project.gov.uz 13.12.2020 27 o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa harakatlarni amalga oshirish huquqiga
ega.
Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar:
qonun hujjatlariga muvofiq shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishini
ta’minlashlari;
o‘zlari ishlab chiqqan shaharsozlik hujjatlarini barcha manfaatdor organlar
va tashkilotlar bilan belgilangan tartibda kelishib olishlari shart.
qonunchilikda belgilangan holatlar bundan mustasno.
Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar zimmasida qonun
hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
16-m o d d a. Ob’ektlar qurilishi bo‘yicha pudratchilar O‘z faoliyatini qonun hujjatlari asosida olib boruvchi yuridik va jismoniy
shaxslar ob’ektlar qurilishi bo‘yicha pudratchilar bo‘lishi mumkin.
Ob’ektlar qurilishi bo‘yicha pudratchilar:
binolar, inshootlar va boshqa ob’ektlarning yangi amaliy yechimlarini ishlab
chiqishda ishtirok etish;
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchi, shaharsozlik faoliyati sohasidagi
maxsus vakolatli davlat organining tegishli tarkibiy bo‘linmasi va
buyurtmachi bilan kelishgan holda shaharsozlik hujjatlariga binolar,
inshootlar va boshqa ob’ektlarning arxitektura-badiiy ko‘rinishi hamda
amaliy yechimini yomonlashtirmagan tarzda texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni
yaxshilaydigan o‘zgartishlar kiritish;
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchidan zarur texnik maslahat olish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa harakatlarni amalga oshirish huquqiga
ega.
Ob’ektlar qurilishi bo‘yicha pudratchilar shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun
hujjatlariga rioya etishlari shart.
project.gov.uz 13.12.2020 28 III BOB. DAVLAT ORGANLARINING ShAHARSOZLIK FAOLIYaTI SOHASIDAGI VAKOLATLARI 17-modda. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi
18-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
shaharsozlik faoliyati sohasidagi vakolatlari
19-modda. Viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati
organlarining shaharsozlik faoliyati sohasidagi vakolatlari
20-modda. Tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati organlarining
shaharsozlik faoliyati sohasidagi vakolatlari
21-modda. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli
davlat organi
22-modda. Viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish
bosh boshqarmalarining vakolatlari
23-modda. Tumanlar hamda shaharlar arxitektura va
qurilish boshqarmalarining (bo‘limlarining) vakolatlari
24-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish
qo‘mitasi Davlat ekspertizasi bosh boshqarmasining vakolatlari
25-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish
qo‘mitasi Davlat arxitektura-qurilish nazorati bosh
boshqarmasining vakolatlari