5.2-rasm. Jarlikni saqlab qoluvchi qurilma:
a, b, v – jarlikning yuqori, o‘rta va quyi qismi; 1 – qurilma; 2 – suv qochirg‘ich kollektor; 3 – ko‘p pog‘onali qoya; 4 – beton bilan mustahkamlangan qoya; 5 – suv oqizgich; 6 – suv yuviladigan maydon; 7 – qoyaning ko‘kalamlashtirilgan yoki butazor qismi.
Joyning tabiiy sharoitiga qarab, shaharsozlikda ularning o‗lchamlari va faolligi belgilanadi. Shaharsozlik nuqtai-nazaridan hududlarda jarliklarning bo‗lmasligi quyidagi maqsadlarni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega:
jarliklar shahar hududining yaxlitligini buzib, rejalashtirish ishlarini ancha qiyinlashtiradi;
shahar tumanlari, markazi, madaniy markazlar (teatr), sport o‗yingohlari stadion bilan aloqani qiyinlashtiradi;
shahar hududlarida jarliklarning mavjudligi va ulardan loyiha bo‗yicha foydalanib bo‗lmasligi loyihalash, qurilish va inshootlardan foydalanishni qiyinlashtiradi hamda katta iqtisodiy zarar keltiradi;
jarliklardan o‗tish uchun ko‗priklar yoki quvurlar qurishga to‗g‗ri keladi;
jarliklarga yaqin qurilgan uylarda shikastlanish xavfi paydo bo‗ladi;
sizot suvlarni kamaytirish, tuproq tarkibini o‗zgartirish va bino poydevorlari mustahkamligiga, daraxtlarning o‗sishiga salbiy ta‘sir qiladi;
jarliklar orqali oqova suvlar suv havzalarini ifloslantiradi.
Shahar hududini loyihalayotganda qurilish masalalarini yechish jarayonida jarliklarni qoldirish va ulardan foydalanishda quyidagi omillar inobatga olinadi:
foydalanib bo‗lmaydigan jarliklar maydoni shaharning umumiy yuzasi hisobidan chiqariladi va tabiiy holda saqlanadi;
xuddi shunday jarliklarning o‗sishi hamda rivojlanishiga qarshi chora- tadbirlar belgilanadi;
muhandislik tayyorgarlik ishlari bajarilgandan so‗ng, mavjud jarlardan foydalanish yo‗llari izlanadi.
Tabiiyki, qurilish uchun yaroqsiz yerlar shahar hududida bo‗lsa, unda muhandislikning ma‘lum bir chora-tadbirlarini qo‗llash talab qiladi. Bu esa ma‘lum bir shahar qurilishi uchun o‗sha joylardan foydalanish imkoniyatlarini ochadi. Jarliklarga qarshi chora-tadbirlarni qo‗llashdan ikkita maqsad ko‗zda tutiladi:
imorat va inshootlarni saqlash;
yaroqsiz joylarni yaroqli holga keltirib, undan shaharsozlikda foydalanish.
Hududlarda jarliklarning mavjud bo‗lishi muhandislik tadbirlari amalga oshirishda quyidagi umumiy vazifalarni bajaradi:
shahar rivojlanishi va kengayishi davrida jarliklar mavjud bo‗lgan joylar shahar hududiga tushib qolishining oldini olish;
imorat va inshootlarga xavf soluvchi va shahar hududi rejasini tuzishda murakkabliklarni keltirib chiqaruvchi jarliklarni yo‗qotish;
o‗suvchi yoki rivojlanuvchi jarliklarni tabiiy holda saqlab qolish choralarini topish;
jarliklardan foydalanishning boshqa yo‗llarini izlab topish.
Muhandislik tadbirlarining xususiyati, jarliklar shaharning qaysi tomonida joylashganligiga bog‗liq. Agarda, aholi yashayotgan joyda jarlik mavjud bo‗lsa, unda tadbirlar keng miqyosda va to‗la holda olib boriladi, ya‘ni jarlik ko‗miladi yoki biror bir aniq maqsadda foydalanish choralari izlanib topiladi.
Agar yangi o‗zlashtirilayotgan joyda jarliklar mavjud bo‗lsa, unda bu joylardan foydalanish chora-tadbirlari bosh reja asosida bosqichma-bosqich bajariladi.
Jarliklar ko‗p tarqalgan joylarda ularning xususiyatini ochuvchi maxsus xarita tayyorlanishi maqsadga muvofiqdir. Bu xaritada muhandislik tayyorgarligi bo‗yicha barcha chora-tadbirlar ham ko‗rsatib o‗tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |