VII BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR
57-m o d d a. Shaharsozlik faoliyatining moliyaviy ta’minoti
Shaharsozlik faoliyatini moliyalashtirish davlat budjeti mablag‘lari,
buyurtmachilarning o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘lari, shuningdek
yuridik va jismoniy shaxslarning muhandislik, transportga oid va ijtimoiy
infratuzilmalarni rivojlantirishda ulushbay ishtirok etishi hisobidan
amalga oshiriladi.
Shaharsozlik faoliyatini budjet mablag‘lari, shu jumladan,
markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar doirasida O‘zbekiston Respublikasi
Respublika budjeti davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish:
ushbu Kodeks 26-moddasi birinchi qismining 1, 2, 3, 4-bandlarida nazarda
tutilgan shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda;
project.gov.uz 13.12.2020
61
kompleks muhandislik qidiruvlari o‘tkazishda, mikroseysmik hududlarga
bo‘lish xaritalari, tabiatni muhofaza qilish hududiy kompleks tarhlari
tuzishda, joriy qurish ustidan mualliflik nazorati hamda aholi punktlari
bosh rejalari amalga oshirilishi monitoringi shaharsozlik hujjatlarini
ishlab chiquvchilar tomonidan o‘tkazilishida, ushbu Kodeks 26-moddasi
birinchi qismining 1, 2, 3, 4-bandlarida nazarda tutilgan shaharsozlik
hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazishda;
shaharsozlik faoliyatining ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda,
shaharsozlik normalari va qoidalarini ishlab chiqishda;
favqulodda ekologik holatlar va ekologik falokat zonalarini, tarixiy
manzilgohlarni, umumdavlat ahamiyatiga molik muhandislik, transportga oid
hamda ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirishning belgilangan
maqsadli umumdavlat dasturlarini, boshqa belgilangan maqsadli umumdavlat
dasturlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda, shuningdek davlat
shaharsozlik kadastrini yuritishda amalga oshiriladi.
Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishni moliyalashtirish ushbu moddaning
birinchi qismida nazarda tutilgan manbalardan tashqari, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
tasarrufiga davlat korxonalarini xususiylashtirishdan tushadigan
mablag‘larning bir qismi hisobidan ham amalga oshiriladi.
Agar hududni shaharsozlik jihatidan o‘zlashtirish davlat manfaatlari,
mintaqalararo manfaatlar yoki aholi punktlari guruhlari manfaatlariga
daxl etadigan bo‘lsa, shaharsozlikning o‘zga faoliyatini moliyalashtirish uchun
davlat mablag‘laridan foydalaniladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat
hokimiyati organlari har yilgi qurilishlarning manzili ko‘rsatilgan
ro‘yxatlarini tuzishda Davlat dasturlariga kiritilmagan aholi
punktlarining shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishini, kompleks
muhandislik qidiruvlari o‘tkazilishini, aholi punktlarini mikroseysmik
hududlarga bo‘lish xaritalari, tabiatni muhofaza qilish hududiy kompleks
tarhlari tuzishni, joriy qurish ustidan mualliflik nazorati hamda aholi
punktlari bosh rejalari amalga oshirilishi monitoringi shaharsozlik
hujjatlarini ishlab chiquvchilar tomonidan o‘tkazilishini, shaharsozlik
hujjatlari kelishib olinishi va ekspertizadan o‘tkazilishini mahalliy
budjet hisobidan moliyalashtirishni nazarda tutashlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |