74
Boshqaruv jarayonida rahbar tamonidan bajarilayotgan asosiylaridan biri va
eng mas’uliyatli vazifa (funksiya) - bu qaror qabul qilishdir.
To‘g‘ri va o‘z vaqtida qabul qilingan boshqaruv qarorlariga
boshqaruv
samaradorligi, qolaversa ishlab chiqarish samaradorligi bog‘liq bo‘ladi.
Jadallashgan iqtisodiyotda ko‘pincha noma’lum yo‘llardan yurishga to‘g‘ri
keladi va eksperiment qilinadi. Shuning uchun tavakkallik (xavf-xatarlik)
bilan
boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishga o‘rganish kerak.
Boshqaruv qarori-bu direktiv hujjat bo‘lib jamoani qo‘shma faoliyatini
tashkil etadi, yo‘naltiradi, rag‘batlantiradi.
Qarorlar tezkor va strategik bo‘ladi:
Tezkor qarorlarda asosan muddat,
alohida sonli parametrlar, aniq ijrochilar
o‘zgaradi. Bu vaqtda umumiy vazifa, texnologiya, xodimlar o‘zgarmay qoladi.
Strategik qarorlar, asosan ijodiy
tavsifga ega bo‘ladi, ya’ni ishlab chiqarish
tuzilmasida sonli va sifatli o‘zgarish bo‘ladi. Bunday qarorlar odamlarni katta
guruhini tahlili, qidiruvi, hisob-kitobi, baxsi va fikr yuritishidir.
Qaror qabul qilinishi-bu axborot bilan almashuv bo‘lib boshqaruv faoliyatini
asosiy tuzuvchisi bo‘lib hisoblanadi.
Boshqaruv doirasida bir necha turli qarorlar mavjud:
1.Rejalashtirish jarayonida quyidagi qarorlar qabul qilinadi:
a)
Uchta vazifa va biznes tabiati haqida qaror.
b)
Maqsad haqida.
c)
Tashqi muhit bilan o‘zaro harakati haqida.
Maqsadga erishish uchun tashkilot tomonidan
tanlanadigan strategiya va
taktika haqida.
2.Kompaniya faoliyatini tashkil etish jarayonida qabul qilinadigan quyidagi
qarorlar:
Boshqaruv qarorlarini izohi, boshqaruv sohasidagi mutaxassislar qancha
bo‘lsa shuncha.
75
Boshqaruv jarayonidagi qaror majmuaviy mantiqiy-fikrlovchan, emotsional-
ruhiy va tashkiliy – huquqiy dalolat bo‘lib, menejer, rahbarlar tomonidan o‘z
vakolati doirasida bajarishini ko‘rsatadi.
Ulardan ba’zi birini asos uchun qabul qilamiz.
1.Boshqaruv qarorlari - bu yozma yoki og‘zaki shaklda tasvirlangan bo‘lib
va muammoli vaziyatlarni yechimini hal qilishini ko‘rsatuvchi boshqaruv
dalolatidir.
2.Boshqaruv qarorlari – bu tahlil, oldindan bilish(prognoz), maqbul holatga
keltirish(optimizatsiya) iqtisodiy asoslash va menejmentni aniq maqsadiga
erishishni ko‘p variantlaridan alternativini tanlash natijasidir.
Boshqaruv qarorini qabul qilish-bu muammoni hal qilinishini idrokli
alternativini tanlash jarayonidir.
Qabul qilingan boshqaruv qarorlari rahbar san’atini ob’ektiv
baholanishi
uchun xizmat qiladi.
Muammoni hal qilish uchun quyidagi zarur savollarga javob berish kerak:
1.
Nima uchun qilinadi (g‘oyani amalga oshirish, muammoni hal qilish)?
2.
Aniq nima (iste’molchi(xaridorni)ni qanday yangi talablari)?
3.
Qanday qilib (qanday texnologiya bo‘yicha)? Nima uchun?
4.
Qanday ishlab chiqarish
harakatlari bilan?
5.
Qanday sonda va qaysi muddatda?
6.
Qayerda (manzili, ishlab chiqarish
xonalari)?
7.
Kimga yuboriladi?
8.
Qanday narxda va qachon sotiladi?
9.
Investorlarga va umuman jamoatga bu nima beradi.