Agar yoqilg’i sifatida tabiiy gaz yoki propan va butan aralashmasi, oksidlovchi gaz sifatida siqilgan havo ishlatilsa alanganing harorati 1800 – 20000 C (gorelkaning yonish sharoitiga ko’ra) atrofida bo’ladi. Bunday haroratda faqat ishqoriy va ishqoriy yer metallari atomlari qo’zg’algan holatiga o’tadi. Qolgan elementlar esa o’zlaridan nur chiqarmaydi va shu bilan birga oson qo’zg’algan holatga o’tadigan elementlarga (ishqoriy va ishqoriy yer metallari) halaqit bermaydi. Shuning uchun alangali fotometriya ishqoriy va ishqoriy yer metallarni xilma – xil ob‘ektlarda aniqlashda alohida ahamiyat kasb etadi. U geologiyada, geoximiyada, biologiyada, meditsinada, metallurgiyada va kimyo sanoatida keng ko’lamda qo’llaniladi.
Aniqlanadigan modda tarkibiga kiruvchi qandaydir element kontsentratsiyasini aniqlash uchun fotoelementzanjiridagi o’lchangan tok kuchi qiymati boyicha uchta har xil usuldan foydalaniladi:
bir yoki bir necha standart bilan solishtirish;
darajalangan grafik usuli;
standart qo’shimcha qo’shish usuli.
Do'stlaringiz bilan baham: |