2.5-jadval
Betonni qotishni o„rtacha xisobli
xarorati
Sement massasidan (%)
quruq modda bo„yicha qo„shimchani
miqdori
10
0
С
1,0 - 2,0
10
0
С dan 15
0
С gachan
2,0 - 3,0
15
0
С dan 20
0
С gachan
3,0 - 4,0
Nazorat uchun savollar:
1.Qurilish qorishmalarni tayyorlash uchun qanday materiallar qo‗llaniladi?
82
2.Qurilish qorishmalari uchun qanday mineral va kimyoviy qo‗shimchalardan
foydalaniladi?
3.Bino devorlarini g‗isht va yig‗ma elementlar asosida qurish qanday amalga
oshiriladi?
4. Qurilish ishlarini qishki faslda tashkil etishni tushuntiring?
2.3. Shpaklevka aralashmalari. Gips bog„lovchi asosida shpaklevka
qorishmalari
Shpaklevka aralashmalari va shpaklevka qavatini o„rnatish ishlari
Shpaklevka ishlarini bajarish uchun yuzalar tozalanadi, silliqlanadi, undagi
yoriqlar to‗ldiriladi, aliflanadi, yopasiga shpaklevkalanadi va yana bir borib
silliqlanib chiqiladi.
Yangi suvalgan yuzani suvashga tayyorlashda chang, iflosliklar, suvoqning
oqib chiqqan joylari tozalanadi. Bunda yog‗och brusokning yon tomoni bilan
yuza aylanma xarakat kilib silliqlanadi yoki jilvir kog‗oli maxsus moslamadan
foydalanadi. Ortiqcha joylar shpatel yoki kirg‗ich yordamida ko‗chirib tashlanadi.
Surtiladigan aralashma yaxshi joyga ishlash uchun yoriklarni shpatel va maxsus
pichok bilan 45
0
burchak ostida qirqiladi, 2-3 mm li chuqurlikda o‗yiladi. Moyli
bo‗yoq bilan bo‗yaladigan yuza alif moyida gruntlanadi. yelimli bo‗yoq
surtiladigan yuzadagi yoriqlarni to‗ldirishda gips – bo‗r yoki gips yelim
korishmasi ishlatiladi. Yuzani sifatli bo‗lishi uchun ikkinchi marta
shpaklyovkalanadi va silliqlanadi. Shpaklyovkali to‗ldirilgan yoriqlar qurigandan
so‗ng boshlanadi. yelimli shpaklyovka tabiiy yelim ( 5 % eritmasi ) – 1 l, alif moyi
(oksol ) – 50 g, xujalik sovuni – 20 g, bo‗r – kerakli quyuqlikka kelguncha.
Moyli shpaklyovka – oksol alif moyi – 1 kg, erituvchi – 100 g, sikkatav –
100 g, xayvonit yelimi ( 10% li eritmasi ) – 0.2 g, xo‗jalik sovuni – 20 g, maydalab
elangan bo‗r kerakli quyuqlikka kelguncha solinadi.
Bunday shpaklevka tayyorlash uchun alif moyi erituvchi va sikkativ bilan
aralashtiriladi. Bu aralashmaga alohida tayyorlangan sovun-yelimli eritmani tez
83
aralashtirgan holda quyiladi, so‗ng bo‗rni ezib qo‗shib qorishtirib kerakli
quyuqlikdagi shpaklyovka hosil qilinadi.
Shpaklyovkani birinchi qavati 1-1.5 mm da yogoch shpatel yordamida
surtiladi.Shpatelni yuzaga nisbatan 10-15 gradus burchakda ushlanadi va bir
paytda ikkinchi qo‗l bilan ustidan bosib yurgiziladi. Avval shpatel gorizontaliga
yurgizilsa, ikkinchi martada unga perpendikulyar holda harakatlantiriladi.
Shpaklevkaning birinchi qatlam qurigach silliqlanadi va yelimli bo‗yoq
surtiladigan bo‗lsa kuporosli grunt tarkibi (bo‗rsiz) bilan ishlov beriladi. Agar
moyli bo‗yok surtiladigan bo‗lsa shpaklyovkadan so‗ng gruntlash shart emas.
Shpaklyovkaning ikkinchi qatlami 0.5 mm qalinlikda yuqoridagi usulda metall
shpatel bilan bajariladi
Shpaklevka shpatel bilan qo‗lda surtish ancha sermehnatli jarayon
hisoblanadi. Ish unumini oshirish uchun andavaga rezinadan tig‗ hosil qilib surtish
foydalidir. Yuzani tekislash uchun rezinali shpateldan ham foydalaniladi. Ikkinchi
shpaklyovkadan so‗ng yana yuza silliqlanadi va gruntlanadi.
Zamonaviy quruq qurilish qorishmalari
Quruq qurilish qorishmalari (QQQ) kompozitsion sistemani tashkil qilib,
ko‗p funksional vazifaga ega bo‗lgan quruq komponentlardan tashkil topgan
bo‗ladi. QQQ ning asosiy tashkil qiluvchilari quyidagilar: mineral bog‗lovchi
moddalar,
to‗ldirgichlar,
mikroto‗ldirgichlar,
modifikatsiyalovchi
va
plastifikatsiyalovchi qo‗shimchalar.
Quruq qurilish qorishmalari (QQQ) ko‗p komponentli bo‗lishiga
qaramasdan belgilangan markani olishni kafolatlovchi doimiy takibga ega bo‗ladi.
Ularning tarkibida berilgan vaqt va harorat rejimida ishlashga imkoniyat beruvchi
plastifikatsiyalovchi, gidrofoblovchi, suv ushlab qoluvchi va boshqa turdagi
qo‗shimchalar mavjud bo‗ladi. Quruq qurilish qorishmalaridan foydalanish kerakli
ish xajmi uchun zarur bo‗lgan ishchi qorishma porsiyasini tayyorlash
imkoniyatlarini beradi. Bunda mexanizatsiyalash darajasi oshadi, ishchilarning
soni kamayadi, tashqi muhitga zararli ta'sir ko‗rsatuvchi omillar kamayadi.
84
Mineral bog‗lovchi moddalar sifatida ko‗pincha sement, ohak, gips
ishlatiladi. To‗ldirgichlar sifatida esa ko‗pincha maksimal yirikligi 2,5 mm gacha
bo‗lgan tabiiy kvarsli qumlar va fraksiyalarga ajratilgan maydalangan bazaltli,
ohaktoshli, marmarli qumlar qo‗llaniladi. Mikroto‗ldirgichlar sifatida kukun yoki
chang ko‗rinishidagi andezit, dolomit va boshqa mineral moddalar ishlatiladi.
Ushbu maqsadlar uchun faol texnogen chiqindilar: maydalangan shlak, uchirma-
kul, mikrokremnezem ishlatilishi mumkin. Barcha dispers mikroto‗ldirgichlar
donasining maksimal o‗lchami 100 mkm dan oshmasligi lozim.
QQQ larda aloxida rol qo‗shimchalarga beriladi. Dunyo miqyosida QQQ
larni ishlab chiqarishning rivojlanishi avvalom bor qurilishdagi pardozlash va
maxsus ishlarni bajarishda mehnat unumdorligini oshirish, ishlarning sifatini
yaxshilash zaruriyati bilan bog‗liq hisoblanadi.
Qurilish materiallari bozorida maxalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar
tomonidan taklif qilinuvchi QQQ larning keng ko‗lamli assortimenti mavjud.
QQ ishlab chiqarish bo‗yicha yetakchi xorijiy firmalar quyidagilar: ―Knauf‖,
‖Babkok-BSKH‖, ―Sakret-Zentrale‖, ―Simpelkamp‖, ―PCI‖ (Germaniya), ―Sika
AG‖ (Shvetsiya), ―Lohja‖, ―Fexima‖ ―Raute Dry Mix‖, «Partek» (Finlyandiya),
―Serett‖, ―Super Carocol‖ (Fransiya) va boshqalar. «Watcher KG» firmasi turli
tarkibga ega bo‗lgan QQQ larning 11 xilini ishlab chiqarishni yo‗lga qo‗ygan. Ular
g‗isht va beton sirtlar ustidan suvoq qoplamalrini bajarish uchun mo‗ljallangan.
Ushbu QQQlar asosida tayyorlangan qorishmalar o‗ta mustaxkamligi, asos bilan
adgeziyasi yuqoriligi, qotishining tezkorligi bilan ajralib turadi.
―Raute Dry Mix‖ firmasining QQQ lari uy-joy qurilishining barcha
sohalarida ichki va tashqi pardozlash ishlarini bajarish uchun muvaffaqiyatli
qo‗llanilib kelmoqda. Ushbu QQQ lar asosida tayyorlangan qorishmalarning
o‗ziga xosligi ularning tarkibidagi qumning donadorligi ratsional nisbatda
tanlanganligi tufayli o‗ta kichik kirishishga ega bo‗lishi hisoblanadi.
Finlyandiyaning «Partek» firmasi fraksiyasi 0,3 – 1,0 mm bo‗lgan ohaktoshli
mikroto‗ldirgich qo‗shilgan quruq suvoq qorishmalarining 4 ta navini ishlab
85
chiqaradi. Tarkibidagi maxsus qo‗shimchalari hisobiga ushbu quruq qorishmalar
asosida tayyorlangan suvoqlar qotganidan so‗ng yuqori gidrofoblik xususiyatlarini
namoyon qiladi. Shu tufayli ular namligi yuqori bo‗lgan xonalarda ham
qo‗llanilishi mumkin.
Qurilish materiallari bozorida «KNAUF» (Germaniya) firmasining QQQ
eng katta talab qozongan. Sanoat binolarining ichki suvog‗i uchun ko‗proq sement
asosidagi QQQ dan foydalaniladi. «KNAUF» firmasining sement asosidagi barcha
QQQ lari modifikatsiyalovchi qo‗shimchalarga ega. Shu tufayli ulardan
tayyorlangan qorishmalar yuqori darajadagi texnologiyaga oid xususiyatlarga,
qotib qolgan qorishma esa yuqori darajadagi mustaxkamlikka ega bo‗ladi.
Vazifasiga ko‗ra QQQlar quyidagi turlarga bo‗linadi (2.6-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |