Toshkent arxitektura qurilish instituti


Qurilishda loyihalarning iqtisodiy samaradorligini baholash



Download 3,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/128
Sana01.01.2022
Hajmi3,53 Mb.
#291462
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   128
Bog'liq
jjj

4.5. Qurilishda loyihalarning iqtisodiy samaradorligini baholash 
 
Bozor  munosabatlari  sharoitida  investitsiya  loyihalarining  iqtisodiy 
samaradorligi  birlamchi  ahamiyatga  ega  hisoblanadi.  Samaradorlikning 
baholanishi,  birinchi  navbatda,  innovatsion  loyihalarga  mablag‘  va  vositani 
sarflovchi  xususiy  mulk  egalari  –  investorlar  pozitsiyasidan  amalga  oshiriladi. 
Keltirilgan  so‘nggi  holat,  ya’ni  innovatsion  loyihalar  fan  va  texnologiyalar 
(shuningdek,  ishlab  chiqarishni  tashkil  qilish,  boshqarish,  ijtimoiy  sohalarda) 
sohasida  qo‘lga  kiritilgan  yutuqlarni  amaliyotga  joriy  qilishni  belgilab  beradi. 
Pudratchi  –  quruvchi  uchun  baholashlar  buyurtmaning  bajarilishida  uning 
faoliyatining iqtisodiy samaradorligi qiymatlarini aniqlash uchun xizmat qiladi.  
Samaradorlik  qiymati  taxminiy  sarf–xarajatlar  va  natijalar  bitta  loyihani 
tahlil  qilish  davomida  yoki  loyihalar  variantlarini  o‘zaro  solishtirish  asosida 
tahlil qilish yo‘li bilan aniqlanadi.  
Hozirgi  vaqtda  investitsiya  loyihalarining  samaradorligini  baholash 
bo‘yicha joriy ko‘rsatmalar* dunyo miqyosidagi amaliyot tajribalariga muvofiq 
keladi  va  bunda  o‘tish  davrida  MDH  davlatlarida  qaror  topgan  iqtisodiy 
munosabatlar asosida ayrim tuzatishlar kiritilgan.  
Hisob–kitoblarning  tarkibi  va  ko‘lamiga  bog‘liq,  samaradorlikni 
baholashning mo‘ljallanilishini o‘zaro farqlash talab qilinadi. Keng ko‘lamdagi 
baholashlarda tijorat mazmunidagi, byudjetga oid yoki xalq xo‘jaligiga tegishli 
samaradorlik o‘zaro farqlanadi.  
Tijorat  mazmunidagi  samaradorlik 
investor uchun  u  yoki bu loyihaning 
bajarilishi yakuniy natijalarini aniqlash maqsadida hisoblab chiqiladi. Loyihani 
amalga  oshirish  natijalari  mahalliy  hokimiyat  organlari,  hududlar  va  federal 
miqyosda hokimiyat organlari uchun 
byudjetga oid samaradorlik
 qiymatida aks 
ettirilib,  bu  qiymat  loyihaning  bevosita  yoki  bilvosita  byudjet  mablag‘lari 


152 
 
hisobiga moliyalashtirilishi va uni ro‘yobga oshirishdan olinadigan daromadlar 
o‘rtasidagi farqlanishlar asosida hisoblab chiqiladi.  
Xalq xo‘jaligiga tegishli samaradorlik
 ko‘rsatkichi esa – investorlarning 
bevosita  moliyaviy  manfaatlari  chegaralari  doirasidagi  sarf–xarajatlar  va 
natijalarni  hisoblash  uchun  foydalanilib,  alohida  organlar  va  umumiy  holda, 
hududiy va davlat miqyosidagi manfaatlarni o‘zida aks ettiradi.  
Tarkibiga ko‘ra moliyaviy, iqtisodiy, resurslarga oid, ijtimoiy va iqtisodiy 
samaradorlik ko‘rsatkichlari o‘zaro farqlanadi.  
Moliyaviy  ko‘rsatkichlar
  faqat  investorning  pul  mablag‘lari  harakatini 
hisobga olish bilan aniqlanadi.  
Iqtisodiy samaradorlik
 ko‘rsatkichlari nafaqat moliyaviy manfaatdorlikni, 
balki barcha turdagi sarf – xarajatlar va natijalarning qiymat shakllarini hisobga 
olishni ham nazarda tutadilar.  
Resurslarga  oid  samaradorlik
  investitsiyalarning  ishlab  chiqarish  hajmi 
va  turli  resurslarga  bo‘lgan  ehtiyojlar  qiymatini  nazarda  tutadi  va  tabiiy 
birliklarda aks ettiriladi.  
Ijtimoiy  samaradorlik
  ko‘rsatkichlari  loyihaning  bajarilish  natijalarining 
ijtimoiy  sohada  baholanishida  foydalaniladi  (turar–joylar  sharoitlarining 
yaxshilanishi,  aholi  punktlari  infratuzilmalarining  yaxshilanishi,  ishchi 
o‘rinlarining ortishi va sh.k.).  
Ekologik  samaradorlik
  ko‘rsatkichlari  esa  –  loyihaning  ro‘yobga 
oshirilishining  atrof  –  muhitga  (tuproq  qatlami,  suv  havzalari,  o‘simliklar 
dunyosi va sh.k.) ta’sirini o‘zida aks ettiradi. 
Yuqorida eslatib o‘tilgan ko‘rsatmalarga muvofiq, baholash uchun asosiy 
ko‘rsatkich bo‘lib – 

Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish