33
III BOB. XONADONNING TARKIBI VA JIHOZLARI
3.1 Xonadonlarni loyihalashda umumiy qoidalar
Xonadon deb binoning bir-biriga birlashtirib bog‘langan, bitta oilaning yashashi
uchun mo‘ljallangan qismiga aytiladi. Xonadon turar-joylarning asosiy tarkibiy qismi
hisoblanadi. Bu xonadonlarda oila a’zolari o‘zining asosiy vaqtini o‘tkazadi, ya’ni
ular bu yerda dam olishadi, ishlashadi,
uxlashadi, ovqatlanishadi va mehmon
kutishadi. Oilaning tarkibiy soni turar-uy yacheykasining asosiy xususiyatlaridan
biridir. Aynan shu xonadonga mo‘ljallangan
kishilar soni bilan, uning o‘lchami,
umumiy va yashash maydonlari aniqlanadi (loyihachi uchun muhim bo‘lgan,
amaldagi bir kishi uchun mo‘ljallangan maydon me’yoriga ko‘ra).
Xonadonning yashash maydoni-bu barcha yashash xonalar maydonlari
yig‘indisi, umumiy maydon-bu xonadondagi barcha xonalar maydoni yig‘indisidir.
Hozirgi vaqtda, bir kishi uchun yashash maydoni turar-uy taqsimotida asosiy
ko‘rsatkich hisoblanadi, xonadonning umumiy maydoni esa, xonadonni loyihalashda
asos bo‘lib xizmat qiladi (lekin
kelajakda, turar-uylar xonadonlarning umumiy
maydoni bo‘yicha taqsimlanishi va narxlanishi ko‘zda tutilmoqda).
Uy tarhini yechishga uning qanday hajmli bo‘lishiga qaramasdan u yerda hayot
kechirish uchun kerak bo‘ladigan hamma shart-sharoitlarni yaratish zarur. Bular: har
bir oila a’zosining dam olishi va shaxsiy ishlarini bajarishi, uy xo‘jaligini olib borishi,
ovqat tayyorlash va ovqatlanishi, oila a’zolari bir-biri
va boshqa odamlar bilan
muloqotda bo‘lishi, gigiyenik tozalikni saqlashi uchun shart-sharoitlar yaratilishi
kerak. Turar-joy xonalarining soni va hajmi oila a’zolarining soniga, yoshiga qarab
belgilanadi. Bundan tashqari oila a’zolarining kasbi ham hisobga olinadi. Masalan,
ilm ahli va san’at xodimlari
uchun alohida xona ajratiladi, ya’ni ishlaydigan xona.
Yordamchi xonalarning maydoni yashaydigan xonalarning soniga qarab belgilanadi.
Turar-joylardagi xonalar o‘zini foydalanish vazifasiga ko‘ra ikkita asosiy
guruhlarga bo‘linadi:
asosiy yashash xonalari
(shaxsiy
yashash xonalari-
yotoqxonalar va umumoilaviy xonalar) va
yordamchi xonalar
(xonadonlarning
shaxsiy gigiyena, xo‘jalik qismlari).
34
Xonadonlar asosiy, xo‘jalik va shaxsiy yashash zonalariga bo‘linadi.
Xonadonlarning asosiy qism zonasidagi xonalarga mehmon kutib oladigan va shu
bilan birga oila a’zolari bir yerga to‘planadigan yemakxona,
mehmonxona, ish
kabinetidan iborat bo‘ladi. Bu xonalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri dahliz orqali o‘tiladi.
Xo‘jalik qismiga oshxona, hojatxona, yuvinish xonalari kiradi.
Ular asosiy qism
bilan yotoq qism o‘rtasida joylashgan bo‘lib, u uzoqroqda joylashgani ma’qul (3.1-
rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: