O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI
PEDAGOGIKA PSIXOLOGIYA FANIDAN
MUSTAQIL ISH
MAVZU: Pedagogik-psixologiyaning predmeti
va vazifalari
Bajardi: CHorieva U.
Toshkent - 2014
Reja:
1.
Pedagogik-psixologiya fanining predmeti, vazifalari.
2.
Fan sifatida pedagogik-psixologiyaning vujudga kelishi,
uning rivojlanish tarixi va hozirgi holati.
3.
Pedagogik-psixologiya fanining ilmiy tadqiqot metodlari.
Tayanch iboralar: shaxsning tarkib topishi qonuniyatlari, ta’lim, tarbiya,
biogenetik, sosiogenetik konsepsiyalar, kuzatish, suhbat, tematik – statistik,
biografik, eksperiment, mehnat ta’limi, o’quvchining bilim faoliyati, ta’limning
shakllarini nomoyon bo’lishi.
1.
Pedagogik-psixologiya fanining predmeti, vazifalari.
Pedagogik-psixologiya psixologiya ilmining tarmog’i sifatida, ta’lim va
tarbiyaning shaxsga samarali ta’sir etuvchi omillari, qonuniyatlari va
mexanizmlarini o’rganuvchi fandir.
Bolalarning maktabdagi hamda ta’lim-tarbiya muassasalaridagi faoliyat va
xatti-harakatlarining
psixologik
qonuniyatlarini
o’rganuvchi
pedagogik-
psixologiya ikki fanni, ya’ni psixologiya va pedagogika fanlarining tutashgan
joyidan o’rin egallagandir.
Pedagogik-psixologiyaning predmeti maktabda bilim, ko’nikma, malakalarini
egallash qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir bo’ladigan individual tafovutlarni,
o’quvchilarda faol, mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini
tadqiq etishdir. Shuningdek, pedagogik-psixologiya ta’lim tarbiyaning ta’siri
oqibatida o’quvchilar ruhiyatida sodir bo’ladigan o’zgarishlarni, o’quv
materiallarining o’quvchilarning yosh davrlarga mos kelishni, turli ta’lim
metodlarining psixologik jihatdan samaradorligini, darsliklar, o’quv qurollari,
asbob-uskunalar, maktab ishlarining tartibiga nisbatan bo’lgan psixologik talablar
kabi muammolarni ham o’rganadi.
Pedagogik psixologiya o’quvchilarga beriladigan ta’lim va tarbiyaning psixologik
asoslarini o’rganadi. O’quvchilarda bilim, iqtidor va malakalarni o’zlashtirish
tufayli ular shaxsining tarkib topish qonuniyatlari mavzuni o’z ichiga oladi.
Pedagogik psixologiya ta’lim va tarbiya jarayonida bola shaxsining tarkib
topish muommolarini o’rganar ekan, u bolalar psixologiyasi bilan mustahkam
aloqada ish ko’radi. Darsliklar, o’quv qo’llanmalari, qurollari, ta’lim va
tarbiyaning samarali metodlari, o’quvchilarni mehnat va ijtimoiy faoliyaiga
tayyorlash masalalarini har bir o’quvchining o’ziga xos sifatlarni bilmay turib,
amalga oshirib bo’lmaydi.
O’quvchi tafakkurining shakllanishi, aql darajasining o’sa borishi, o’quvchilar
jamoasidagi o’zoro munosabatlarning mohiyati, har bir o’quvchida bilimlarni
o’zlashtirish malaka va ko’nikmalarini bilmay turib, ta’lim va tarbiya ishida
muvaffaqiyatga erishib bo’lmaydi. Bu masalalarni amalga oshirish uchung xizmat
qiladigan tamoillar va metodlar quyidagilardan iborat:
1. Obektivlik tamoili. O’quvchm shaxsiga xos bo’lgan psixologik
xodisalarni obektiv holatda o’rgangandagina to’g’ri xulosalar aniqlanadi.
O’quvchining o’zi haqida gapirganiga qarab, unga baho beriladi.
4. Rivojlanish tamoili. Bu tamoil bola shaxsiga xos bo’lgan psixologik
xodisalarni o’sishi, o’zgarishda, hamma vaqt rivojlanishda qarashni taqozo etadi.
5. O’zoro bog’liqlik tamoili. Bu tamoil o’quvchi hayoti va faoliyatining
tashqi sabablarini tashqi ta’sirlarning har bir o’quvchiga ta’sir etish sabablarini
bilishni talab qiladi. Pedagogik psixologiyaning ilmiy – tadqiqot metodlari
yuqoridagi tamoillarga asoslanadi.
Pedagogik psixologiyaning metodlari umumiy psixologiyaning metodlaridan iborat
bo’lib, ularga mateiatik – strtistik metod qo’shiladi. Bu metodning mohiyati
shurdaki, bunda aniqlangan xulosalarni tekshirish uchun turli statistik usullardan
foydalaniladi.
2.
Fan sifatida pedagogik-psixologiyaning vujudga kelishi, uning
rivojlanish tarixi va hozirgi holati.
Hozirgi vaqtda pedagogik psixologiya sohasidagi ilmiy tekshirish ishlarining
muvaffaqiyati uchun ta’limning quyidagi sohalariga e’tibor berish kerak.
1. Ona tili o’qitish psixologiyasi. Bu soha o’quvchilarda ona tili fanidan bilim,
iqtidor va malakalar hosil qilish usullarini topish masalalarini o’rganadi. Bu
yozishga, o’qishga, orfografiya va grammatikani o’rgatish masalalarini o’z
ichiga oladi.
2. Chet tilini o’qitish psixologiyasi. Bu bo’lim chet tilidan to’g’ri gapirish,
o’qish, yozish va tarjima qilish masalalarini o’z ichiga oladi.
3. Matematika o’qitish psixologiyasi. Bu bo’lim matematik fanlarni to’g’ri
o’zlashtirish masalalarini o’rganadi.
4. Geografiyani o’qitish psixologiyasi. Bu bo’lim geogrifik bilimni tez va
mustahkam o’rganish masalalari bilan shug’ullanadi.
5. Mehnat talimi psixologiyasi. Bu bo’lim mehnat madaniyati va o’quvchilarda
ijtimoiy mehnatga ongli munosabat hissini tarbiyalash muammolarini o’z
ichiga oladi.
O’qitish o’quvchining bilim faoliyatini o’stirish bo’lib, ikki tomonlama jarayondir.
Bu jarayon o’qituvchi va o’quvchi tomonidan amalga oshiriladi. Bu jarayonda
o’qituvchi tomonidan o’quvchilarga ularning yoshi va individual hususiyatlari
hisobga olingan holda fanlar asoslari singdiriladi. O’qituvchining faol faoliyati
tufayli o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirish maqsadi amalga oshiriladi.
Bilimlarni o’zlashtirish o’quvchining bilish faoliyatidir. Bu faoliyat tufayli
o’quvchilarga bilim, iqtidor, malakalar singdiriladi, ular shaxsi shakllantiriladi.
O’qish faoliyati tufayli o’quvchilar tabiat va jamiyatga doir bilim asoslari bilan
qurollanadilar.
Hozirga vaqtda ta’limning bir qancha shakllari bor. Bular o’quvchining
obektiv olamga faol munosabatida nomoyon bo’ladi va uning oyin, mehnat va
o’qish faoliyatida aks etadi.
Shuni ta’kidlash lozimki, o’quvchining faoliyati davomida bilim o’zgarib.
Aniqlashib boradi. O’quvchining bilim zonasi uning og’zaki va yozma nutqi orqali
yuzaga chiqadi. Bu jihatdan o’quvchilarning bilimi quyidagi sifatlarga ega bo’ladi.
A qat’iyan ilmiy;
B sistemali;
c) tushunarli;
D har tomonlama chuqur;
e) hayot tajribasi bilan bog’langan;
f) harakatchan – operativ (hamma sohlarda foydalanishga imkon beradi).
O’qish faoliyati bilish jarayoni bo’lib, o’quvchi psixologik holatlarining
barcha tomonlarini o’z ichiga oladi.
O’quvchilarning ilmiy bilimlarni egallashlariga yordam beradigan omillar
quyidagilardan iborat:
1. Hissiy bilish. Hissiy bilish sezish, anglash, tushunishdan boshlanadi.
2. Ilmiy bilimlarni idrok qilish. Idrok qilish narsa va hodisalarning ichki
hususiyatlarini, muhim xossalarini bilishga imkon beradi.
3. Ko’rsatmalilik. Ko’rsatmalilik materiolini muvaffaqiyatlari o’zlashtirishning
zarur shartidir. Pedagogik psixologiyada ko’rsatmalilikning bir qancha
turlari bor.
3.
Pedagogik-psixologiya fanining ilmiy tadqiqot metodlari.
A predmetli ko’rsatmalilik. bunga tabiy obektlar tevvarak atrofdagi predmet
va hodisalar kiradi. tabiatdan olingan narsalardan foydalaniladi. m: tabiatshunoslik,
botanika darslarida o’simliklar, zoologiyada hayvonlar, geografiya darslarida
minerallar ko’rsatiladi, ma’lum obektlarga sayohatlar uyushtiriladi.
B tasviriy ko’rsatmalilik. tasviriy ko’rsatmalilik simvollik, ko’rsatmalilik
bo’lib, rasm, jadval, maket,chertyot kabilar orqali amalga oshiriladi.
c) texnik ko’rsatmalilik. bunda ia’limning texnik vositalari – kinofilm,
diopazitiv,teleeshittirish, grammafon, magnitafon yozuvlari, radio eshittirish
kabilardan foydalaniladi.
D so’z ko’rsatmaliligi. Maktab amaliyotida yetakchi o’rin tutuvchi
ko’rsatmalilik o’z ko’rsatmaliligi bo’lib, u o’qituvchining jonli nutqidir. Bu nutq
o’quvchilar tushunchasiga kuchli ta’sir orqali ularda turli emosional kechinmalarni
vujudga keltiradi.
Ta’lim materialini mustahkam va chuqur o’zlashtirishning bir qancha muhim
faktorlari bor. O’quvchining ta’lim materialini o’zlashtirishini quyidagi shartlarga
asoslanadi:
6.
Diqqatlilik. O’quvchining bilim olish faoliyati diqqatsiz amalga
oshmaydi. Diqqat tufayligina o’quvchilar ta’lim materialini to’la anglab va
mustahkamlab, o’zlashtirib oladilar. Shuning uchun o’qituvchi xilma – xil usullar
yordamida o’quvchilarning ixtiyoriy diqqatini butun bir dars davomida darsda
bayon qilinishi zarur bo’lgan materialga jalb qilinishi shart.
7.
Faol o’qish faoliyati. O’quvchining dars davomidagi faol faoliyati
bilimni ongli, tushunib o’zlashtirishga yordam beradi. Faol faoliyat tufayli
o’rganilgan bilimdan o’quvchilar amaliy faoliyatda to’g’ri foydalanadilar.
8.
Qiziqtirish. Ta’lim materialga qiziqish o’quvchilarning o’qish
jarayoniga faol munosabatida ifodalanadi. O’rganilayotgan bilimning amaliy
ahamiyatini to’la tushunish o’quvchinin qiziqtirishning muhim shartidir. Buni
o’qituvchi turli usullar, qiziqarli amaliy mashg’ulotlar yordamida amalga oshiradi.
9.
Xotira. Bilimlarni o’zlashtirishning muhim shartlaridan biri
o’quvchining xotira faoliyatidar. Bu faoliyat esga olish, esda saqlash, qaytadan
esga tushurish kabi fazalarni o’z ichiga oladi. Xotira faoli yati o’quvchi bilimining
to’laligi, aniqligi va mustaqilligini ta’minlaydi.
O’quvchi bilimni logik tarzda esga olishi shart. Olingan ta’lim materialini esda
saqlab turish va undan amaliy faoliyatda sunumlm foydalanishning yagona sharti
takrorlashdir. Takrorlash faol, unumli va maqsadli bo’lishi kerak.
Ko’nikma va malakalar. O’quvchining bilimlarni o’zlashtirishda ko’nikma
va malakalarning ahamiyati kattadir. Maqsadga muvofiq ravishda bilim olshga
qaratilgan xarakat usullari ko’nikmalardir. Ko’nikma o’quvchining amaliy
xarakatlarida nomolyon bo’ladi. Bilimlarni egallash jarayonida o’quvchilarda
amaliy faoliyat ko’nikmasi tarbiyalanadi.
O’quvchining bilimi ko’nikmasiz bo’lishi mumkin, lekin ko’nikma bilmsiz
bo’lmaydi. M: daraxtni o’tqazish tufayli ko’kartirib o’stirishni o’quvchi biladi,
ignaga ip o’tkazish oddiy ko’nikma, o’sha orqali buyumtikish murakkab, qog’oz
va qalam bo’lsa, istagan rasmini chizish mumkin, lekin chiza olmaydi.
Ko’nikmalar o’quvchining malakasiga aylanadi va uning ongli irodaviy
harakatlarini ifodalaydi. Malakalilik o’quvchining og’zaki, yozma nutqida,
hisoblash, chizish faoliyatida aks etadi. O’quvchidagi bilimning biror sohasiga
nisbatan bo’lgan malaka uning faoliyatinig boshqa sohalariga ham ijobiy ta’sir
ko’rsatadi.
ADABIYOTLAR.
1. Vigotskiy L.S. Pedagogicheskaya psixologiY. – M.: 1991. – S. 374-410.
2. Ivanov P.I. Ta’limning psixologik asoslari. – T.: 1961. 21-85 betlar.
3. Kruteskiy V.A. Pedagogik psixologiya asoslari. – T.: 1976. 182-207 betlar.
4. Stouns E. Psixopedagogika. _ M.: 1984. 21-70 betlar.
G’oziyev E. Pedagogik psixologiya asoslari. – T.: 1997. 3-10 betlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |