39
-
3.2-rasm.
Turli xil xonadonlardan iborat turar uyining tarhiy yechimi.
3.3-rasm.
Turli
xil sathda joylashgan
xonadondagi xonalarning tuzilmasi:
1-xonadonga kirish qismi asosiy xonalar
jylashgan sathdan yuqori yoki past
qavatlarda tashkil etilgan; 2-ikkiyoki uch
sathli
xonadon;
3-ichki
zinapoya
joylashgan ikki qavatli xonadon.
3.2 Xonadonlarning asosiy xonalarini fazoviy-funksional tashkil qilish
Umumiy xona
vazifasiga ko‘ra har xil funksiyani bajaradi, ya’ni oila
a’zolarining muloqotda bo‘lishi uchun xizmat qiladi,
mehmonxona va yemakxona
o‘rnida foydalaniladi, ayrim hollarda yotoqxona yoki dam olish xonasi vazifasini
bajaradi. Ko‘p foydalaniladigan xona bo‘lgani sababli unga qo‘yiladigan
talablar
ham katta bo‘ladi.
40
Umumiy xona maydoni bo‘yicha xonadonda eng katta xona hisoblanib,
maydonining hajmi 18 m.kv.dan kam bo‘lmasligi kerak. 2-3 xonali xonadonlarda
umumiy xonaning maydoni 16 m.kv dan kam bo‘lmasligi kerak.
Xonalar soni ortib borgan sari umumiy xona maydoni oshib borib 20-25 m.kv
bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari umumiy xonalarning eni 3,5 metrdan kam va bo‘yi
6 metrdan oshib ketmasligi kerak. Umumiy xonalarning nisbatlari (proporstiyalari),
ya’ni eni bo‘yiga nisbatan 1:2 bo‘lishi mumkin, lekin eng maqbul nisbat 1:1 dan 2:3
ni tashkil qiladi. Umumiy xonaning nisbiy proporstiyasini to‘g‘ri
tanlash xonaga
mebellar va har xil kerakli uy jihozlarini unumli va qulay joylashtirishga va xonani
to‘g‘ri yoritishga yordam beradi, xona to‘siqlari
va devorlarining uzunligi
peremetrining qisqa bo‘lishiga olib keladi (3.4-rasm).
Umumiy xona dahliz bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘langan bo‘lishi shart. Oshxona
bilan umumiy xona bog‘liqligi qulay, lekin to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lishi kerak emas,
chunki oshxonadan chiqadigan har xil hidlar, ayniqsa qizdirilgan yog‘ hidining
kirishidan saqlashi kerak. Shuning uchun umumiy xona bilan oshxona yo‘lak yoki
dahliz orqali bog‘lanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Yozgi xona, ayvonning
ahamiyati juda katta bo‘lib, u yoz paytida umumiy xona vazifasini o‘taydi va umumiy
xonaga qaraganda yorug‘roq va salqinroq bo‘ladi. Shuning uchun umumiy xona bilan
yozgi xona orasiga yig‘ma transformatsiya to‘siqlarni qo‘llash va kezi kelganda
ularni birlashtirish mumkin bo‘lishiga sharoit yaratish zarur.
Umumiy xona bilan yotoqxonalarni va ish xonasini to‘g‘ri bog‘lanishi qulaylikni
kamaytiradi, ya’ni umumiy xonani yo‘lakka
aylantirib, bu xonada eshiklarning
ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun qurilish qoidasi bo‘yicha umumiy
xonadan faqat bittagina xonaga kirishga ruxsat beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: