Toshkent arxitektura qurilish instituti raximov shavkat turdimurodovich beton va temir-beton texnologiyasi



Download 3,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/101
Sana15.01.2022
Hajmi3,97 Mb.
#366114
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   101
Bog'liq
TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI

Nazorat uchun savollar: 
1.  Qurilish  qorishmalarni  ishlab  chiqarish  uchun  qanday    asbob  –  uskunalar 
ishlatiladi? 
2. Qorishma nasoslaridan qanday foydalaniladi? 
3. Qorishma haydagichlar va kompressorlarning ishlash prinsipini tushuntiring? 
 
 
 
 


160 
 
3.6. Qurilish qorishmalarni ishlatish joylari.  
Qurilish qorishmalarini ishlab chiqarishda sifat nazorati 
Silikatbeton qorishma tayyorlash 
Ohak  –  kremnezemli  bog‗lovchining  olinishi  silikatbeton  qorishma 
tayyorlanishining  o‗ziga  xos  xususiyatidan  iborat.  Gidratli  va  qaynama 
bog‗lovchilarni  ishlab  chiqarishni  ikki    texnologik  sxemasi  keng  tarqalgan,  ular 
bir-biridan ohakning gidratatsiya sharoiti bilan farqlanadi.  
Birinchi  holatda  ohak  –  kremnezemli  bog‗lovchi  oldindan  so‗ndirilgan 
ohakda  tayyorlanadi,  ikkinchida  —  so‗ndirilmagan  ohakning  gidratsion    qotish 
effektidan  foydalaniladi,  bunda  yangi  qoliplangan  mahsulot  mustahkamligi  va 
qotishdagi keyingi jarayonlar uchun qulay sharoit yaratilishi ta'minlanadi. 
Qaynama  sxemasining  kamchiliklari:  bog‗lovchining  suvga  talabining 
yuqoriligi,  uzoq  muddatga  saqlash  va  transportga  ortib  bo‗lmasligi,    sanitar-
gigienik  sharoitlarining  yomonlashishi,  shuningdek  o‗ta  kuygan  ohakni  kechikib 
so‗nganligi  sababli  beton  strukturasini  qaytarilmas  buzilish  imkoniyati.  Gidrat 
sxemasi o‗ta  kuyish   havfini bartaraf   qiladi.  Gidrat  sxemasi bilan  olingan  ohak-
kremnezemli  bog‗lovchi,  uzoq  muddat  saqlanishi  va  katta  masofaga  transportda 
jo‗natilishi  mumkin,  bunda  aktivligi  yo‗qolmaydi.  Gidrat  sxemasining 
kamchiliklari:  ohakni  oldindan  gidratatsiyalash  va  qumni  quritish,  ohakni 
so‗ndirishda  va  mahsulotning  avtoklavda  qizdirishda  yuqori  darajadagi  miqdorda 
bug‗ning talab qilinishi. 
Silikat  beton  tayyorlashda  ohak  –  kremnizemlidan  tashqari  klinkersiz 
bog‗lovchilar ishlatiladi: ohak-shlakli; ohak putssolanli va ohak-kulli sementlar. 
Ko‗pchilik korhonalarda  ohakni to‗g‗ridan-to‗g‗ri    o‗z  joyida  tayyorlanadi. 
Bo‗lakli  ohak  maxsus  ohak  tayyorlaydigan  zavodlardan  temir  yo‗l    vagonlarida 
keltiriladi.  Ohakni  lentali  konveyer  va  elevator  yordamida  silosli  omborga 
tushuriladi. Bo‗lakli  ohaklarni saqlash uchun temir-betondan 100 t sig‗imli siloslar 
tayyorlanadi. Ularni konus asosli tarnovli ta'minlovchilar bilan tushirib olinadi va 
lentali  konveyer  sistemasi  yordamida  maydalashga  jo‗natiladi,  u  yerda  avval 


161 
 
mayda  bo‗laklarga    bo‗linadi,  keyin  bolg‗ali  maydalagich    va  trubali  tegirmonda 
yanchiladi. 
Kvars  qumi  silikat  beton  ishlab  chiqarishda  zarur  bo‗lib,  avval  omborga  
tushiriladi,  u  yerdan  qabul  bunkerlariga  ortiladi  va  quritiladi.  Ombor  bunkerlari 
perimetri    bo‗yicha  bug‗  registrlari  bilan  jihozlangan  bo‗lib,  qumni  yoz  faslida 
quritish,  qishda  esa    bo‗laklarning  yaxini  eritiladi.  Ishlab  chiqarishga  qumni 
berishdan avval katta toshli va mayda fraksiyalardan tozalanadi.  
Ohak-kremnezemli  bog‗lovchi  olishda  qum  va  ohak  sinchkovlik  bilan 
miqdorlanadi,  uzluksiz  harakatdagi  qoruvchida  aralashtirilib,  lentali  konveyer 
sistemasi  bilan  tegirmon  ustidagi  bunkerga  uzatiladi, u  yerdan  trubali  tegirmonga 
yanchish uchun ta'minlovchilar yordamida yetkaziladi. Shuningdek, ikki bosqichni 
o‗z ichiga olgan ikki pog‗onali usul qo‗llaniladi. Birinchi bosqichda qumni alohida 
maydalash  ma'lum  dispersli  (mayda  zarralarga  bo‗lib)  darajasiga  yetguncha  olib 
boriladi.  Bunda  ohakni  yanchish  jarayonidagi  amortizatsiyalovchi  ta'siriga  yo‗l 
qo‗yilmaydi.  Ikkinchi  bosqichda  bir  turdagi  qorishma  olinguncha  birga 
aralashtiriladi (3.34-rasm). 
 

Download 3,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish