107
2.28-rasm. Temir beton deraza tavaqalari:
a – tavaqalari sxemasi; b – deraza o‘rni vertikal sxemasi;
v – bu ham, gorizontal sxemasi;
1 – diametri 8 mm po‘lat sterjen; 2 – tishli mix.
Keyingi yillarda xona ichini yoritishda deraza o‘rnini shisha blok va
profillangan shishalar yordamda to‘ldirish anchagina tejamlikka olib kelmoqda.
Ular yaxshigina yorug‘lik texnika xususiyatlarga ega bo‘ladi hamda bino ichida
yengil taralgan yorug‘lik hosil qiladi, shu bilan birgalikda
ularning yetarlicha
mustahkamlikka ega bo‘lishligi, o‘tga chidamliligi, yaxshigina ovoz izolyatsiyasiga
108
va uzoq vaqt ekspluatatsiya
qilinishi mumkinligi, issiqlik radiatsiyasini o‘tishini
kamaytirib, issiqlik uzatish qarshiligini oshirish bilan boshqa qurilish ashyolaridan
farq qiladi. Ularning yana bir xususiyatlaridan biri gigiena talablariga javob berishi,
tozalashni oson va ishlatilish davrida kam harajatliligidir.
Bunday bloklarning
o‘lchamlari: 194x194x98(60), 294x294x98 va 394x394x60mm bo‘lib, shisha blok
panellarning uzunligi esa 5980mm balandligi 1185, 1785 va 2385mm qilib olinadi.
Kelajakda sanoat binolarida deraza o‘rnini to‘ldirishda profillangan shisha
ashyolarini keng ko‘lamda qo‘llanilishi kutilmoqda (2.29-rasm).
Bunday ashyolar profilli ochiq yoki yopiq bo‘lishi mumkin. Eng afzali bo‘lib
shveller va qutisimon profilli shisha ashyolar hisoblanadi. Ularning o‘lchamlari:
uzunligi 1,4m dan 3,0m gacha, tokchasi balandligi 50mm eni 300mm, devor qalinligi
5,5mm ni tashkil qiladi.
Shveller profilidagi turlarni
mahsus klyamerlar bilan, qutisimon profilidagi
turlarini esa siqadigan ustquymalar bilan mahkamlab qo‘yiladi. Bunda chok va
yoriqlar mahsus germetiklar (GS-1, TM-0,5, AM-0,5) va surgich (zamaskalar) (NG-
16) yordamida berkitiladi. Shisha temirbeton devor panellarini ham temirbeton devor
panellarini ustunlarga mahkamlanish kabi usullarda qotiriladi.
Sanoat korxonasiga transport vositalarini kiritish, jihozlarni ko‘chirish va
ko‘plab odamlarning kirib-chiqishi uchun darvozalar o‘rnatiladi
.
Ularning
o‘lchamlari texnologik jarayon va birxillashtirish talablaridan kelib chiqadi.
Darvozalar o‘lchamlari elektr aravacha va eni 2 m, balandligi 2,4
m gacha
bo‘lgan vagoncha hamda turli yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega avtomashinalar uchun
3x3; 3,6-3,6; 4x3 va 4x3,6 m; temiryo‘l transporti uchun - 4,7x5,6 m qabul qilinadi.
Samolyotsozlik va shunga o‘xshash korxonalar uchun ular katta o‘lchamlarda
loyihalanadi.
Ochilishi
bo‘yicha ochiluvchi,
surilib ochiluvchi, tavaqali,
ko‘tariluvchi, parda, ko‘p tavaqali g‘ildirakli darvozalar mavjud. Darvoza tavaqalari
yog‘ochdan, po‘lat karkasi bo‘lgan yog‘ochdan va po‘latdan tayyorlanadi. Ular
isitilgan, isitilmagan, sovuq, eshikchasiz va eshikchali bo‘lishi mumkin. Darvozalar
tavaqalari qo‘lda yoki mexanizmlar yordamida ochiladi.Lang
ochiluvchi darvozalar
amaliyotda keng qo‘llaniladi. Agar darvoza kichik bo‘lsa, yog‘ochdan tayyorlanadi.
109
Agar uning bo‘yi va eni 3 m dan ko‘p bo‘lsa po‘lat karkasdan tayyorlanib, sirti
yog‘ochdan bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: