41
3.4-rasm.
Xonadonlarda umumiy xonani funksional tashkil etish:
a-umumiy xona va yemakxona qismi boshqa xonalar va dahliz bilan bog‘langan;
b-to‘rt kishilik umumiy xonaning tarhiy yechimiga misollar; v-turli proporstiyaga
ega umumiy xona.
Odat bo‘yicha zinapoyani umumiy xona ichiga joylashtirish chiroyli ko‘rinish
yaratishda foydalaniladi, ammo bu uslubni katta bir kamchiligi bo‘lib, u ham bo‘lsa
umumiy xona bir necha xonaga o‘tiladigan xonaga aylanib qoladi. Shuning uchun, 2-
qavatga ko‘tariladigan zinapoyani dahlizga joylashtirsak ancha unumli bo‘lib,
qulaylik tug‘diradi. Umumiy xona yemakxona va mehmonxona vazifasini bajarishi
uchun biz uning maydonini ikki unumli bo‘lakka bo‘lishimiz kerak bo’ladi, buning
uchun xonaning bir tomoni cho‘ziqroq bo‘lishi tavsiya etiladi.
42
Ayniqsa bunday qilish bir xonali xonadonlarga juda keraklidir, chunki bu yerda
umumiy xona ham yemakxona, ham mehmonxona, ham ishxona xattoki yotoqxona
vazifasini bajaradi. Bunday sharoitda umumiy xonani 2 ta hududga bo‘lish kerak,
ya’ni mehmonxona va yemakxona bo‘limi hamda yotoqxona bo‘linmasiga bo‘linib,
yotoqxonani yig‘iladigan to‘siq bilan yoki parda bilan to‘sish mumkin bo‘ladi.
Umumiy xona jihozlari o‘zining vazifasiga qarab quyidagilardan iborat bo‘lishi
kerak: oshxona bo‘limiga ovqatlanadigan stol, bufet yoki servant, stullar va stol,
mehmonxona bo‘limiga divan, 2 ta kreslo, kichkina ish stoli va kitoblar uchun
maxsus shkaf yoki jovonlar joylashtirilishi kerak
.
Bu bo‘limda musiqa asboblari,
televizor, radiopriemnik va gullar joylashtirishi kerak. Mebel va jihozlarning soni va
xususiyati umumiy xonaning hajmi, oila a’zolarining soni, ularning hunariga qarab
o‘zgaradi. Ammo har bir holatda mebel va jihozlarning ko‘payib ketishiga va shu
bilan birga noqulayliklar tug‘dirishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak.
Xonada bemalol yurish uchun yo‘laklar qoldirishi kerak. Ko‘p xonali
xonadonlarda bitta xonani mehmonxona uchun ajratish mumkin. Bunday holatda
umumiy xonaning o‘lchovlarini qisqartirish mumkin. Mehmonxonani umumiy xona
yoniga
joylashtirish
maqsadga
muvofiq
bo‘ladi.
Chunki
bular
orasida
yig‘ishtiriladigan to‘siqlar o‘rnatilib, vaqti-vaqti bilan ularni birlashtirib turish
mumkin. Mehmonxona bilan umumiy xonaning oriyentatsiyasi g‘arbiy va janubi-
g‘arbiydan tashqari boshqa qolgan tomonlarga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Agar bu
xonalar shimol tomonga qaratilsa, unda ularning oldiga yozgi xona, ya’ni ayvonni
joylashtirish man etiladi (3.5-rasm).
Ishchi xona
kirish qismiga yaqinroq joylashgan bo‘lib, dahliz yoki yo‘lak bilan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘langan bo‘lishi kerak. Bu xonaning maydoni 8-12 m.kv.ni
tashkil etib, aqliy mehnat qilish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.
Har xil hunarmandchilik va san’at, haykaltaroshlik, musiqa, tasviriy san’at bilan
shug‘ullanish uchun hajmi katta va maxsus asbob-anjomlar bilan jihozlangan xonalar
bo‘lishi kerak. Xonaning kengligi 2,2 metrdan kam bo‘lmasligi, uzunligi esa 4,5
metrdan oshmasligi kerak. Xona yaxlit bo‘lib, boshqa xonalarga o‘tish vazifasini
bajarmasligi lozim.
43
Ish xonasida ish stoli, kitob jovoni, divan yoki kushetka, kreslo va stul uchun joy
bo‘lishi kerak. Ish xona uchun g‘arb va janubiy g‘arbdan tashqari har qanday
oriyentatsiya qabul qilinishi mumkin. Agar sharqiy oriyentatsiya bo‘lsa quyoshga
qarshi qurilmalar ishlatilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |