3.1-rasm. Boshqaruvning chiziqli tavsifdagi tuzilmasi.
Funksional tavsifga ega bo‘lgan tuzilmada
boshqarish vazifalari
(funksiyalari) xodimlar orasida bo‘lib chiqiladi. Tuzilma tarkibida rejalashtirish,
hisoblash, kadrlarni tayyorlash, nazorat va boshqa masalalar bo‘yicha
ixtisoslashgan bo‘linmalar tashkil qilinadi. Ushbu bo‘linmalar tomonidan
tayyorlangan yechim va qarorlar ulardan quyida joylashgan boshqaruv
bo‘limlari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. Funksional tavsifga ega
bo‘lgan tuzilmada (3.2-rasm) tajribali va yuqori malakali mutaxassislar
bilimlaridan foydalanib, bu boshqaruv samaradorligini oshirish imkonini beradi,
axborot harakatlanish jarayonini tezlashtiradi, boshqaruvning tezkorlik
darajasini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |