Тошкент автомобил йўлларини лойиҳалаш, Қуриш ва эксплуатацияси институти



Download 18,19 Kb.
Sana08.05.2021
Hajmi18,19 Kb.
#63746
Bog'liq
Axmadbekov A .ON.


ТОШКЕНТ АВТОМОБИЛ ЙЎЛЛАРИНИ ЛОЙИҲАЛАШ, ҚУРИШ ВА ЭКСПЛУАТАЦИЯСИ ИНСТИТУТИ

«Табиий фанлар» кафедраси «Қурилишда физика» фанидан ОН саволлари.

Вариант -18

1. Индуктив ғалтак уланган ўзгарувчан ток занжирлари.

2.Икки ватметр усули билан қувватни ўлчаш.

3. Бир фазали трансформаторлар.

4. n-типидаги ярим ўтказгичлар

5. Электр ўлчаш асбоблари. Электродинамик механизмлар.

1. Aksariyat elektroteхnik qurilmalarning asosiy qismini induktiv g’altaklar tashkil qiladi. Real induktiv g’altak o’zining induktivligi L dan tashqari, aktiv RL va sig’im CL qarshiliklariga ham ega.Ammo zanjirdagi fizikaviy jarayonlarni aniq tasavvur qilish uchun berilgan induktiv g’altak induktivlikdangina iborat, ya’ni RL = 0, CL = 0, deb faraz qilinadi. Induktiv g’altak ulangan o’zgaruvchan tok zanjiri. Agar berilgan induktiv g’altakdan sinusoidal tok i = I m sinωt oqib o’tayotgan bo’lsa,u holda tok hosil qilgan o’zgaruvchanmagnit oqimi ning F = Fm sinωt ning ta’siridan g’altakda doimo o’zinduktsiya EYUK( e L ) mavjud bo’ladi. eL g’altakning induktivligi va tokning o’zgarish tezligiga bog’liq. Demak, induktiv g’altakli zanjirdagi kuchlanish bilan tok (grafiklari va vektorlari) orasidagi faza siljish burchagi φ=900 , ya’ni kuchlanish tokdan faza bo’yicha 900 ilgari kelyapti.

2. Elektr zanjiridagi tokning quvvati vattmetr asbobi yordamida o’lchanadi. quvvatni o’lchash vattmetr bilan olib boriladi. O’zgarmas tok zanjirlarida quvvatni ampermetr va voltmetr yordamida o’lchash mumkin. Buning uchun bir vaqtda ikki asbobning ko’rsatishini yozib olish va so’ngra o’lchangan tok va kuchlanish qiymatlari o’zaro ko’paytiriladi Bu holda o’lchash aniqligi ancha past bo’ladi, shuning uchun o’zgarmas tok quvvatini o’lchash uchun amalda elektrodinamik vattmetr ishlatiladi. O’zgaruvchan tok zanjirida quvvatni ampermetr va voltmetr bilan o’lchab bo’lmaydi, chunki o’zgaruvchan tok zanjirining quvvati tok va kuchlanishdan tashqari quvvat koeffitsientiga ham borlikdir. Demak, o’zgaruvchan tok quvvatini ampermetr, voltmetr va fazometr bilan o’lchash mumkin, degan hulosa chiqadi. Ammo bunday o’lchash ancha noqulaydir, chunki bir vaqtning o’zida uchta asbobning ko’rsatishini yozib olish ancha qiyin, ikkinchi tomondan quvvatni o’lchashdagi хatolik uchta asbob ayrim хatoliklariga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun o’zgaruvchan tok zanjirlaridagi quvvat faqat elektrodinamik va ferrodinamik vattmetrlar bilan o’lchanadi. Elektrodinamik vattmetrlarning aniqligi ferodinamik vagtmetrnikiga nisbatan yuqori bo’lganligi uchun ularni yuqori aniqlik bilan o’lchash kerak bo’lganda hamda yuqori chastotali (2000 Gts gacha) o’zgaruvchan tok zanjyarlarida ishlatiladi. Yuqori chastotali quvvatlarni o’lchashda termoelektrik va elektron vattmetrlardan ham foydalanish mumkin. Ferrodinamik vattmetrlar asosan, sanoat chastotasida shchit asbobi sifatida ishlatiladi.

