Toshkent arxitektura qurilish instituti


 Hisob yuritish-operatsiyalar bloki tarkibiga quyidagilar kiradi



Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/128
Sana26.02.2022
Hajmi18,93 Mb.
#468020
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   128
Bog'liq
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash. Qodirova S. 2020

1. Hisob yuritish-operatsiyalar bloki tarkibiga quyidagilar kiradi: 
- axborot-ma’lumotnoma zali; 
- operatsiyalar zali; 
- buxgalteriya xonasi; 
- operatsiyalar zali qoshidagi elektron-hisoblash texnikasi uchun xona. 
Axborot-ma’lumotnoma zali
bank binosida vestibyul funksiyasini bajaradi, 
uningvazifasi – bank binosida mijozlarni saralashdan iborat, bu erda turli vizual 
axborot va chaqiruvchi tablo joylashtriladi. Bankning asosiy xonasi, ya’ni 
operatsiyalar zalibar’ervositasida maydoni deyarli bir xil bo‘lgan ikki: 
mijozlar 
zonasi 
va 
hisob yuritish-operatsion xodimlar zonasi
gaajratiladi. Operatsiyalar 
zalining maydoni bar’er yonidagi xodimlar zonasida joylashadigan bitta hisob 
yuritish-operatsion xodimga 12 m
2
dan to‘g‘ri keladigan qilib belgilanadi. Bar’er 
poldan 115 sm balandlikdagi gorizontal panelga ega bo‘lishi lozim. Operatsiyalar 
zali, odatda, jismoniy va yuridik shaxslar uchun alohida qilib loyihashtiriladi. 
Hisob yuritish-operatsiyalar xonalarining maydoni bir xodim uchun 6 m
2
to‘g‘ri 
keladigan qilib qabul qilinadi. Operatsiyalar bloki qoshida hisoblash texnikasi 
uchun alohida xonalar loyihalashtiriladi. 
2. Kassa bloki tarkibiga quyidagilar kiradi:
 
- kassa zali; 
- kassa uzeli. 
Kassa zali
mijozlar zonasi va 
mijozlar pulni qayta hisoblashi uchun 
mo‘ljallangan zonaga
bo‘linadi. Funksional vazifalariga ko‘ra kassa uzeli takribiga 
kiruvchi 
kassa kabinalari (operatsion kassalar)
ning fronti mijozlar zonasiga 
qaratiladi. Mijozlar zonasining maydoni bitta operatsion kassa uchun 12 m
2
dan 
qilib, mijozlar pulni qayta hisoblashi uchun mo‘ljallangan zonalar maydoni esa –
bitta operatsion kassa uchun 4 m
2
dan qilib qabul qilinadi. 
Kassa uzeli
 
tarkibiga quyidagilar kiradi: 
- operatsion kassalar; 
- kassirlarning xonalari; 
- qimmatbaho buyumlar saqlanadigan blok; 


201 
- inkassatsiya xonalari. 
Operatsion 
kassalarning
maydoni, 
odatda, 
6 m
2
ga 
teng 
qilib 
loyihalashtiriladi. Operatsion kassa kabinasining eshigi kengligi 1400 mm dan kam 
bo‘lmagan kassa orti maydoniga chiqishi kerak. Har bir kassa yonida 
mijoz pulni 
qayta sanashi uchun xona
ko‘zda tutilgan bo‘lishi zarur. 
Qimmatbaho buyumlar saqlanadigan blok quyidagilardan iborat: 
- qimmatbaho buyumlar saqlanadigan xona (ombor); 
- individual seyflar joylashgan xona. 
Qimmatbaho buyumlar saqlanadigan xonaning to‘suvchi konstruksiyalar 
(devorlari, poli va shipi) qobig‘i qalinligi 300 mm dan kam bo‘lmagan yaxlit 
fibrobetondan bajarilishi lozim. Bunda yondosh xonalar o‘rtasidagi devorlar va 
ushbu qobiq oralig‘ida ombor oldi xonasidan ko‘rish mumkin bo‘lgan eni 
800 mm dan kam bo‘lmagan 
ko‘rik yo‘lagi
bo‘lishi lozim. Qobiqning yuqori 
yuzasi va orayopma o‘rtasida 250 mm dan kam bo‘lmagan zazor (oraliq) 
qoldirilishi lozim. Inkassatsiya mashinalarini 
yuklash-tushirish boksining
o‘lchamlari – 10x6x3,5 m. Bevosita boks yonida qimmatbaho buyumlarni 
inkassatsiya mashinalaridan ushbu buyumlar saqlanadigan omborga tushirish-
yuklash xonasi joylashtiriladi. Kassa uzelining barcha xonalari juda ixcham 
(kompakt) va boshqa xonalardan funksional ajratilgan bo‘lishi lozim, bunda kassa 
uzeli xonalarning quyidagicha o‘zaro bog‘liqligi ta’minlanishi kerak: 
- qimmatbaho buyumlar olib kelinganida kassa uzeliga kirish inkassatsiya 
mashinalarini yuklash-tushirish boksida amalga oshirilishi lozim; 
- boksdan kirish inkassatsiya mashinalaridan qimmatbaho buyumlarni qayta 
yuklash xonasida bajarilishi va bu xona qimmatbaho buyumlar ombori bilan 
bog‘langan bo‘lishi shart; 
- qimmatbaho buyumlar saqlanadigan omborga kirish faqat ombor oldi 
xonasidan amalga oshirilishi kerak; 
- pul mablag‘larini qayta sanash xonasi ombor oldi xonasi va operatsion 
kassalar bilan yaqindan bog‘langan bo‘lishi lozim. 

Download 18,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish