project.gov.uz 13.12.2020 10 mazkur faoliyat muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda amalga
oshirilayotganda.
Shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinadigan ob’ektlari
quyidagilardan iborat:
hududiy alohida tartibga solinadigan ob’ektlar;
alohida tartibga solinadigan aholi punktlari.
Alohida tartibga solinadigan aholi punktlari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi poytaxti - Toshkent shahri;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi poytaxti - Nukus shahri;
viloyatlarning ma’muriy markazi bo‘lgan shaharlar;
hududida madaniy meros ob’ektlari bo‘lgan shaharlar;
kurort-shaharlar;
qo‘riqxona-shaharlar;
yashash va faoliyat ko‘rsatishning alohida rejimi belgilangan aholi punktlari
(harbiy shaharchalar va o‘zga rejimli hududlar, davlat qo‘riqxonalaridagi,
tabiat bog‘lari va boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlardagi aholi
punktlari).
alohida (ekstremal) tabiiy-iqlim sharoitidagi aholi punktlari.
Shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinadigan ob’ektlari
chegaralari ma’muriy-hududiy tuzilmalar chegaralariga to‘g‘ri kelmasligi
mumkin hamda ular qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Hududiy alohida tartibga solinadigan ob’ektlar quyidagilardan iborat:
tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar ta’siriga uchragan hududlar;
kimyoviy va (yoki) biologik moddalar, zararli mikroorganizmlar bilan yo‘l
qo‘yiladigan cheklangan konsentratsiyalardan ortiqcha, radioaktiv moddalar
bilan yo‘l qo‘yiladigan cheklangan darajalardan ortiqcha miqdorda
ifloslangan hududlar;
qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar;
suv resuslari zonalari;
quriqlanadigan noyob landshaftlarga ega bo‘lgan hududlar;
kurort maqsadlardagi hududlar;
project.gov.uz 13.12.2020 11 rekreatsiya maqsadlardagi hududlar;
madaniy meros ob’ektlarga ega bo‘lgan hududlar;
Toshkent va Nukus shaharlariga hamda viloyatlar va tumanlarning ma’muriy
markazlari bo‘lgan shaharlarga tutash zonalar.
Hududlar va aholi punktlarida shaharsozlik faoliyatini alohida tartibga
solish hududlardan foydalanishning quyidagilar qamrab olingan maxsus
qoidalarini joriy etish yo‘li bilan amalga oshiriladi:
maxsus shaharsozlik normalari va qoidalari;
aholi punktlari va aholi punktlararo hududlarni rivojlanishini va
qurishni rejalashtirish shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va
tasdiqlashning alohida tartibi;
ob’ektlar qurilishiga maxsus ruxsatnomalar berish.
Tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlarning ta’siriga uchragan
hududlar va aholi punktlarida shaharsozlik faoliyatini alohida tartibga
solish:
hududlar va aholi punktlarini mazkur ta’sirdan himoya qilishning maxsus
tarhlari va loyihalarini ishlab chiqish;
aholi punktlari va aholi punktlararo hududlarni rivojlanishini va
qurishni rejalashtirish shaharsozlik hujjatlarini kompleks muhandislik
qidiruvlari natijalarini hisobga olmasdan turib ishlab chiqish, tasdiqlash
va amalga oshirishni taqiqlash orqali amalga oshiriladi.
Konsentratsiyasi yo‘l qo‘yiladigan darajadan ortiq kimyoviy va biologik
moddalar, zararli mikroorganizmlar, yo‘l qo‘yiladigan darajadan ortiq
miqdordagi radioaktiv moddalar bilan ifloslangan hududlar, agar bunday
hududlarda aholining yashashi xamda xo‘jalik va boshqa faoliyat olib borishi
inson hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirayotgan bo‘lsa, qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda konservatsiya qilinishi va ularga maxsus ishlov
berilishi lozim. Mazkur hududlarning ifloslanish darajasiga hamda ularni
sog‘lomlashtirish usuliga qarab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan ulardan foydalanishning alohida rejimi joriy
etilishi yoki boshqa funksional maqsadi belgilanishi mumkin.
Madaniy meros ob’ektlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlari bo‘lgan
hududlarda va aholi punktlarida muhofaza zonalarining chegaralari aholi
punktlari va aholi punktlararo hududlarni rivojlanishini va qurishni