3.2.1. Qurilish maydoni yo‘llari
Qurilish avtoyo‘llari, qurilish maydonini umumiy avtomobil yo‘llarini
tarmog‘i bilan bog‘lovchi shoxobcha yo‘llar va qurilish maydoni ichra yuk
tashiladigan qurilish maydon ichidagi yo‘llardan iborat. Odatda, shoxobcha
yo‘llar doimiy, qurilish maydon ichidagi yo‘llar vaqtinchalik quriladi. Bu yo‘llar
asosiy ob’yekt qurilishi boshlangunga qadar quriladi.
Qurilish maydonida yo‘llar berk va halqasimon bo‘lishi mumkin. Berk
yo‘llarni oxirida aylanish maydonchalari, o‘rta qismida kerakli holatda
30
raz’ezdlar bo‘lishi kerak. Avtomobilni normativ gabaritlaridan kelib chiqqan
holda (kengligi 2.5 va balandligi 3.8 m bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak) bir
tomonlama harakatda avtomobil yo‘lini kengligi 3.5 m dan, ikki tomonlama
harakatda 6 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Agar yo‘l bir tomonlamali qilib
loyihalangan bo‘lsa , yuklarni tushirish joylarda kengaytirilgan joylar bo‘lishi
nazarda tutilgan bo‘lishi kerak va yo‘lning umumiy kengligi 6 m dan kam
bo‘lmasligi kerak. (3.2-rasm).
Yuk ko‘taruvchanligi 25...30 t va undan ortiq bo‘lgan og‘ir mashinalar
qo‘llanilganda, yo‘lning transport yuradigan qismining kengligi 8 m gacha
kengaytiriladi. Agar qurilish maydoniga yirik gabaritli va uzun o‘lchovli yuklar
yetkaziladigan bo‘lsa yo‘llar kengligi qo‘shimcha oshirilishi mumkin.
Yo‘llarni qayrilish radiusi alohida mashina va avtopoyezdlarning
manevr qilish imkonlaridan kelib chiqqan holda, ya’ni ularning orqaga yurmay
oldinga harakat qilgandagi aylanaolishligidan kelib chiqadi. Odatda minimal
qayrilish radiusi 15m qabul qilinadi, usha yerda yo‘lni yurar qismini kengligi
oshiriladi – yo‘l kengligi 3.5 m bo‘lganda qayrilishida 5m bo‘ladi.
Konstruktiv jihatdan avtomobil yo‘llari yer ko‘tarmasi va yo‘l qoplamasi
qismlaridan iborat. Yer usti suvlarini qochirish uchun yo‘llarni to‘g‘ri
bo‘laklarida ikki taraflama nishablik, egri chiziqli bo‘laklarida bir tomonlama
nishablik hosil qilinadi.
Yo‘l qoplamasi bir necha qatlamlardan iborat – to‘shaladigan qo‘mli
qatlam, yuk ko‘taruvchi zamin (shebenkali, betonli, temirbetonli) va qoplama.
Qurilish maydonida qurilish davrida bo‘ladigan xarajatlarni kamaytirish uchun
doimiy yo‘llar yuqori qoplamasiz barpo etiladi. Faqat yo‘lning pastki qatlamlari
barpo etilib temir betonli yo‘l plitalaridan vaqtinchalik qoplama hosil qilinadi.
Asosiy qoplama bu holatda ob’yekt topshirilishidan oldin qoplanadi.
Temirbeton yo‘l plitalari sifatida plandagi ko‘rinishi to‘g‘riburchakli
yoki ponasimon plitalar qo‘llaniladi.( 3.3-rasm).
31
Kirish Chiqish
Do'stlaringiz bilan baham: |