Har bir insonni ajratib turadigan qobiliyatning o'ziga xos
xususiyati jamiyat uchun insoniy qadriyatning kalitidir.
Hech narsaga qodir bo'lmagan odamlar yo'q. Har bir
inson o'ziga xos qobiliyat xususiyatiga ega bo'lib, u
muayyan faoliyat turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish
uchun imkoniyat yaratadi. Imkoniyatlarning har
tomonlama rivojlanishi uchun qiziqish va qiziqishning
keng doirasi ushbu imkoniyatning imkon qadar tezroq
va aniqroq namoyon bo'lishi uchun muhim shartdir.
Qobiliyatning sifat va miqdor tavsifi
Psixologiyada qobiliyatlar individual-psixologik xususiyatlar sifatida tavsiflanadi
va buning asosida bir insonning boshqa insondan tafovutlanadigan xislatlari,
fazilatlari yotadi. SHuning uchun har bir shaxsdan bir xil natija, bir xil sifat kutish
mumkin emas, chunki insonlar o‘z qobiliyatlari bo‘yicha bir-birlaridan muayyan
darajada farq qiladilar, binobarin, ular o‘rtasida farqlar sifat va miqdor
jihatidan bir talay bo‘lishi mumkin.
Qobiliyatlarning miqdoriy tavsifi va ularni o‘lchash muammosi psixologiya
fanida o‘ziga xos rivojlanishning tarixiy o‘tmishiga ega. Hozirgi davrda fanning
mumtoz psixologlariga aylangan Spirmen, Termen Kettell va boshqalar XIX
asrning oxirlari va XX asrning boshlaridayoq muayyan ixtisoslar uchun kasb
tanlashni ilmiy asosda yo‘lga qo‘yish zaruriyatidan kelib chiqadigan talablar
tazyiqida o‘quv yurtlarida saboq olayotgan shaxslarning qobiliyat darajasini
aniqlashga kirishdilar. Ularning taxminlaricha, insonning lavozimiga loyiqligi,
uning mehnat faoliyatiga layoqatni, shuningdek, oliy o‘quv yurtlariga, harbiy
xizmatga, rahbarlik martabasini egallashga nisbatan layoqatlarini aniqlash
imkoniyati mavjuddir.
O‘tgan asrda qobiliyatlarni o‘lchash usuli, mezoni tariqasida aqliy
iste’dod testlari ishlab chiqildi va AQSH, Buyuk Britaniya kabi
mamlakatlarda o‘quvchilarni saralash, harbiy xizmatga zobitlarni
tanlash, ishlab chiqarishda rahbarlik lavozimiga tasiya qilishda
foydalanildi. Hatto Buyuk Britaniyada universitetga kirish huquqini
beruvchi test sinovi tizimi ham yaratildi «Aqliy iste’dod» testlari ball
yoki ochkolar bilan baqolanib, echimga sariflangan vaqtni hisobga
olib natijalar yig‘indi holiga keltirilar edi. Testlar murakkabligi ortib
borish tamoyili bo‘yicha «Testlar batareyasi» tizimi yaratiladi. Testlar
tuzilishi bo‘yicha faqat so‘zlardan iborat (verbal) sinovlar bilan
cheklanmasdan, balki turlicha mohiyatli «labirintlar» (yunoncha
labyrinthos- chigal holat, murakkab, chalkash ma’nosini bildiradi),
«boshqotirma» va shunga o‘xshash sinovlar kiritiladi.
Qobiliyatning tuzilishi
SHaxs egallashi shart hisoblangan faoliyat, u xoh
ta’lim, xoh mehnat, xoh o‘yin, xoh sport bo‘lishidan
qat’i nazar uning bilish jarayonlariga, aqliy
xislatlariga, xissiy-irodaviy jabhalariga, sensomotor
sohasiga, xarakterologik xususiyatlariga muayyan
talablar qo‘yadi va ularning hamkorlikdagi sa’i-
harakati tufayli muvaffaqiyatlarga erishiladi.
Qobiliyatlar sifatida ro‘yobga chiqadigan psixik
xislatlar majmuasining tuzilishi yaqqol va alohida
faoliyat talabi bilan belgilanganligi tufayli har qaysi
turdagi faoliyatlar uchun o‘ziga xos tarzda qo‘yilishi
turgan gap.
Ayrim holatlarni ko'rib chiqamiz:
mamavzutik qobiliyat:
Mamavzutik materiallarni
umumlashtirish, mulohaza
yuritish jarayonini qisqartirish,
mamavzutik ish-amallarni
kamaytirish, masalani idrok
qilish bilan natijasi o‘rtasida
aloqa o‘rnatish, to‘g‘ri va
teskari fikr yuritishdan engil
o‘tishlik, masala echishda fikr
yuritishning epchilligi kabilar;
adabiy qobiliyat; Nafosat
hislarining yuksak taraqqiyot
darajasi, xotirada yorqin
ko‘rgazmali obrazlarning
jonliligi, «til zehni», behisob
xayolot, ruhiyatga
qiziquvchanlik, o‘zi ifodalashga
intiluvchanlik va boshqalar.
Ajratib ko‘rsatilgan qobiliyatlar
tarkibidan ko‘rinib turibdiki,
mamavzutik va adabiy
qobiliyatlar o‘zaro bir-biriga
o‘xshamagan talablari bilan
tafovutga egadir
Insoniyat paydo bo‘libdiki u har doim o‘zini boqishga, ehtiyojlarini qondirishga harakat qilgan
va hozirda ham shu yo‘ldan bormoqda. Inson o‘z ehtiyojlarini eng avvalo oziq – ovqat,
boshpana, kiyim – kechaklarga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishdan boshlagan. Keyinchalik
yangi sivilizatsiyalar paydo bo‘lgach, ya’ni insoniyat madaniyatlashib borgan sari o‘z
ehtiyojlariga kerak bo‘lgan maxsulotlarni ishlab chiqara boshlagan. Bular eng avvalo shu
sohadagi kasb egalarini paydo bo‘lishiga va jamiyatni shu maxsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini
qondirishga intilishlarni paydo qilgan. Jamiyat rivojlana borgan sari yangi kasblar paydo
bo‘lgan va rivojlanib borgan. Insonlar esa yaxshi yashashga intilganlar. Buning uchun kasb
tanlaganlar, tajriba oshirganlar va bilimlarni to‘plaganlar. Kasb – inson ish faoliyatining
ma’lum tajriba, tayyorgarlik talab etadigan faoliyat turi, sohasi, hunardir. Kasbga umumiy
yoki maxsus ma’lumot hamda amaliy tajriba yo‘li bilan erishiladi. Kasb ichida mehnat
faoliyatining eng tor xarakteri bilan ajralib turuvchi ixtisoslari bor. Ba’zi kasblarda bir qancha
ixtisoslar masalan: chilangar kasbida – remontchi chilangar, asbobsoz chilangar, yig‘uvchi
chilangar kabi yo‘nalishlar mavjud. Dunyoda 60 ming (qiyoslash uchun Rossiyada 20 ming)
O‘zbekistonda 6 mingdan ziyod kasblar mavjud.[1] SHuni aytish joyizki jamiyat rivojlangan sari
kasblar ham ko‘payib boradi. SHu bilan birga kasb bu jamiyatdagi qabul qilingan huquqiy –
normativ qonunlarga amal qilishi zarur bo‘ladi.
XULOSA
Do'stlaringiz bilan baham: |