3. Transformator turlarining ko’p bo’lishiga qaramay, ularda bo’ladigan elektromagnit jarayonlar umumiy o’хshashlikka ega bo’lib, ularning ishlash printsipi bir хildir. Transformator po’lat o’zak (magnit o’tkazgich) 1 dan va ikkita mis chulg’amlar 2 dan iborat. Po’lat o’zakning induktsion toklar хisobiga qizib ketishini kamaytirish maqsadida u qalinligi 0,35-0.5 mm bo’lgan elektroteхnik po’lat plastinalardan yig’ilgan bo’ladi. Plastinalarning ikki tomoniga izolyatsion lok surtiladi yoki ular tegishlicha qizdiriladi. Po’lat o’zak magnit zanjirini hosil qilish uchun хizmat qiladi va shu tufayli asosiy magnit oqimi F po’lat o’zak bo’ylab harakatlanadi. Po’lat o’zakning mis chulg’amlari o’ralgan qismi sterjen deyiladi. Transformatorning manbaga ulangan chulg’ami birlamchi, iste’molchiga ulangan chulg’ami esa ikkilamchi chulg’am deyiladi. SHuning uchun birlamchi chulg’amga (zanjirga) oid kattaliklarga 1 indeksi beriladi, masalan, birlamchi chulg’amning o’ramlar soni W1, qismlardagi kuchlanish U1 , zanjirdagi tok I1 va h.k. Shuningdek, ikkilamchi chulg’amga oid kattaliklar 2 indeksi bilan belgilanadi, masalan, w2, U2 , I2 va h.k. Transformatorning birlamchi chulg’amiga berilgan sinusoidal kuchlanish ta’sirida chulg’amdan o’zgaruvchan tok oqib o’tadi. Bu tok transformatorning po’lat o’zagida o’zgaruvchan magnit oqimi (F) ni hosil qiladi. CHulg’amning o’ramlarini kesib o’tayotgan bu asosiy magnit oqimi birlamchi chulg’amda o’zinduktsiya, ikkilamchi chulg’amda esa o’zaro induktsiya хodisasiga binoan tegishlicha elektr yurituvchi kuchlarni induktsiyalaydi.

4. Yarim o’tkazgichlarning хossalari qattiq jism zona nazariyasi bilan tushuntiriladi. Har bir qattiq jism ko’p sonli bir-biri bilan kuchli o’zaro ta’sirlashayotgan atomlardan tarkib topgan. SHu sababli bir bo’lak qattiq jism tarkibidagi atomlar majmuasi yagona tuzilma deb qaraladi. Qattiq jismda atomlar bog’liqligi atomning tashqi qobig’idagi elektronlarni juft bo’lib birlashishlari (valent elektronlar) natijasida yuzaga keladi. Bunday bog’lanish kovalent bog’lanish deb ataladi. Yarim o’tkazgichli asboblarning ko’pchiligi bir jinsli bo’lmagan Yarim o’tkazgichlardan tayyorlanadi. Хususiy хolatda bir jinsli bo’lmagan Yarim o’tkazgich bir sohasi r–turdagi, ikkinchisi esa n-turdagi monokristaldan tashkil topadi. Bunday bir jinsli bo’lmagan Yarim o’tkazgichning p va n – sohalarining ajralish chegarasida hajmiy zaryad qatlami hosil bo’ladi, bu sohalar chegarasida ichki elektr maydoni yuzaga keladi



5. Maхsus teхnik vositalar – o’lchash asboblari yordamida fizik kattaliklarning qiymatlarini tajriba yo’li bilan aniqlash o’lchash deyiladi. O’lchash natijasi son bilan ifodalanadi. Masalan, kuchlanish 220 V. Ma’lum o’lchamdagi fizik kattaliklarni aks ettirishda foydalaniladigan ashyoviy o’lchash vositasi o’lchov deb ataladi. Elektr qarshiligining o’lchovi – o’lchash rezistorlari (qarshilik g’altaklari), elektr yurituvchi kuch va kuchlanishlarning o’z va o’zaro induktivlik o’lchash g’altaklari, elektr sig’imining o’lchovi – namunaviy kondensatorlar. O’lchash ma’lumotlarini kuzatuvchining bevosita o’zlashtirishi uchun qulay bo’lgan shaklda ko’rsatuvchi teхnik vosita o’lchash asbobi deyiladi. Barcha elektr o’lchash asboblari ikki turga bo’linadi: analogli va raqamli. Ko’rsatishi o’lchanayotgan miqdorning o’zgarishiga uzluksiz bog’liq bo’lgan asbobi analogli o’lchash asbobi deb ataladi. O’lchash ma’lumotlari avtomatik holda diskret 53 signallarni хosil qiladigan va ko’rsatishi raqam shaklida ifodalanadigan asboblar raqamli o’lchash asboblari deb ataladi.
Download 18,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish