3.17-rasm. Osma shiftlarni o‟rnatish
3.4 – jadval
КNAUF to`plamiy tizimlarining muhiti agressiv bo`lmagan
xonalarda qo`llash
Rejim
Bino va inshootlar
xonalarining rejimlari
Ichki havoning namligi,
%, haroratda
12
0
C dan 24
0
C gacha
24
0
C dan yuqori
Quruq
Normal
Nam
Ho`l
50 gacha
50…60
60…75
75 dan yuqori
40 gacha
40…50
50…60
60 dan yuqori
КNAUF osma shiftlari to`plamiy tizimlarining qoplamasi sifatida
gipskartonli va gipstolali listlar,gipsli, mineral momiqli, yog`och tolali, metall
plitkalar,akvapanellar ishlatiladi, bu esa ularning qurilishda qo`llanilishini
chegarasizligini bildiradi.
113
GKQ yoki GVL qoplamali osma shiftlarning КNAUF to`plamiy tizimlarining
konstruktiv sxemalari
Osma shiftlar metall yoki yog`och karkasdan, maxkamlash bo`yumlaridan,
montaj va qoplamalardan iborat. Osma shiftning karkaslari bir o`qli yoki ikki o`qli,
bir sathli yoki ikki sathli bo`lishi mumkin. Bir o`qli bir sathli karkaslar to`gri
osmalar yordamida asos shiftga maxkamlangan, yo`q ko`taruvchi profillar yoki
bruslardan tashqil topgan. Yo`q ko`taruvchi profillarga (bruslarga) GKQ yoki GVL
qoplamalari o`zikesar shuruplar yordamida maxkamlanadi.
Ikki o`qli bir sathli yoki ikki sathli karkaslar asosiy va yo`q ko`taruvchi
elementlardan tashqil topgan. Ikki o`qli karkasning asosiy elementlari osmalar
yordamida asosga (tom konstruksiyalariga) maxkamlanadi, asosiy elementlarga esa
bir sathli yoki ikki sathli bog`lovchilar yordamida karkasning yo`q ko`taruvchi
elementlari maxkamlanadi. Кarkasning yo`q ko`taruvchi va asosiy elementlariga
(P113 va P213 uchun) GKQ va GVL qoplamalari o`zikesar shuruplar bilan
maxkamlanadi.
Osma shiftning 1 m2 ining massasi, qalinligi 12,5 mm bo`lgan GKQ yoki 10
mm bo`lgan GVL larni qoplama sifatida ishlatish uchun mo`ljallangan.
Osma shiftning karkasi, odatda ikki o`qli qilib, asosiy va yo`q ko`taruvchi
elementlarini bir yoki ikki sathda joylashtirib loyihalash lozim. Bir o`qli
karkaslarni shiftlarning uncha katta bo`lmagan maydonlarida ishlatish maqsadga
muvofiqdir.
Nam yoki ho`l texnologik rejimli xonalarda metall profillardan qilingan
karkasli osma shiftlarni ko`zda to`tish lozim. Nam va ho`l texnologik rejimli
xonalarda GKQV yoki GKQVO, hamda GVLV larni qo`llaganda, ularni yuza
tomonlarini suvga chidamli gruntovkalar, shpaklyovkalar, bo`yoqlar yoki PVX
qoplamalari yordamida himoya qilish kerak.
Osma shiftlarning qoplamasi sifatida turli qalinlikdagi GKQ va GVL larni
kqo`llash mumkin (tegishli ravishda faqatgina qalinligi 12,5 mm yoki 10 mm
114
bo`lganlari emas). Albatta, osma shiftning qoplamasining qalinligi oshib borish
bilan birga uning solishtirma yo`qi oshib boradi.
Qirralari kesilgan GKQ lar faqatgina yo`q ko`taruvchi profillarning ustiga
ulanadi (PP 113 shiftlaridan tashqari), to`g`ri qirrali GVL larni metall profildan,
yog`och brusdan yoki eni 100 mm bo`lgan GVL tasmalaridan qilingan
ko`shimchalar ustiga ulash lozim.
Кo`ndalang choklarni bir biriga nisbatan 400 mm dan kam bo`lmagan
masofada siljitish kerak. Ikki qatlamli qoplashda birinchi qatlamning ko`ndalang
choklari ikkinchi qatlam listlarining choklariga nisbatan ham 400 mm dan kam
bo`lmagan masofada siljitish kerak. Amaldagi standartlar turli konstruksiyadagi
osmalar elementlarining minimal kundalang kesimlarini zarur mustaxkamligini
regulirovka qiladi: aylana kesimdagi sinklangan po`latdan qilingan osmalarning
tortuvchi moslamasi 2,8 mm dan kam bo`lmagan diametrga ega bo`lishi lozim,
listli sinklangan po`latdan qilingan metall detallarniki esa –0,8 mm va kesiklar
bilan zaiflashgan uchastkalarida detallarning kundalang kesimi -7,5 mm2 , prujina
po`latining qalinligi – 0,5 mm.
Osmalarni yo`q ko`taruvchi konstruksiyalarga (bazaviy asoslarga)
maxkamlash uchun quyidagilardan foydalaniladi: anker-pona MAN 6/40, ankerli
dyubel TDN 6/40. Yog`och bruslarni yo`q ko`taruvchi asoslarga bovosita
maxkamlash uchun FNA 6X30/30 ankerli dyubellar xizmat qiladi.
КNAUF to`plamiy tizimlarining ochiq karkasli osma shiftlari
Ochiq karkasli osma shiftlar yoki КNAUF to`plamiy tizimlarining
turtburchak plitali osma shiftlari bu yana birta osma shiftlar konstruksiyalarining
guruxi bo`lib, turli vazifalarga ega bo`lgan bino va inshootlarning qurilishi va
ta‘mirlashi amaliyotida keng tarqalgan. Bunaqa osma shiftlar qoplamaning
plitalarini almashtirish imkonini beradi va xonaning dekorativ bezalishini
o`zgartiradi (3.18 va 3.19-rasmlar).
Turtburchak plitali osma shiftlar quyidagilardan tashqil topgan: shuruplar va
dyubellar yordamida yo`q ko`taruvchi konstruksiyalarga maxkamlangan osmalar
115
yoki ankerlardan; profillarni devoridagi teshiklar yordamida bir biriga ulangan
shift profillari yoki oraliq va bo`ylama profillardan tashqil topgan birlashgan
metall karkasdan; ochiq karkasga yotqizilgan plitalardan.
Gipskarton shiftlarni yuzasini bezashning turli variantlari mavjud. Yuzasi
silliq plitalardan qilingan qoplamalarni ko`rishda quyidagilardan foydalanish
mumkin: kvadrat plitalar, uzunligi va eni turli nisbatda bo`lgan to`g`ri turtburchak
plitalar; bo`ylama qirrasi faskaga ega bo`lgan shiftning o`zunligiga teng plitalar;
turli qalinlikdagi plitalar kombinasiyalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |