project.gov.uz 13.12.2020 13 o‘zlariga tegishli ob’ektlardagi o‘zgarishlar haqida davlat shaharsozlik
kadastri va shaharsozlik faoliyati ob’ektlarining monitoringi
yuritilishini amalga oshiradigan organga hamda ob’ektlarni texnikaviy
inventarizatsiyadan o‘tkazadigan tashkilotlarga ishonchli ma’lumotlar taqdim
etishlari;
shaharsozlik hujjatlarining materiallarini, shu jumladan kompleks
muhandislik qidiruvlarining materiallarini shaharsozlik faoliyati
sohasidagi maxsus vakolatli davlat organining tegishli tarkibiy
bo‘linmalariga belgilangan tartibda taqdim qilishlari shart.
9-m o d d a. Aholi punktlarining turlari Aholi punktlari shaharlar, shahar posyolkalar va qishloq aholi punktlariga
(qishloqlar, ovullar) bo‘linadi.
Aholi soniga qarab shaharlar quyidagilarga bo‘linadi:
eng yirik aholi punkti - aholisining soni bir milliondan ortiq kishidan
iborat;
yirik aholi punkti- aholisining soni ikki yuz ellik mingdan bir
milliongacha kishidan iborat;
katta aholi punkti - aholisining soni yuz mingdan ikki yuz ellik minggacha
kishidan iborat;
o‘rtacha aholi punkti - aholisining soni ellik mingdan yuz minggacha kishidan
iborat;
kichik aholi punkti - aholisining soni ellik minggacha kishidan iborat.
Aholi soniga qarab qishloq aholi punktlari quyidagilarga bo‘linadi:
yirik aholi punkti - aholisining soni besh mingdan ortiq kishidan iborat;
katta aholi punkti - aholisining soni uch mingdan besh minggacha kishidan
iborat;
o‘rtacha aholi punkti - aholisining soni bir mingdan uch minggacha kishidan
iborat;
kichik aholi punkti - aholisining soni bir minggacha kishidan iborat.
Vaqtinchalik ahamiyatga molik va aholi tarkibi doimiy bo‘lmagan hamda
project.gov.uz 13.12.2020 14 iqtisodiyot tegishli tarmog‘ining xizmat maqsadidagi ob’ektlar
hisoblanadigan binolar va inshootlarning guruhlari (vaxta usulida ishlovchi
neftchilar, gazchilar, qidiruvchilarning posyolkalari hamda uylari),
shuningdek alohida, yakka turgan uylar (temir yo‘l nazoratchilarining,
o‘rmonchilarning uylari, dala shiyponlari va boshqalar) bu bino va inshootlar
ma’muriy, ishlab chiqarish yoki hududiy munosabatlarda qaysi shaharsozlik
faoliyati sub’ektlari bilan bog‘liq bo‘lsa, xuddi shu sub’ektlar tasarrufida
bo‘ladi.
Aholi punktining turiga qarab qonun hujjatlarida shaharsozlik
hujjatlarining tarkibi, ularni ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi
belgilanadi.
Yangi aholi punktlarini joylashtirish hamda mavjud aholi punktlarini
rivojlantirish aholi punkti turiga, ijtimoiy-iqtisodiy va shaharsozlik
istiqboliga, O‘zbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirish bosh
tarhiga, hududlarni rejalashtirish tarhlari hamda tumanni (tumanlar
guruhlarini) rejalashtirish loyihalariga, aholi punktlarining bosh
rejalariga, shuningdek bunday punktlarni rejalashtirish va qurish
loyihalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Aholi punktlarini tashkil etish hamda qayta tashkil etish, ularning
maqomini va chegaralarini o‘zgartirish tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari
asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Aholi punktlari chegaralaridagi yerlar tasdiqlangan bosh rejalarga muvofiq
ulardan foydalanishning tartibga solinishini amalga oshiruvchi mahalliy
davlat hokimiyati organlarining tasarrufida bo‘ladi.
Aholi punktlarining yerlaridan foydalanish shartlari va tartibiga doir
shaharsozlik talablari ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlari bilan
belgilanadi.
Aholi soniga qarab shahar posyolkalari quyidagilargabo‘linadi:
yirik aholi punkti - aholisining soni yetti mingdan ortiq kishidan iborat;
katta aholi punkti - aholisining soni besh mingdan yetti minggacha kishidan
iborat;
o‘rtacha aholi punkti - aholisining soni uch mingdan besh minggacha kishidan
iborat;
kichik aholi punkti - aholisining soni ikki mingdan uch minggacha kishidan
iborat.