Valyutalarning turlari:
Zaxira valyuta - mamlakatlar markaziy banklari tomonidan valyuta zaxiralarining tarkibini tashkil etuvchi valyuta. Zaxira valyutalari asosan paritetlarini xisoblash va valyuta interventsiyalarini amalga oshirishdada shuningdek, xalqaro savdo va to'lovlarda keng ishlatiladigan valyuta. Ilgari zaxira valyutalari asosan tovar bozorlarida to;lovlar uchun vosita (neft, oltin va boshqalar) sifatida ishlatilgan. Biroq, so'nggi yillarda, ayniqsa, Osiyoda, zaxira valyutalari eksport raqobatbardoshligini mustahkamlash maqsadida xorijiy zaxiralari (oltin zahiralari) yig’ish va moliyaviy inqirozlarni oldini olish maqsadida ishlatiladi.
Qattiq valyuta – xalqaro xalqaro savdo va hisob-kitoblarda keng qo’llanadigan, uzoq vaqt davomida valyuta kursini barqaror darajasini ta’minlab keluvchi davlatlar valyutasi.
Yumshoq valyuta – odatda konvertatsiyalanishi bo’yicha cheklovlari mavjud yoki umuman konvertatsiyalanmaydigan valyutalar.
Yumshoq valyuta - kuchli siyosiy yoki iqtisodiy o’zgarishlarga nisbatan ta’sirchan mamlakatning ichki to'lov vositasi.
Valyuta tizimi - bu, milliy qonunchilik yoki davlatlararo kelishuvlar bilan mustahkamlangan valyuta munosabatlarini tashkil etish va muvofiqlashtirishning shaklidir.
Valyuta tizimining mohiyati, tashkil etilish shakllari va roli jamiyatning iqtisodiy tizimi bilan belgilanadi.
Valyuta tizimi davlat, rezident va norezident shaxslarga tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun sharoit yaratib beradi. Sub’ektlarning ushbu faoliyati amalga oshishida valyuta qonunchiligi alohida ahamiyat kasb etadi.
Jahon valyuta tizimi - bu, jahon bozori (xo’jaligi) ning rivojlanishi asosida shakllangan va davlatlararo kelishuvlar bilan mustahkamlangan xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil etish shaklidir. Jahon valyuta tizimining tashkiliy asosi bo'lib, milliy valyuta tizimi hamda ushbu tizimga kirayotgan har bir mamlakat valyuta mexanizmini tashkil etilishining davlat-huquqiy shakli hisoblanadi.
Valyuta tizimi o'zining zamonaviy shakliga kelguncha uzoq tarixiy davrni bosib o'tgan. Birinchi jahon valyuta tizimi stixiyali ravishda sanoat inqilobidan so'ng oltin monometalizmi asosida oltin-tanga standarti shaklida shakllangan. Yuridik jihatdan esa mazkur tizim 1867 yil Parij shahrida bo'lib o'tgan konferensiyada, davlatlararo kelishuv sifatida rasmiylashtirilgan. Ushbu jahon valyuta tizimi jahon pulining yagona shakli sifatida oltinni rasmiy tan olgan edi.
XIX asrda xalqaro savdoning rivojlanishi bilan ko'pchilik davlatlar o'zlarida "oltin standarti"ni kiritdilar, ya'ni shu davrdan boshlab mazkur davlatlar valyutalarining kursi va qiymati shu valyutalar zaminida yotgan oltin miqdorining qiymati bilan belgilanadigan bo'ldi. Davlatlarning markaziy (milliy) banklari o'z navbatida milliy qog’oz pullarni taalluqli oltin miqdoriga (baho masshtabiga asosan) almashtirishga majbur edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |