Toshkent arxitektura qurilish instituti raximov shavkat turdimurodovich beton va temir-beton texnologiyasi


-rasm. «Stena» markazining Durakoat fasadbop qoplamalari



Download 3,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/101
Sana15.01.2022
Hajmi3,97 Mb.
#366114
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   101
Bog'liq
TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI

3.10.-rasm. «Stena» markazining Durakoat fasadbop qoplamalari:  
a
 – Rustika; 
b
 – Veneto. 


98 
 
  Oynasimon-sayqallangan  marmar  yoki  Venetoni  imitatsiya  qiluvchi  yuqori 
sifatli qoplamani olish uchun «lyuks» sinfli venetsian suvog‗ini ishlatish mumkin
 
(3.10-rasm, 
b
)

  Turli  materiallardan  bajarilgan  uylar  fasadining  uzoqqa  chidamliligini 
oshirish yo‗llaridan biri ularni bo‗yash hisoblanadi. Bunda yuzalarni tayyorlash va 
bo‗yoqlarni tanlash masalasi muhim ahamiyatga ega. 
  Binoning  tashqi  ko‗rinishini  yangilash  uchun  g‗ishtni,  boshqa  ko‗pchilik 
tashqi  qurilish  materiallari  singari  yorilishidan,  ko‗chishidan  havfsiramasdan 
bo‗yash mumkin. 
  G‗isht devorlarni bo‗yash uchun 100%-li akrilli dispersiya asosidagi yuqori 
sifatli  bo‗yoqlar  tavsiya  etiladi.  Buning  sababi  ularning  bug‗  o‗tkazuvchanligi  va 
ishqoriy muhitga turg‗unligidir. 
  G‗ishtning  o‗zi  kimyoviy  neytral  hisoblanadi,  biroq  g‗isht  terimining 
qorishmasi  ishqoriy  bo‗lishi  mumkin.  Ta'mirlash  uchun  yangi  qurilish 
qorishmasini ishlatgandan so‗ng bo‗yoqchilik ishlarini bajarishdan oldin qorishma 
ishqoriyligining  pasayishini  kamida  bir  oy  kutish  maqsadga  muvofiq.  Aks  holda 
bo‗yoqda  plyonka  hosil  qiluvchi  moddaning  destruksiyasi  sodir  bo‗ladi,  bu  esa 
tashqariga  sho‗r  chiqishi,  qoplamaning  yorilishi  va  ko‗chishiga  olib  kelishi 
mumkin. 
  pH  ko‗rsatkichining katta  miqdorlariga turg‗un  bo‗lgan  yuqori  sifatli  akrilli 
bo‗yoqlar  yangi  bajarilgan  suvoqqa  atigi  3  hafta  o‗tishi  bilanoq  surtish 
imkoniyatini  beradilar,  chunki  ular  himoyalovchi  to‗siq  yaratib,  lok-bo‗yoq 
qoplamasi orqali tuzlar eritmasining singib o‗tishiga va shu orqali binoning tashqi 
ko‗rinishining buzilishiga to‗sqinlik qiladilar. 
  Bunday  bo‗yoqlarning  narxi  tashqi  ishlar  uchun  mo‗ljallangan  oddiy 
bo‗yoqlarning  narxidan  yuqoriroq  bo‗lgani  bilan  vaqt  va  mablag‗larni  iqtisod 
qilish  imkoniyatini  beradi,  chunki  tez-tez  ta'mirlash  ishlarini  bajarishga  ehtiyoj 
qolmaydi. 


99 
 
  Suvoq  qilingan  sirtlarni  ham  bo‗yash  ruxsat  etiladi,  biroq  bunda  shuni 
e'tiborga  olish  lozimki,  suvoq  qorishmalarining  tarkibiga  ko‗pincha  ohak  va 
boshqa  ishqoriy  materiallar  kiradi.  Moyli,  alkidli  va  vinil-akrilli  bo‗yoqlar  ushbu 
maqsadlar  uchun  muvofiq  kelmaydi,  chunki  ular  ishqorlarning  ta'siriga  chidamli 
emas va ularni bevosita suvoqlangan sirtlarga surtish tavsiya etilmaydi. 
  Ko‗pchilik ishlab  chiqaruvchilar  bo‗yashdan  oldin    suvoq  qilingan  sirtlarga 
30  kunlik  muddat  dam  berishni  tavsiya  etadilar.  Ushbu  vaqtning  ichida  ishqoriy 
komponentlarning  sirtdagi  dastlabki  yuqori  miqdori  yetarlicha  past  darajaga 
tushadi va gidratatsiyalanish jarayoni hisobiga yuqori mustahkamlikka erishadi. 
  Bo‗yashni qisqaroq muddatlarda bajarishga ehtiyoj bo‗lgan hollarda 100%-li 
akril  dispersiyasi  asosidagi  akrilli  bo‗yoqlarni  ishlatish  lozim,  chunki  ularda 
bog‗lovchi  va  pigment  o‗rtasidagi  nisbatning  yuqoriroq  bo‗lishi  sho‗r  chiqishi 
holatini  ancha  to‗xtatib  turadi.  Natijalarning  yanada  yaxshiroq  bo‗lishiga  erishish 
uchun  yangi  suvoq  qilingan  joylarga  akrilli  germetik  yoki  gruntovka  qatlamini 
surtish tavsiya etiladi. 
  G‗ovak  va  notekis  sirtlarni  eng  yaxshisi  purkagich  yordamida  yoki  uzun-
vorsli  valiklar  bilan  bo‗yash  lozim.  Akrilli  bo‗yoqlarni  surtishdan  oldin  eski 
sirtlarni  namlash  tavsiya  etiladi,  ayniqsa  germetiklovchi  qatlam  surtilmagan 
hollarda. Bu akrilli bo‗yoq tez qurishining oldini oladi, tez qurish esa  bo‗yoqning 
chidamliligini pasayishiga olib keladi. 
  Toshdan  qurilgan  binolar, uzoqqa  chidamli  fasadlarga  ega  bo‗lsa-da, tashqi 
yoriqlar paydo bo‗lishiga moyil bo‗ladi va ularga suv kirishi ehtimoli bor. Ushbu 
muammoni  yechish  uchun  bo‗yoqlarning  yangi  avlodi  qo‗llanilmoqda.  Ular 
devorlar  uchun  elastik  polimer  qoplamalar  (ESP)  deb  nomlanadi.  ESP  ning 
tarkiblari elastik hususiyatga ega bo‗ladi va yoriqlar bo‗ylab cho‗zilish qobiliyatiga 
ega.  Bu  qoplamaning  uzoqqa  chidamliligi  va  bir  jinsliligini  ta'minlaydi  va  toshli 
binoga  yanada  ko‗rkam  tashqi  ko‗rinish  beradi.  Ular  devorlarni  atmosfera 
gazlaridan i shamol bilan keltiriluvchi namlikdan himoyalaydilar va shuning uchun 
ularni qurilish amaliyotida qo‗llashga bo‗lgan talab doimo ortib bormoqda. 


100 
 

Download 3,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish