O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI
TOSHKENT ARXITEKTURA – QURILISH INSTITUTI
QURILISHNI BOSHQARISH FAKULTETI
“Qurilishda menejment” KAFEDRASI
«Tarmoq iqtisodiyoti va Menejment »
fanidan
Mustaqil ish
MAVZU:Menejment nazariyasi amaliyotining rivojlanishi.
Bajardi: Abdurazokov Sh.
Guruh:11-15BIQF
Tekshirdi: Inoyatova D.
|
TOSHKENT – 2019
Reja:
Menejment rivojlanishining asosiy bosqichlari;
Asosiy boshqaruv mabaalari;
Menejment fanining tarixiy rivojlanishi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.Menejment rivojlanishining asosiy bosqichlari
Menejment u yoki bu shaklda odamlar guruh bo‘lib ishlab yurgan joyda va odatda jamiyatning uchta sohasida bo‘lgan:
siyosiy — guruhlarda tartibni qo‘llash va o‘rnatish zarur- ligi;
iqtisodiy — resurslarni taqsimlash, ishlab chiqarish zarur- ligi;
mudofaa — dushmanlardan va yovvoyi hayvonlardan hi- moya qilish.
Boshqaruv nazariyasini va amaliyotining rivojini ko‘rib chiq- qanimizda, bir necha taraqqiy davrlarni ajratishimiz mumkin. I davr — qadimgi davr.
Boshqaruvning uzun rivojlanish davri 9—7 ming avval eramizdan taxminan XVII asrgacha bo‘lgan davr menejmentni mustaqil ilm sohasiga ajralishidan oldin, odamzod mingyillar davomida boshqarish tajribasini orttirib kelgan.
Ilk tartib va boshqaruvning eng oddiy shakllari ibtidoiy jamoa bosqichida paydo bo‘lgan. O‘sha davrda boshqaruv birga- likda, qabilaning hamma a’zolari boshqarishda ishtirok etardi. Qabilaning qariyalarini boshqaruvning dastlabki ko‘rinishlari deb hisoblasak ham bo‘ladi.
Taxminan eramizdan 9—7 ming yillar oldin yaqin Sharqdagi joylarda ekish xo‘jaligidan (ov, hosil yig‘ish va boshqalar) yangi hosil olish shakliga o‘tdi (ya’ni ishlab chiqarishga). Ishlab chiqarish iqtisodiyotiga o‘tish menejmentni vujudga kelganidan dalolat bergan edi.
Qadimgi Misrda davlat xo‘jaligini boshqarish tajribasi ortti- rildi. O‘sha davrda yetarli darajada davlat boshqaruv apparati va xizmatkorlar safi shakllandi.
Boshqaruvga ilk faoliyat turi deb ta’rif bergan Sokratdir. (470—399-yy. eramizdan avval). U boshqaruvning turli shaklla- rini tahlil qildi. Ular asosida boshqaruvning universal tamoyilini e’lon qildi.
Platon (428—348 eramizdan avvalgi yil) davlat boshqaruvi- ning tasniflanishini aniqlab, boshqaruv organlarining funksiya- larini aniq belgilab berdi.
Iskandar Zulqarnayn (356—323 eramizdan avvalgi yy.) qo‘shinlarni boshqarish nazariyasi va amaliyotini rivojlantirdi.
II davr — sanoat davri (1776—1890)
Davlat boshqaruvi tushunchasining rivojida A.Smitning hissasi kattadir. U nafaqat klassik siyosiy iqtisodning vakili, balki boshqaruv sohasining mutaxassisidir. U mehnat bo‘linishini turli shakllarini tahlil qildi, davlat va davlat boshqaruvchisining maj- buriyatlariga ta’rif berdi.
R.Ouen ta’limoti menejmentning maktab va ilmiy yo‘nalish- larining shakllanishiga katta ahamiyat kashf etdi. Uning guma- nitar g‘oyalari, ishlab chiqarishni boshqaruv, xizmatchilarning ishlash sharoiti va hayotini yaxshilash, o‘qitish zaruriyati bugun- gi kunda ham dolzarb mavzular bo‘lib kelmoqda.
Hisoblash mashinasining yaratilishi va qo‘llanilishi boshqa- ruvni nazariyasi va amaliyotida ilk to‘ntarishga olib keldi. 1833- yilda angliyalik matematik Ch. Bebbidj «Tahlil mashinasi»ning loyihasini ishlab chiqdi. Bu esa hozirgi zamonaviy raqamli hi- soblash texnikasining dastlabki ko‘rinishi, o‘sha davrdayoq bosh- qaruv masalalarining yechimini tezkorlik bilan bajarishga olib keladi.
III davr — tizimlashtirish davri (1856—1960).
Boshqaruv to‘g‘risidagi ilm doimiy harakatda. Yangi yo‘na- lishlar, maktablar, oqimlar shakllanmoqda, ilmiy apparat o‘zgar- moqda va mukammallashmoqda, qolaversa tadqiqotchilar va ularning qarashlari o‘zgardi. Vaqt o‘tishi bilan menejerlar iste’- mol mo‘ljallarini boshqaruv kuchlarini o‘rganishga qaratdilar. Ayrimlari boshqaruv muammolarini o‘tgan davri usullari bilan yechishga harakat qiladilar, boshqalar esa zamonaviy boshqaruv usullaridan foydalandi. Ularning individual muvaffaqiyatlari, yutqizishlari hozirgi zamon menejerlari uchun ham ibratli dars- liklar bo‘lib qolishi mumkin.
2.Asosiy boshqaruv mabaalari