Zilzilaning kuchini baholash. Insoniyat o‗zining butun tarixiy taraqqiyoti mobaynida ko‗p yer silkinishlarni boshidan kechirgan, uning ayanchli oqibatlarining guvohi bo‗lgan. O‗tgan XX asrda eng kuchli yer silkinishlar quyidagi joylarda kuzatilgan:
1920 yilda Xitoyda –180 ming;
1923 yilda Yaponiyada —100 ming;
1948 yilda Ashxabadda –110 ming;
1960 yilda Marokkoda –12 ming;
1968 yilda Eronda –12 ming;
1970 yilda Peruda –66 ming;
1988 yilda Armanistonda –25 ming;
1990 yilda Tayvanda (qurbonlar soni aniq emas); 1999 yilda Turkiyada –18 ming kishi nobud bo‗lgan.
Bizning asrimizda esa 2001 yilda Hindistonda 7,9 ball kuch bilan yer silkinib, unda 30 mingdan ortiq kishi nobud bo‗lgan va yuz mingdan ortiq insonlar boshpanasiz qolganlar.
2011 yil, 11 mart kuni Yaponiyadagi zilzila tarixda eng dahshatli zilzilalardan biri bo‗ldi. Unda 16 mingdan ortiq insonlar nobud bo‗ldi. Fukusimo atom elektr stantsiyasi jiddiy shikastlandi va vayrongarchiliklar oqibatida umumiy keltirilgan zarar 300 mlrd. Àdol. atrofida hisoblandi. Uzoq tarixiy saboq ya‘ni yer silkinishlari kishilarni ruhiy holatga bo‗lgan ta‘siri, imorat va inshootlarning buzilishi, vayron qilinishi, yer yuzasida vujudga kelgan o‗zgarishlar (yer sathida yoriqlar va buloqlarning paydo bo‗lishi) yuz bergan hodisalarning kuchini baholashga o‗rgatgan. Natijada nisbiy baholash shkalasi paydo bo‗lgan.Zilzila kuchi ikki xil o‗lchov birligida o‗lchanadi: 1) ballar; 2) magnituda.
5.6-rasm. 2011-yilda Yaponiyada bo„lgan zilzila oqibatlari.
Dunyoning juda ko‗p davlatlarida yer silkinish kuchi 12 balli xalqaro o‗lchov birligida o‗lchanadi.
Ball – yer yuzasining tebranma harakat darajasini ko‗rsatadi. Silkinish kuchini ballarda o‗lchashda «seysmograf»lardan foydalanib, tog‗ jinsi zarrachalarining tebranma harakat tezligi topiladi. Ya‘ni yozib olingan «seysmogrammalar» orqali zarrachalarning tebranish amplitudasi aniqlanadi va shu asosida seysmik to‗lqin tezlanishini quyidagi formula orqali hisoblab chiqarish mumkin.
α = A(4π2 /T2) (5.5)
bunda, α –seysmik to‗lqin tezlanishi, m/s2;
A –tor jinsi zarrachasi tezlanish amplitudasi, mm; T –seysmik tebranish davri, s;
π = 3,14.
Epitsentrda tog‗ jinsi zarrachalarining seysmik tezlanishini, u yerda sodir bo‗lgan o‗zgarishlarga (buzilish, yorilish, vayron bo‗lish va h.k.) taqqoslangan holda Rossiya Fanlar Akademiyasi olimlari tomonidan yer silkinishining kuchini
«ballarda» baholash shkalasi ishlab chiqilib, hozirda bu uslub xamma MDHga
kiruvchi barcha davlatlarda, jumladan, O‗zbekistonda MSK (Medvedev, Shponxoer va Karnik) nomi bilan qo‗llaniladi.
Tuproq zarralarining tebranma harakat jadalligi silkinish o‗chog‗i chuqurligiga, magnitudaga, epitsentrdan uzoq-yaqinligiga, tuproqning geologik tuzilishiga va boshqa omillarga bog‗liq.
Ikkinchi o‗lchov birligi bu Rixter shkalasi bo‗yicha Magnituda (M) hisoblanadi. Magnituda shkalasi 1935 yilda Amerika seysmologi Ch.Rixter tomonidan taklif qilingan. Magnituda yer silkinishining umumiy energiyasini ko‗rsatib, u yerning maksimal surilish amplitudasi logarifmini belgilaydi va mikronlarda aniqlanadi. Magnituda gipotsentrdan ajralib chiqqan energiyaga proportsional kattalik hisoblanib, uning maksimal qiymati 9 M gacha bo‗ladi.
Yer silkinishining umumiy energiya miqdori quyidagi formula bilan topiladi:
|
E=π2 •ς • V • (A/T)
|
(5.6)
|
|
bu yerda,
|
ς –yer silkinish gipotsentridagi
|
mavjud tog‗ jinslarining
|
zichligi,
|
g/sm2; V– tog‗ jinslarida seysmik to‗lqinlarining tarqalish tezligi, m/soniya; A – tog‗ jinsi zarrachasi tezlanish amplitudasi, mm; T–seysmik tebranish davri, soniya.
Bu energiyaning (E) miqdori ba‘zan shunchalik katta bo‗ladiki, hatto, yuz mingta vodorod bombasini portlatish oqibatida ajraladigan energiya quvvatiga teng kelishi mumkin. Yer silkinishida magnitudaning har birlikka ortishi, 10 barobar yer tebranish amplitudasining ortishiga (tuproqning surilishi) hamda 30 barobar yer silkinish energiyasining ortishiga olib keladi. Masalan, M=5 dan M=7 ga o‗zgarganda, tuproqning surilishi 100 barobarga, yer silkinish energiyasi esa 900 barobarga ortadi (5.3-jadval).
MSK – 64 (ball) va Rixter (M) shkalalari orasidagi farq 2,5 ni tashkil etadi. MDH hududining 20 foizga yaqini zilzilaviy faol mintaqa hisoblanib, bunday hududlarga asosan tog‗li o‗lkalar, Kavkaz orti, Shimoliy Kavkaz, Karpat bo‗yi, Janubiy Qrim, Moldaviya, Primore, Saxalin, Kamchatka, Kuril orollari,
Turkmaniston va O‗rta Osiyoning tog‗li o‗lkalari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |