Toshkent arxitektura qurilish instituti


 Boshqa konstruktiv sxemali  binolar montaji



Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/123
Sana24.06.2021
Hajmi1,7 Mb.
#100435
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

 
11.6. Boshqa konstruktiv sxemali  binolar montaji 
 
Ko‘p qavatli sanoat binolari karkaslarini montajini karkasda  P, N yoki 
SH  shaklidagi  ramalarini  qo‘llash  bilan  osonlashtirish  mumkin.  U  fazoviy 
elementlar  bo‘lib,  2…3  ustuni,  ular  orasida  rigel  va  rigelni  konsollari  bor. 
Karkas  elementlarini  bu  tariqa  yechimga  egaligi  tutashuv  joylarini    va  montaj 
elementlari    sonini  kamaytiradi.  Yig‘ma  fazoviy  konstruksiyalar  bir  yoki  ikki 
qavatga tayyorlanadi, ularni tutashuv joylari  qavatning 1/3 balandligi sathida, 
bir-biriga  qulay  birlashtiriladigan  zonada  joylashtiriladi.  Ko‘rsatilgan 
konstruksiyalarni  qo‘llanilganda  bino  karkasini  montaj  qilish  qavatma-qavat 


146 
 
bajarilib,  quyidagi  ketma-ketlikda  olib  boriladi:  temir-beton  karkasni  rama 
elementlari,  pardadevor  panellari,  ventilyatsiya  bloklari,  tirgovich  elementlari, 
orayopma plitalari, va to‘suvchi konstruksiyalar montaj qilinadi.
 
Balkasiz  orayopmali  binolarni  montaj  qilishda  boshqa  karkasli  binolar 
montaji  texnologiyasi  kabi  texnologiya  qo‘llaniladi.  Ammo  karkasni  ba’zi 
konstruktiv  xususiyatlari  bo‘lgani uchun ishlarni  olib borishda  ma’lum  ketma-
ketlikka  rioya  qilishni  talab  qiladi.  Balkasiz  karkasda  ustunlar  tagiga  yaxlit 
betondan, ustun qadamlari   6 x 6 m stakan tipidagi poydevorlarqabul qilingan. 
Karkasning  asosiy  elementlari  –  kvadrat  kesimga  ega  bir  yoki  ikki  qavatga 
mo‘ljallangan  ustunlar,  ustunni  yuqorisiga  o‘rnatiladigan  o‘rtasida  teshigi  bor 
kapitel, ikki yo‘nalish bo‘yicha kapitel ustiga o‘rnatiladigan ustun usti plitalari  
va  oraliq  plitalari.  Karkas  baquvvat  kapitellar  hisobiga  katta  bikirlikka  egaligi 
bilan  ajralib turadi. O‘z  vaqtida  yaxlit qilib  betonlanganda bunday  karkaslarni 
tashqi devorni g‘isht terish ishlaridan,  ichki devorni terishdan va zina xonasidan 
tashqari yarus bo‘yicha yoki binoni butun balandligi bo‘yicha seksiyalab alohida 
montaj  qilish  mumkin  bo‘ladi.  Yig‘ma  konstruksiyalarni  montaj  qilish 
texnologik  ketma-ketligi  o‘z  ichiga  dastavval  binoni  (yoki  uning  alohida 
blokini)  montaj  zonalariga  bo‘lish,  va  shu  chegarada  bir  nomli    elementlarni 
birin ketin montaj qilishni o‘z ichiga oladi: ustunlar o‘rnatish, kapitellar, ustun 
tepasidagi  plitalar  va  oraliq  plitalari  o‘rnatish  (11.5  -rasm).  Karkas 
konstruksiyalari qavatlab montaj qilinib, bino qamrovlarga bo‘linadi,  ularning  
o‘lchamlari  binoning  harorat  blokiga  teng  bo‘ladi.  Balkasiz  orayopmali 
binolarni karkasini montaji quyidagi ketma-ketlikda oshiriladi:
 
• ustunlar o‘rnatiladi va  to‘g‘rilanadi; 
• ustunlarni ustki qismiga kapitellar kiygiziladi; 
•  kapitelning  chetlariga  to‘rttala  tomondan  bir-biriga  perpendikulyar 
ravishda plita-to‘sinlar o‘rnatiladi; 


147 
 
•  plita-to‘sinni  yon  qirralariga  tayanidigan  o‘rtadagi  kvadrat  plitalar 
montaj  qilinadi  va  ular  burchaklarida    qo‘yma  detallari  yoki  chiqarilgan 
armaturalari bilan mustahkam qilib payvandlanadi. 
Birinchi  qavat  ustunlari  stakanli    poydevorlarga  ponasimon  tiqinlar 
yordamida  o‘rnatiladi.  Kesim  yuzasi  400  x  400  va  500  x  500  mm  bo‘lgan 
ustunlar  uchun  to‘rtta  ponasimon  tiqin,  bundan  katta  ko‘ndalang  kesimli 
ustunlarda oltita ponasimon tiqin ishlatiladi. Ustun bilan poydevor tutashuv joyi  
mayda shag‘al yoki shcheben qo‘shib tayyorlangan markasi 300 ga teng beton 
quyilib, ichki vibratorlar bilan zichlanadi. 
 
 
 

Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish