Toshkent arxitektura qurilish instituti raximov shavkat turdimurodovich beton va temir-beton texnologiyasi


-jadval  Karkassiz qoplash usullari



Download 3,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/101
Sana15.01.2022
Hajmi3,97 Mb.
#366114
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   101
Bog'liq
TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI

3.3-jadval 
Karkassiz qoplash usullari 
Кarkassiz 
qoplamaning varianti 
Tayanch devor 
yuzasining holati 
GKQ ni maxkamlash 
usuli 
 
Yuzasi tekis  
 
 
Maxkamlash, taroqsimon 
shpatel yordamida GKQ 
yuzasiga КNAUF 
Fugenfyueller 
shpaklyovka 
qorishmasini surtish bilan 
amalga oshiriladi  
Yuza balandligi 20 
mm gacha bo`lgan 
notekisliklarga ega  
Maxkamlash, 
kulchasimon 
ko`rinishdagi, listning 
markazida va perimetri 
bo`ylab surtilgan, 
markazlari orasidagi 
masofalar taxminan 350 
mm bo`lgan, КNAUF 
Perlfiks montaj yyelimi 
yordamida amalga 
oshiriladi (5.5.-rasm)  
Yuza balandligi 20 
mm dan ortiq bo`lgan 
notekisliklarga ega  
Tayanch devor yuzasida 
eni taxminan 100 mm 
bo`lgan GKQ 
tasmalaridan tekis 
tayanch yuzalar 
shakllantiriladi. Uroven 
bilan tekislangan 
tasmalar pol va shiftlar 
yonida yopishtiriladi, 
so`ng qadami 600 mm 
bo`lgan vertikal tasmalar 
yyelimlanadi. 
Tekislangan tayanch 
yuzalarga Fugenfyo`ller 
shpaklyovka qorishmalari 
yordamida GKQ lar 
yopishtiriladi (A varianti)  
 


109 
 
 
GKQ  ning  qoplanadigan  yuzaning  materiali  bilan  bog`lanishining 
mustaxkamligi,  bir  tomondan,  qoplama  va  qoplanadigan  yuza  materiallarining 
xossalariga,  ikkinchi  tomondan  esa  –  gips  asosidagi  aralashma  qorishmasining 
yyelimlash imkoniyatlariga bog`liqdir.  
 
Hozirgi  paytda  qo`llanilayotgan  gips  asosidagi  qorishmalar  ularni  yana, 
montaj  yyelimlari  deb  ham  atashadi,  qotish  jarayonida  odatda  GKQ  bilan  yaxshi 
ulanishni  ta‘minlaydi,  ammo  turli  devor  materiallari  yuzalari  bilan  ulanishi 
ko`pgina  faktorlarga  bog`liqdir.  Bulardan  birtasi  devor  materiallarining  xossalari 
bo`lib  hisoblanadi  (loy  yoki  silikat  g`isht,  sementobeton, shlakobeton, gazobeton, 
aralash  terish).  Кo`pgina  hollarda  devorlarning  yuzalari  shuvoqlanadi  yoki 
opalubkadan  chiqqandan  keyin  ifloslanishi,  bo`yoqlanishi,  gidroizolyasiyalanishi 
mumkin.  Bu  materiallarning  turli  xildagi  fakturasi  va  g`ovakligi  montaj 
yyelimining  asos  (qoplanadigan  yuza)  bilan  ulanishiga  anchayin  ta‘sir  o`tkazadi. 
 
Asos  materialining  g`ovakligi  uning  suruvchanlik  qobiliyatini  aniqlab 
beradi. Agar montaj yyelimini tayyorlash uchun ishlatiladigan suv asos tomonidan 
tez  surib  olinadigan  bo`lsa,  unda  yyelimning  yyelimlash  qobiliyati  va 
mustaxkamligi  qotayotganda  yetmasligi  mumkin.  Aks  holda,  garchi  yyelim 
o`zining  yyelimlash  va  mustaxkamlik  xossalarini  yo`qotmasada,  uning 
realizasiyasi  uchun  uzoq  vaqt  talab  etilishi  mumkin,  bu  esa  qurilish  jarayonida 
ma‘lum darajada xalaqit berishi mumkin.  
 
Dunyoning  ko`pgina  davlatlarida  quruq  shuvoqlashning  keng  tarqalishi  va 
qurilishida  yig`ilgan  tajribalar  asos  devorlarga  bir  qator  talablarni  ifodalashni 
imkonini beradi:  
 
•  asoslar  mustaxkam,  shamoldan  zarar  ko`rmagan,  atmosfera  agentlaridan 
himoyalangan  (haroratning  va  havo  namligining  keskin  o`zgarishi  va  atmosfera 
yog`inlari ) bo`lishi kerak;  
 
•  asosning  yuzasi  toza  bo`lishi  kerak  (moylardan,  bo`yoqlardan, 
changlardan, qurilish  qorishmalaridan,  mag`orlardan,  moxlardan, qog`ozlardan  va 
boshqalardan tozalangan bo`lishi kerak);  


110 
 
 
•  suvni  yuqotilishini  kamaytirish  va  qurilish  sifatlarini  pasaytirish 
maqsadida,  yuqori  surish  imkoniyatiga  ega  bo`lgan  asoslariga,  oldinroq  montaj 
yyelimi bilan ishlov berilishi kerak.  
 
GKQ  larni  turli  yuzalarga  yyelimlash  uchun  КNAUF  to`plamiy  tizimlari 
gips asosidagi Perlfiks yyelimidan foydalanishni ko`zda tutadi. U notekisliklari 20 
mm gacha bo`lgan yuzalarga GKQ larni, hamda devorlarga va GKQ ga izolyasion 
materiallarni 
(penopolistrol, 
mineral 
momiq) 
va 
xonalar 
ichida 
kombinasiyalashgan panellarni yyelimlashga ishlatiladi. Yyelim 30 kg li xaltalarda 
ishlab  chiqarilib,  ularni  yog`och  tagliklarda,  quruq  xonalarda  saqlanishi  lozim. 
Saqlanish muddati – 6 oy. 1 m
2
 uchun o`rtacha sarfi 5 kg.  
  G`ovakli  (gigrosqopik)  materiallardan  qurilgan  devorlarning  surish 
qobiliyatini  kamaytirish  uchun  Grundermittel  yoki  Tifengrund  gruntovkalaridan 
foydalanib  ishlov  berish  kerak,  bu  esa  asos  bilan  yyelim  o`rtasidagi  ulanishni 
oshiradi.  
 
Devorga  yyelimlangan  GKQ  tasmalaridan  shakllangan  «karkas»  ga  yoki 
GKQ ning orqa tomoniga tishli kalibrlangan shpatel bilan Fugenfyo`ller yyelimini 
yupqa  qatlamda  surtib  chiqiladi,  bundan  so`ng  GKQ  ni  karkasga  yopishtirib, 
oldingilaridek chok joylarida bo`shliqlarni hosil qilmasdan, tekislanadi (A varianti 
bo`yicha).  
 
Mustahkam  bo`lmagan  suvoqli,  bo`yoqlangan  yoki  keramik  plitkalar  bilan 
qoplangan  yuzali,  hamda  nam  beton  yuzali  devorlar  quruq  suvoq  bilan  qoplash 
uchun yaramaydi. Bunday hollarda metall profillardan qilingan karkaslarni qurish, 
yoki  asos  yuzasini  tozalash  tavsiya  etiladi.  Alternativa  sifatida  GKQ  larni  gips 
yyelimi bilan mavjud mustahkam bo`lmagan suvoqga, eski bo`yoqga yoki qog`oz 
oboyga  yyelimlash,  faqatgina  qalinligi  12,5  mm,  eni  esa  10  sm  bo`lgan,  gips 
posteliga o`rnatilgan va dyubel bilan asos devorlarga qotirilgan, GKQ dan qilingan 
tekislovchi  tasmalarga  amalga  oshirilishi  mumkin.  GKQ  larni  bunday 
maxkamlashning  sharti  -  qoplanadigan  devorning  quruq  bo`lishi  va  materialining 
shikastlanmagan bo`lishidir.  


111 
 
  Oxirida  shuni  aytish  mumkinki,  kulcha  va  uzlo`qsiz  tasma  ko`rinishidagi 
gips  yyelimini  qoplanishi  kerak  bo`lgan  yuzaga  surtib,  keyin  GKQ  va  undan 
qilingan tayyorlanmalarni yopishtirish mumkin. 
Osma shiftlarning qo`llanish joylari va vazifasi 
  Osma  shiftlar  bu  –  osma  maxkamlash  moslamalari  yordamida  tomlar  yo`q 
ko`taruvchi konstruksiyalariga maxkamlangan yoki osilgan qoplamalardir. 
Osma shiftlarning konstruksiyalarini loyihalash, butun konstruksiyalar va ularning 
alohida  elementlarini  hisoblash  asosida  amalga  oshiriladi,  bunda  transportning 
intensiv рarakatidan qoplamada yuzaga keladigan vibrasiyani, deraza ochilishidan 
hosil bo`ladigan shamol yo`qlarini hisobga olish lozimdir.  
 
Osma 
shiftlarning 
konstruksiyalarini 
loyihalash 
jarayonida 
osma 
maxkamlash  elementlarining  yo`q  ko`tarish  qobiliyatini  aniqlash,  tomg`a  va 
o`rnatish  joylariga  moslab  qoplamalarni  maxkamlagichlarini  tanlash  kabilar 
amalga  oshiriladi.  Bundan  tashqari,  osma  shiftlarga  Qurilish  me‘yorlari  va 
qonunlari tomonidan, asos shift yoki konstruksiyalari bilan birga ishlashini hisobga 
olgan  holda,  ularning  yong`in-texniq,  issiqlik-texnik  va  tovush  izolyasiyasi 
tavsiflari qismlari bo`yicha talablar qo`yiladi.  
 
КNAUF  to`plamiy  tizimlarining  osma  shift  konstruksiyalari  barcha 
sxemadagi va tipdagi turar-joy, jamoat, va sanoat binolarining xoxlagan eng yuqori 
mas‘uliyatlisiga,  olovga  chidamlilik  bo`yicha  xoxlagan  darajasiga  mo`ljallangan. 
Ularni  turli  shamol  rayonlarida,  hamda  murakkab  muxandislik-geologik 
sharoitlarda va yuqori seysmiklikga ega bo`lgan rayonlarda bino va inshootlarning 
qurilishida  va  rekonstruksiyasida  ishlatish  mumkin.  Shuni  ko`zda  to`tish  kerakki, 
osma  shiftlar  o`z  o`zidan  binoning  yo`q  ko`taruvchi  elementlari  bo`lib 
hisoblanmaydi.  Ular  xonalarning  dekorativ  masalalarini  yechish,  muhandislik 
kommunikasiyalarini  bekitish,  tom  konstruksiyalarini  tovushdan  izolyasiyasini 
yaxshilash  uchun  mo`ljallangan.  КNAUF  to`plamiy  tizimlarining  osma  shift 
konstruksiyalarini  bino  va  inshootlarning  quruq,  normal  va  nam  rejimli  muhiti 
agressiv bo`lmagan xonalarida qo`llash mumkin (3.4-jadval, 3.17-rasm). 


112 
 
 

Download 3,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish