshtabidagi bir martali autentifikatsiya SSO (Single Sign-On) ga biometrik imkoniyatlami integratsiyalaydilar. Bunday biriktirish tarmoq ma’murlariga parollami bir martali autentifikatsiyalash xizmatini biometrik texnologiyalar bilan almashtirishga imkon beradi. Shaxsni biometrik autentifikatsiyalashning birinchilar qatorida keng tarqalgan sohalaridan biri mobil tizimlari bo‘ldi. Muammo faqat kompyuter o‘g‘irlanishidagi yo‘qotishlarda emas, balki axborot tizimining buzilishi katta zararga olib kelishi mumkin. Undan tashqari, noutbuklar dasturiy bogManish (mobil kompyuterlarda saqlanuvchi parollar yordamida) orqali kofporativ tarmoqdan foydalanishni tez-tez amalga oshiradi. Bu muammolami kichik, arzon va katta energiya talab etmaydigan barmoq izlari datchiklari yechishga imkon beradi. Bu qurilmalar mos dasturiy ta’minot yordamida axborotdan foydalanishning mobil kompyuterda saqlanayotgan to‘rtta sathi - ro‘yxatga olish, ekranni saqlash rejimidan chiqish, yuklash va fayllami deshifratsiyalash uchun autentifikatsiyani bajarishga imkon beradi.


Foydalanuvchini biometrik autentifikatsiyalash maxfiy kalitdan foydalanishni modul. ko‘rinishida shifrlashda jiddiy ahamiyatga ega boMishi mumkin. Bu modul axborotdan faqat haqiqiy xususiy kalit egasining foydalanishiga imkon beradi. So‘ngra kalit egasi o‘zining maxfiy kalitini ishlatib xususiy tarmoqlar yoki Internet orqali uzatilayotgan axborotni shifrlashi mumkin.


VI bob. TARMOQLARARO EKRAN TEXNOLOGIYASI



Download 12,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish