2.2. Qurilish qorishmalarni tayyorlash uchun materiallar. Qurilish
qorishmalari va qurilish qorishmalari uchun qo„shimchalar
Insonlar qadimda dastlab gildan foydalanishgan, biroq gil qurigan vaqtda
kichrayadi, bu esa ravshanki, yoriqlar hosil bo‗lishiga olib keladi. Bundan qutilish
maqsadida qumtuproqdan foydalana boshladilar, mustahkamligini oshirish uchun
esa turli hil tolasimon moddalar qo‗shdilar, eramizdan taxminan 3-4 ming yil avval
kuydirish yo‗li bilan olinadigan bog‗lovchi moddalar paydo bo‗ldi. Ulardan eng
birinchisi gips edi. Gips uncha yuqori bo‗lmagan haroratda, ya'ni 140-190
0
S da
gips tarkibli jinsni kuydirib olinadi, so‗ngra ohakdan ham foydalanila boshlandi.
Gips va ohakning bunchalik erta ishlatilishiga tabiatda gipstosh va ohaktoshning
ko‗p tarqalganligi va ularni qayta ishlash osonligi sabab bo‗ldi.
Gips va ohak toshlari kuydirilganda o‗zgarish hosil bo‗lishi ulardan
bog‗lovchi moddalar ishlab chiqarishda foydalanish mumkin, degan fikrni yuzaga
keltirdi. Rivojlanayotgan shahar xo‗jaligiga va yo‗l qurilishiga suvga chidamli,
mustahkamligi yuqori bo‗lgan bog‗lovchi moddalar kerak edi. Shuning uchun
barcha mamlakatlarda ohakdan keng foydalanildi, ilmiy ishlar esa tarkibi ohakli
xom-ashyoning sifatini yaxshilash va bu xom-ashyo asosida kurilish moddalari
olish texnologiyasini taqomillashtirishga qaratilgan.
Rossiyada, qadimgi rus shaharlari Kiev, Novgorod, Pskov, Rostov va
Moskva shahar devorlarini, ibodatxona va minoralarini qurishda ohakli xom-
ashyodan foydalanilgan. Angliyada Disan Smiton tarkibida gil qo‗shimchalari bor
kuydirilgan ohak mahsulotini tadbiq etdi. 1824-1825 yillarda rus olimi ye. Cheliev
77
va ingliz olimi Djozef Aspidin bir-biridan bexabar gil va ohaktoshni kuydirib
gidravlik bog‗lovchi modda ishlab chiqarishgan, lekin shisha, farfor, alebaster,
sement ishlab chiqarishni rivojlantirish haqidagi ma'lumotlarni ko‗rib chiqib,
sement ishlab chiqarishni ko‗paytirishga alohida ahamiyat berishgan.
Bir qator olimlar birinchi bo‗lib portlandsement ishlab chiqarishni ruscha
usulini taklif etdilar. 1885 yil Rossiyada sement ishlab chiqarish bo‗yicha birinchi
yig‗ilish taklif etildi. 1903 yilda birinchi mustaqil jurnal «Sement» ning dastlabki
soni nashr etildi. Keyingi yillar davomida rus olimlari N.M. Belyaev, I.P.
Aleksandrin va B.G. Skramtaev beton tayyorlashning ham nazariy, ham amaliy
qismiga juda ko‗p yangiliklar kiritdilar. Texnologik jarayonlarni boshqarishni
avtomatlashtirish sohasida muhim ishlar boshlanib ketdi. Sementning turli hil
yangi turlari paydo bo‗ldi. Mineral bog‗lovchi moddalar xaqidagi fanni
rivojlantirishni tashkil va tadbiq etishda atoqli olimlardan Voljenskiy, Yu.M.
Bunin, V.V. Timashev, M.M. Sыchev,
V.D. Gluxovskiy hamda boshqalar faol
ishtirok etdilar. Bog‗lovchi moddalar o‗zining tarkibiga ko‗ra ikkita katta guruhga
bo‗linadi: anorganik (ohak, sement, gips, suyuq shisha va boshqalar); organik
(bitum, yelim, polimer). Ularni qizdirib, suyuqlantirib yoki organik suyuqliklarda
eritib ishchi holatga keltiriladi.
Mineral yoki anorganik bog‗lovchi moddalar tabiiy moddani kuydirish yo‗li
bilan olinadi. Kuydirish yo‗li bilan olinadigan bog‗lovchi moddalar toshlarni yoki
binoning tarkibiy qismlarini bir-biriga yopishtirish qobiliyatiga ega. Bog‗lovchi
moddalardan, qurilish konstruksiya va buyumlar tannarxini pasaytiradigan bino va
qurilishning og‗irligini kamaytiradigan va ularni issiqbardoshligini oshiradigan
mahsulotlar ishlab chiqarish ko‗zda tutiladi. Shuning uchun hozirgi vaqtda tog‗-
kon sanoatining ikkilamchi resurslaridan foydalangan holda bog‗lovchi moddalar
ishlab chiqarish texnologiyasi ishlab chiqilmoqda. Sement, ohak, va boshqa
bog‗lovchi moddalarni ishlab chiqaruvchi korxonalar yonilg‗i-energetika
resurslarini iqtisod qilish uchun elektrni tejaydigan texnologiyaga o‗tmoqdalar.
Bunga quruq usulda portlandsement ishlab chiqarishni misol qilib keltirish
78
mumkin. Bu usulda boshqa usulga nisbatan energiya sarfi 1,5-2 marta iqtisod
qilinadi. Sement, va boshqa bog‗lovchi moddalar ishlab chiqarish usulidan
ko‗pgina davlatlar ham foydalanadi. Olimlar sement kimyosi va texnologiyasi
sohasida bir qancha muhim ka shfiyotlar yaratdilar. Xom-ashyoni quyi haroratda
kuydirish va bu jarayonda kam energiya sarflash, ana shular jumlasidandir.
Respublikamizda 2020 yilga kelib 9 ta yirik sement zavodlari o‗z faoliyatini
olib bormoqda va yiligi 11 million tonnadan ziyod sement ishlab chiqarilmoqda.
Ishlab chiqarilgan sement davlatimiz va halqimiz ehtiyoji uchun ishlatilmoqda
hamda qo‗shni respublikalarga eksport qilinmoqda. Shunga qaramasdan ushbu
sohada hali yechimini topishi kerak bo‗lgan muammo va masalalar mavjud.
Respublikamiz olimlari tomonidan bog‗lovchi moddalarning istiqbolli turlari va
ularni xossalarini yaxshilash bo‗yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Qurilish qorishmalari va qurilish qorishmalari uchun qo„shimchalar
Qorishmalar v quruq qurilish qorishmalar ishlab chiqarishda bog‗lovchi
moddalar, to‗ldiruvchilardantashqari qo‗shimcha moddalar ham keng qo‗llaniladi,
ular qo‗shimchalar deyiladi. Ishlab – chiqarish bosqichlarida qo‗shimchalar
sarflanuvchi energiya miqdorini kamaytiradi, qimmatbaho komponentlar sarfini,
material xajmini kamaytiradi, material xususiyatini yaxshilaydi, struktura xosil
bo‗lishi va qotish jarayonlarini tezlatadi yoki sekinlashtiradi. Materiallar
ekspluatatsiyasi davrida avvalo qo‗shilgan qo‗shimchalar material struktrasini
mustaxkamlaydi, uning hayt davrini oshiradi.
Superplastifikator “Poliplast R”
Maxsulot tasnifi.
Superplastifikator ―Poliplast R‖ ni tarkibi metalril kislotasini xosilalari va
naftalin kislotasini asosidagi aralashmadan iborat.
Qo„llanish sohasi.
- toshli maydasonli buyumlardan binolarni konstruksiyalarini ko‗tarishda
yirik blokli va yirik panelli binolar va inshootlarni qurishda qo‗llaniladigan
qurilish qorishmalarini ishlab chiqarishda;
79
- suvoq qorishmalarini ishlab chiqarishda;
- pardozlash plitkalarini maxkamlash uchun truba o‗tkazuvchilar bo‗yicha
o‗tadigan maxsus qorishmalar uchun.
Qo„llanish samaradorligi:
- qorishmani xarakatchanligini P1 dan P4 ga chan ko‗paytiradi
(mustaxkamligini qotishni pasaytirmasdan);
- suv bilan biriktirilganda suv talabchanligini 20-25% pasaytiradi (teng
xarakatchan qorishmalarda);
- qurilish qorishmasini suv ajralishini va qatlamsizlanishini pasaytiradi
shu bilan birgalikda vaqt davomida xarakatchanligini saqlanishini ta'minlaydi.
Qurilish qorishmalarni yakuniy mustaxkamlik xarakteristikalarni 15- 20% ga
oshiradi (teng xarakatchan qorishmalar). Surtish yuzasiga qurilish qorishmasini
yopishqoqlik qobilyatini oshiradi. Qorishmada xavoni miqdorini oshiradi. Qotgan
qorishmani
yuzasida
tuzlarni
xosil
bo‗lishiga
yordam
bermaydi.
Qo‗shimchani tavsiya etiladigan miqdori quruq mahsulotga xisoblanganda
bog‗lovchi massasidan 0,3-0,6 ni tashkil qiladi (2.4-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |