O’ZBEKISTON-YOSHLAR MAMLAKATI
Oʻzbekiston demografik xususiyatiga koʻra yoshlar mamlakati hisoblanadi. Oʻziga xos ijtimoiy guruh sifatida yoshlar doimo olimlar tomonidan olib boriladigan tadqiqotlarning diqqat-markazida boʻlib kelmoqda. Chunki, aynan ular yuz berayotgan oʻzgarishlarning indikatorlari boʻlib hisoblanadi va jamiyat rivojlanishining Yoshlar ta’limi va tarbiyasida, ularda ijtimoiy taraqqiyotning nazariy-metodologik masalalarini rivojlantirishda oʻqituvchining shaxsiy fazilatlari, nazariy, metodik tayyorgarligi hamda axloqiy qiyofasi birinchi darajali ahamiyatga ega. Shuning uchun ham XXI asr – intellektual qadriyatlar ustuvorlik qiladigan asr ekanligi hozirgi kunda hech kimga sir emas.
Shuni e’tiborga olgan holda, 2010-yil birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan mamlakatimizda “Barkamol avlod yili”, 2014-yil “Sogʻlom bola” yili deb e’lon qilinishi bejizga emas. Yoshlar jamiyatning ijtimoiy tarkibida nisbatan mustaqil tuzilma boʻlib, umuman ijtimoiy taraqqiyot tizimiga xos qonuniyatlar unda muqarrar aksini topadi.salohiyatini belgilab beradi. Ma’lumki, bugungi kunda Oʻzbekistonda 10 mln 675 ming kishi 18 yoshgacha boʻlgan yoshlarni, yoki butun aholining tahminan 35 foizini tashkil qiladi. 18 mln 300 ming kishi esa 30 yoshgacha boʻlgan yoshlarni, yoki, butun aholining 60 foizini tashkil qiladi. Aholining katta qismini tashkil qiluvchi yoshlarning mavjud muammolarini hal qilish, ularni hayotimizning haqiqatdan hal qiluvchi amaldagi kuchiga aylantirish toʻgʻrisida butun jamiyatning doimiy gʻamxorlik qilishi masalasi oʻz-oʻzidan jamoatchilikning diqqat-markazida boʻlib kelmoqda
Sotsiolog Oʻ.Qayumovning “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik Markazi tomonidan chop etilgan “Fuqarolik jamiyatining shakllanishi sharoitida Oʻzbekiston yoshlarining ijtimoiylashuv jarayonlari” nomli monografiyasida 2003-2011-yillarda oʻtkazilgan satsiologik tadqiqotlar natijalarini tahlili asosida mustaqillik yillarida Oʻzbekiston jamiyatida yuz berayotgan tub islohatlar sharoitida yoshlarimizni hozirgi zamon jamiyatimizga moslashuvini, ma’naviyatini, bilim olishga chanqoqligi, mehnatga boʻlgan munosabatini, ijtimoiy nuqtai nazarini va hayotiy intilishlarini yoritib bergan.
Bundan tashqari, yoshlarning ma’naviy kamolatini yanada yuksatirishga xizmat qilayotgan ijtimoiy-siyosiy institutlardan “Kamolot” YIH, Siyosiy partiyalar, Kasaba uyushmalari, Turli xil jamgʻarmalar, “Mahalla” hayriya jamoat fondi, Xotin-qizlar jamiyati, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti va boshqa shu kabilarini misol keltirish mumkin. Bugungi kunda mamlakatimizda jamiyat hayotining turli sohalarida 7800 dan ziyod nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat yuritmoqda va bu koʻrsatgich 2000-yilga qaraganda 2,5 barobar koʻpdir.
Darhaqiqat, jamiyat kelajagi boʻlmish yoshlarni bir maslak atrofida birlashtirib, ularning intellektual bilimi, aql-idroki qolaversa, kuchidan hayrli maqsadda foydalanish uchun biron-bir yoshlar tashkiloti zarur edi. Bu, aynan yurtboshimiz tomonidan oʻrtaga tashlangan asosiy masala edi. Ana shu tashabbus orqali, 2001-yil aprel oyida “Kamolot” YIH tashkil etildi.
“Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, islohotlarning mazmun-mohiyatini yoshlar ongiga chuqur singdirish, yosh avlodning mamlakatni yanada demokratlashtirish va yangilash, fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlariga keng jalb qilinishini ta`minlash.”-harakatning bugungi kundagi asosiy vazifalardan biridir.1 Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularga ishonch bildirish, jamiyat va davlatning eng ustuvor vazifalaridan biridir. Hattoki, uning huquqiy asoslari ham taminlangan.
Shu sababli, mazkur sohadagi faoliyatni tubdan takomillashtirish maqsadida qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida»gi Qonuni bugungi davr talablariga mos ravishda har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, xalq manfaati yo'lida bor salohiyatini safarbar qiladigan, shijoatli yoshlarni tarbiyalash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratdi.
2017 — 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlarda yoshlar faolligini oshirish bilan bog'liq bir qator yangi va muhim vazifalarni belgilab berganini alohida qayd etish joiz. Yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini tubdan isloh etish maqsadida hamda bu borada keng jamoatchilik, avvalo, yoshlar vakillarining taklif va mulohazalarini e'tiborga olgan holda: 1. O'zbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining 2017 yil 30 iyun kuni bo'lib o'tgan IV qurultoyi qaroriga muvofiq, O'zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilgani ma'lumot uchun qabul qilinsin. 2. O'zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun — 30 iyun sanasi mamlakatimizda «Yoshlar kuni» deb e'lon qilinsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |