4.4-rasm. Issiqlik energiyasi markazi qurilishining vaziyatga oid rejasi:
Bu yerda 1 –
qishloqlar; 2 – quriladigan asosiy ombor; 3 – quriladigan issiqlik stansiyasi; 4 – quriladigan
Issiqlik energiyasi markazi(IEM); 5 – quriladigan kombinat; 6 – avtomobil yo‘llari; 7 – aholi
posyolkasi; 8 – mavjud temir yo‘l stansiyasi; 9 – mavjud temir yo‘l; 10 – mavjud avtomobil
yo‘llari; 11 – qurilish bazasi; 12 – quriladigan temir yo‘llar; 13 – asfalt – beton zavodi; 14 –
maktab.
Muhandislik tadqiqotlari
tarkibiga quyidagi ish turlari kiradi: jumladan,
qurilish hududi va maydoniga oid geodeziya, geologiya, gidrogeologiya,
gidrometeorologiya va ekologiya ishlari.
Muhandislik geodeziyasiga
oid tadqiqotlarda – balandlik belgilari, joriy
muhandislik tarmoqlari, yashil ekinzorlar va yo‘l inshootlari ko‘rsatilishi bilan
birga joyning past-balandligi (relefi) va tavsiflariga aniqlik kiritiladi.
Muhandislik geologiyasi va gidrogeologiya
tadqiqotlarida yer osti
suvlarining joylashishi va agressivlik tavsiflari bilan birga, tuproq qatlamining
holati, tuzilmasi, yuk ko‘tarish va boshqa hususiyatlari o‘rganiladi.
Muhandislik gidrometeorologiya
tadqiqotlarida daryo havzalari, ko‘llar,
suv omborlari, harorat, havo namligi, atmosfera yog‘inlari qiymati, qor qoplami,
yong‘in havfi, suv toshqini ehtimoli, shamol yo‘nalishlari va shu kabilarga
aniqlik kiritiladi.
149
Muhandislik ekologiya
tadqiqotlarida atrof–muhit holati va unga qurilajak
sanaot yoki ommaviy bino va inshootlarining salbiy ta’siri va uni kamaytirish
chora-tadbirlari. Shuningdek, bunda ishlab chiqarish va aholining hayot faoliyati
natijasida hosil bo‘lgan chiqindilarning yo‘qotilish usullari, atmosfera
havosining ifloslanish darajasi oldindan baholanadi (
bashorat
qilinadi).
Yerlarni qayta tiklash (
rekultivatsiya qilish
) uchun yoki uni olib tashib
ketilishi, to‘planishi va kelgusida hududdan ko‘kalamzorlashtirish maqsadlarida
foydalanish uchun tuproq va o‘simliklar qatlamining holatiga aniqlik kiritiladi.
Tadqiqotlar bilan
birgalikda amalga oshiriladigan ishlar
jumlasiga
quyidagilar kiradi: yer osti suvlaridan suv bilan ta’minlanish uchun foydalanish;
geotexnika nazorati; mavjud bino va inshootlar poydevorlari ostidagi tuproq
qatlam (zamin)ini tekshirish; qurilish maydoni atrofida joylashgan mavjud bino
va inshootlarning muhandislik tizimlari va konstruksiyalarining texnik holatini
tekshirish; tabiiy va texnogen havf–xatarlarning havflilik darajasini baholash;
hududning muhandislik himoyasi bo‘yicha chora–tadbirlarni ishlab chiqish;
atrof–muhit holatini belgilovchi ko‘rsatqichlarining mahalliy qiymatlari ustidan
monitoring olib borish; izlanishlar davomida ilmiy tadqiqotlar olib borilishi;
tadqiqot mahsulotlaridan foydalanishda mualliflik nazorati.
Tadqiqot ishlarini bajarish uchun hududiy tashkilotlar va jamiyatlar
muhim o‘rin tutadi yoki bu ishlar loyiha va ilmiy tadqiqot institut (tashkilot)i
tomonidan bajariladi.
Ishlar bajarilishi uchta davrga bo‘linadi: tayyorgarlik, dala ishlari (qurilish
maydonida) va tashkilot (xona)da bajariluvchi (kameral) ishlar.
Tayyorgarlik (Loyihani amalga oshirishning tashkiliy texnologik chora
–
tadbirlari qatoridagi loyihalashdan avvalgi) davrid
a
loyihalashtiriluvchi
ob’yekt tavsiflari asosida topshiriqlarga aniqlik kiritiladi, tadqiqot ishlarini
amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora–tadbirlar ishlab chiqiladi, tadqiqot
150
ob’yekti bo‘yicha arxiv, ma’lumotnoma materiallari, xisobotlar va boshqa
materiallar asosida zarur ma’lumotlar to‘planadi va o‘rganib chiqiladi.
Dala ishlari
mutaxassislar tomonidan ekspeditsiya, partiyalar yoki
otryadlar tuzilib bo‘lajak qurilish maydonida, joylarda bajariladi. Dala ishlari
jarayonida qurilish uchastkasining barcha belgilangan o‘zak (
prinsipal
)
yechimlari kelajak rivojlanish istiqbollarini inobatga olgan holda uning bosh
tarhida ko‘rsatiladi.
Xona sharoitida
(
kameral
)
amalga oshiriladigan ishlar davrida
dala
materiallari tahlil qilinib qayta ishlanadi va talab qilingan shakl va mazmunda
zaruriy tadqiqot hujjatlari tuziladi.
O‘z navbatida, loyihalash quyidagi ko‘rsatilgan besh bosqichda bajariladi:
I bosqich – qurilishga oid va yer uchastkasini ijaraga berish bo‘yicha
qarorlarni tayyorlash;
II bosqich – loyihalashdan avval tayyorlanadigan hujjatlarni ishlab
chiqish;
III bosqich – loyiha yoki texnik–iqtisodiy jihatdan bir yoki ikki bosqichli
asoslash (TIA);
IV bosqich – ishchi hujjatlarni (IH) ishlab chiqish;
V bosqich – qurilish davri, ob’yektlarni foydalanishga topshirish va loyiha
bo‘yicha ishlarni tugatish.
Loyiha va tadqiqotlarning tarkibi va hajmi me’yoriy–texnik adabiyotlar va
tadqiqot topshiriqlarida reglement sifatida keltiriladi.
151
Do'stlaringiz bilan baham: |