11.5 –rasm. To‘sinsiz orayopmali bino karkasini montajining texnologik
ketma-ketligi:
a – ustunlarni o‘rnatish; b – kapitellarni o‘rnatish; v – ustunlar oralig‘idagi va oraliq
plitalarni o‘rnatish; g – konstruksiyalarni montaj qilish zonasi.
148
Kapitellarni montaj qilish, poydevor va ustun tutashuv joylaridagi beton
yozda 70%, qishda 100% loyihaviy mutahkamlikka erishgandan so‘ng
boshlanadi. Kapitellarni o‘rnatishdan oldin ustunni ikkala tomonidan (balandligi
4,8m gacha) ko‘chirma montaj maydonchalari o‘rnatiladi yoki qavatni
balandligi katta bo‘lsa tayanib turadigan maydonchali narvonlar qo‘yib
chiqiladi. Keyin kapitel to‘rt tarmoqlik stroplarga ilinadi, unga ikkita arqonli
tortqilar ulanadi va kapitel kran bilan montaj qilish joyiga uzatiladi. Kapitel
ustunni ustki tomonida 20…30sm balandlikda ushlab turilib kerakli joyga arqon
tortqilar yordamida yo‘naltiriladi va to‘g‘rilanib konsolga tegmaydigan qilib
tushiriladi.
Keyinchalik kapitel ustun konsoliga chizilgan reja o‘qlar bo‘yicha
yo‘naltirilib to‘g‘rilanib pastga tushiriladi va ilmoqlar bo‘shatiladi.
Vaterpas(shayton, obtarozi) yoki nivelir yordamida kapitelni holati gorizontal
bo‘ylab tekshiriladi. Loyihaviy holatga keltirilgandan keyin kapitel va ustun
konsollari tutashuv joylari payvandlanadi, qo‘shimcha ravishda kapitelni va
ustunni bog‘lovchi to‘rtta armaturali qoplama qo‘yib payvandlanadi.
Ustun ustidagi plitalarni o‘rnatishni, kapitelga chiqib, o‘q belgilarini
kapitelga va plitalarga chizish va kerakli holatda armaturalarni chiqib turgan
qismlarini to‘g‘rilab chiqish uchun narvon o‘rnatilishdan boshlanadi. Ustun
ustidagi plitalar to‘rt ilmoqli strop bilan ilinadi va kapitel ustiga tayanish yuzasi
uzunligini ta’minlagan holda o‘rnatiladi. Keyin ilmoqlar ustun ustidagi
plitalardan bo‘shatiladi va armaturalarni chiqib turgan qismlari payvandlanadi.
Xudi shunday boshqa ustun ustidagi plitalar montaj zonasi chegarasida
o‘rnatiladi.
Oraliq plitalarni montaji barcha ustun tepasidagi orayopma plitalar
montaj zonasida o‘rnatilib bo‘lingandan va ularning tutashuvlari
payvandlangandan keyin boshlanadi. Oraliq plitalarni ham to‘rt tarmoqli
ilmoqlar bilan (strop bilan) ilintirib, oraliq va ustun ustidagi plitalar orasidagi
tirqishlar bir xil bo‘lishini ta’minlagan holda ustun ustidagi plitalarni qo‘yma
149
detalini ustiga qo‘yiladi. Ilmoqlar bo‘shatilib tutashayotgan plitalarni
armaturalarini chiqqan qismlari payvandlanadi.
Ikkinchi qavat konstruksiyalar montajini tutashuv joylari va choklarni
beton bilan yaxlitlamasdan oldin ham boshlash mumkin. Ikkinchi qavat ustunlari
pastki ustunning bosh ustiga qo‘yilib vaqtinchalik tirgovichlar bilan
mahkamlanadi. Ustunlarni bir-biriga tutashish joylari bunda payvandlash va
ishlov berish qulay bo‘lishi uchun orayopmadan 0,5…1m balandlikda
joylashtiriladi,. Payvandlash ishlari tugagach va kerakli nazoratdan
o‘tkazilgandan so‘ng , tutashuv joylari yaxlitlanadi.
Kerak bo‘lgan holda oldindan ustunlarni bosh qismini va montaj
gorizonti belgilarni ijro geodezik s’emka (tasvir) asosida aniqlanishiga qarab
pastda to‘rgan ustunlarga kerakli qalinlikdagi plastinkalar payvandlanadi.Keyin
tayanch balkalari o‘rnatilib mahkamlanadi, ustun ilintirilib, o‘rnatish joyiga
o‘zatiladi, pastda to‘rgan ustunni boshiga to‘shiriladi. Chizilgan chiziqlar
birlashtiriladi, podkoslarni uchlari tayanch to‘sinlarga mahkamlanadi va
ustunlarni vertikalligi (tikligi) podkoslar yordamida to‘g‘rilanadi.
To‘g‘rilangandan so‘ng ustunni osti rixtalangan plastinkaga payvandlanadi va
ustun ilmoqdan bo‘shatiladi.
Ikkinchi qavatni qolgan konstruktiv elementlari, xuddi birinchi qavatni
elementlari kabi montaj qilinadi.
To‘rtta ustunga mo‘ljallangan guruhli konduktorlar qo‘llanilganda
ustunlar konduktorda plan va vertikal bo‘ylab to‘g‘rilanadi. (11.6-rasm). O‘q
belgi-chiziqlari bo‘yicha to‘g‘rilangan ustunni pastda turgan ustunni bosh
qismiga qo‘yma qismlari bilan payvandlanadi va kontur bo‘ylab tutashuv
joylari beton bilan yaxlitlanadi.
150
Do'stlaringiz bilan baham: |