Toshkent axborot axborot lashtirish texnologiyalari


Ill bob. AXBOROT XAVFSIZLIGINING HUQUQIY VA



Download 12,16 Mb.
bet22/136
Sana09.06.2022
Hajmi12,16 Mb.
#646054
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   136
Bog'liq
2-9

Ill bob. AXBOROT XAVFSIZLIGINING HUQUQIY VA TASHKILIY TA’MINOTI


3.1. Axborot xavfsizligi sohasida huquqiy boshqarish

Axborot xavfsizligining huquqiy ta’minoti - axborotni himoyalash tizimida bajarilishi shart boMgan qonunlashtiruvchi dalolatnomalar, me’yoriy- huquqiy hujjatlar, qoidalar yo‘riqnomalar, qo‘llanmalar ma-jmui. Hozirda axborot xavfsizligining huquqiy ta’minoti masalasi ham amaliy, ham qonunchilik jihatidan faol o'rganib chiqilmoqda.


Kompyuter jinoyatchiliklarini qilish instrumentlari sifatida tele-kommunikatsiya va hisoblash texnikasi vositalari, dasturiy ta’minot va intellektual bilim ishlatiladi. Kompyuter jinoyatchiliklarini qilish sohasi sifatida nafaqat kompyuterlar, global va korporativ tarmoqlar (Inter­ net/Intranet), balki axborot texnologiyasining zamonaviy, yuqori unumli vositalari hamda axborotning katta hajmi ishlanadigan, masalan, statistik va moliya institutlari, tanlanadi.


Shu sababli, har qanday tashkilot faoliyatini turli-tuman axborotni olish uchun qo‘lda yoki hisoblash texnikasi vositalari yordamida ishlash, axborotni tahlillash natijasida qandaydir muayyan yechimlami olish va ularni aloqa kanallari orqali uzatishsiz tasavvur etib boMmaydi. Kom-pyuterga ham tajovuz obyekti, ham tajovuz qiluvchi instrument sifatida qarash mumkin. Agar kompyuter faqat tajovuz obyekti bo‘lsa, qonun buzilishini mavjud huquqiy me’yorlar orqali baholash mumkin. Agar kompyuter faqat instrument bo‘lsa, «texnik vositalarni qo'llash» alomati yetarli bo‘Iadi. Yuqoridagi tushunchalami birlashtirish mumkin - kom­ pyuter bir vaqtning o‘zida ham instrument va ham obyekt. Xususan bunday vaziyatga mashina axborotining o‘g‘irlanishi fakti taalluqli.


Agar axborotning o‘g‘irlanishi moddiy va ma’naviy boyliklarning yo‘qotilishi bilan bog'liq boMsa, bu fakt jinoyat sifatida baholanadi. Shuningdek, agar ushbu fakt bilan milliy xavfsizlik, mualliflik manfaat-lari bog'liq boMsa, jinoiy javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida bevosita ko'zda tutilgan.


Har qanday davlatda axborot xavfsizligining huquqiy ta’minoti xalqaro va milliy huquqiy me’yorlarni o‘z ichiga oladi (3.1-rasm).
Huquqiy boshqarish predmetlari quyidagilar:

axborot himoyasining huquqiy rejimi;


axborotlashtirish jarayonlarida qonuniy munosabat qatnashchilari-ning huquqiy maqomi;


subyektlarning, axborot tuzilmalari va ishlash jarayonining turli bosqich hamda sathlaridan huquqiy maqomini hisobga olgan holda, mu-nosabatlari tartibi;






Xavfsizlikning huquqiy










ta’minoti










I

I







Xalqaro huquqiy

Milliy huquqiy







me’yorlari




me’yorlar




-

Bitimlar

-

Konstitutsiya




-

Shartnomalar

-

Farmonlar




-

Litsenziyalar

-

Kodekslar






Patent lar

_

Amal qilinadigan







hujjatlari




-

Mualliflik



















huquqlari

Me’yoriy dalolatnomalar




Yo‘riqnomalar










3. l-rasm Axborot xavfsizligini ta 'minlashning huquqiy me 'yorlari

Axborot xavfsizligi bo'yicha qonunlami 0 ‘zbekiston Respublikasi butun qonunlar tizimining ajralmas qismi sifatida tasavvur qilish mum­ kin, xususan:
tarkibida axborotlashtirish masalalariga doir me’yorlar bo'lgan kons-titutsiya qonunlari;
tarkibida axborotlashtirish masalalariga doir me’yorlar bo‘lgan urn urn iv asosiy qonunlar (mulk, yer osti boyliklari, yer, fuqarolar hu-quqi, fuqorolik, soliq xususida);
xo‘jalikning alohida tuzilmalariga, iqtisodiyotga, davlat organlari tizimiga tegishli boshqarish va ulaming maqomini aniqlash bo‘yicha
qonunlar. Bu qonunlar axborot masalalari bo‘yicha alohida me’yorlami o‘z ichiga oladi;

munosabatlarning, xo‘jalik sohalarining, jarayonlaming muayyan muhitiga butunlay tegishli maxsus qonunlar. Bularga axborotlashtirish bo'yicha qonunlar taalluqli;


axborotlashtirish sohasidagi qonun talablarining bajarilishini reg-lamentlovchi me’yoriy hujjatlar;


qonunlar bilan belgilangan axborotlashtirish sohasidagi me’yoriy hujjatlar;

tarkibida axborotlashtirish sohasida qonun buzilishiga javobgarlik me’yorlari boMgan O‘zbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qilish qonun lari.


Kompyuter tarmoqlari xavfsizligini ta’minlovchi davlat huquqiy mexanizmining rivojlanmagan sharoitida korxonaning davlat va xodim-lar jamoasi bilan munosabatlami huquqiy asosda rostlovchi hujjatlari jiddiy ahamiyatga ega boMadi. Bunday muhim hujjatlar tarkibiga quyi-dagilarni kiritish mumkin:


korxona (firma, bank) ustavi;


jamoa shartnomasi;


jamoa xodimlari bilan tuzilgan, tijorat siri bo'lgan ma’lumotlar himoyasini ta’minlash bo'yicha talablarga ega mehnat shartnomalari;


ishchi va xizmatchilarning ichki mehnat tartib qoidalari;


rahbarlar, mutaxassislar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning mansab bilan bogMangan majburiyatlari.





Download 12,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish