G`ishtni tayyorlashda avvalo uni qanday usulda tayyorlangan va qanday ishlov berilganini bilishi lozim. Bizga ma’lumki bizning tarixiy obidalarimizda ishlatilgan g’isht odatda yog’och yoki metall qoliplarda qo’lda tayyorlangan. Sanoatimizda ishlab chiqariladigan g’isht ulchamlari bo’yicha ta’mirlashga yaroqsizdir. SHuning uchun ta’mirlash uchun tayyorlanadigan g’isht xam qo’lda tayyorlanishi lozim. /ishtga ishlov berish charxlash va boshqa bajarilishi lozim bo’lsa ular asosan malakali ustalar tomonidan amalga oshirilishi lozim. Xar bir g’ishtdan terilgan devorda albatta qurilishi qorishmasidan foydalanilgan. Xar bir inshoatda ustalar sharoitdan kelib chiqqan xolda qurilish qorishmalarini tanlaganlar. Bular ohaq , ganch, oddiy giltuproq, bitum va boshqalar bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |