Smeta – shartnoma bo‘limi
smeta hujjatlarini qarab chiqadi va
muvofiqlashtiradi, uning kelib tushishini nazorat qiladi; pudrat va subpudrat
shartnomalarini rasmiylashtiradi, ularning bajarilishini nazorat ostiga oladi va
shartnomada keltirilgan bitimlar bo‘yicha buzilishlarga yo‘l qo‘yilganida
rahbariyatga ko‘rilishi kerak bo‘lgan chora(sanksiya)larni taqdim etadi; qurilish
– montaj ishlarini bajarishda buyurtmachi va subpudratchilar bilan amalga
oshiriluvchi hisob–kitoblarning to‘g‘riligini nazorat qiladi; ishlab chiqarish
mahsulotlari bo‘yicha ta’minotchilar tomonidan ulgurji narxlarga amal
qilinishini tekshiradi; trest quyi bo‘linmalar uchun materiallar va xizmatlarning
rejalashtirilgan – hisoblangan qiymatlarini ishlab chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |