BUXORO ARKI
Eng ko‘hna madaniy meros obyektlaridan biri Ark qal’asi bo‘lib, u qadimda
Buxoro shahrining markazi hisoblangan. Buxoro arki milodning boshlarida
qurila boshlanib, XVI asrda Shayboniylar sulolasi davrida ansambl holiga
kelgan.
Ark qal’asining barpo etilishi Eron podshosi va turk ayolining farzandi Siyovush
nomi bilan bog‘liqdir. Ma’lumotlarda keltirilishicha, Siyovush Samarqand
podshosi Afrosiyobdan yengilgach, shu yerda – Zarafshon daryosining quyi
irmoqlaridan birining sohilida to‘xtagan va shaharning yaratilishiga asos
solgan. Siyovush Afrosiyob tomonidan o‘ldirilganidan keyin Buxoroning Sharq
darvozasi yonida ko‘milgan degan rivoyatlar bor.
VII asrda Buxoro hokimi Bidun vayrona holiga kelgan arkni qayta tiklatgan.
O‘sha davrda ark oldida katta maydon – registon, uning atrofida savdogar
va zodagonlarning yuzlab qo‘rg‘onlari bo‘lgan. Hokim va uning qarindoshlari
qo‘rg‘oni yonida asosiy shahar – shahriston joylashgan.
Ko‘plab me’moriy yodgorliklarni o‘zida jamuljam etgan ko‘hna Ark qal’asi
ko‘p asrlar mobaynida amirlikning qarorgohi bo‘lib kelgan. Bu yerda amir,
uning bosh vazirlari, harbiy boshliqlar, amirning ko‘p sonli xizmatchilari
yashaganlar. Ark qal’asida hukmdorlar uchun saroy, ko‘rinishxona, masjid va
turar-joy binolari bunyod etilgan.
Ark qal’asi to‘g‘risida birinchi yozuvlar Abu Baxr Narshaxiyning (899-939-
yillar) “Buxoro tarixi” kitobida ham uchraydi. Buxoro podshosi Bidun bu
qal’ani qurdi, ammo u tezda buzildi, yana yangidan qurdi, u yana buzildi.
Shundan keyin uzoqni ko‘ra biladigan dono kishilarni chaqiradi.
Donishmandlar arkni katta ayiq yulduzi shaklida barpo etishni maslahat
berdilar. Ark qal’asi ana shu shaklda quriladi, keyin esa u buzilmadi degan
ma’lumotlar bor.
Buxoro arki
Balandligi 20 m cha boʻlgan tepalik ustiga qurilgan arkning maydoni 4 ga,
tarhi koʻpburchakli. Turli davrlarda devorlari tosh, pishiq va xom gʻisht,
paxsalar bilan mustahkamlangan. Oʻpirilib tushgan joylari dastlab xom
gishtdan, keyin pishiq gʻishtdan taʼmir etilgan. Koʻtarila boruvchi yoʻl orqali
gʻarbdagi ulkan darvozadan (16asr) ichkariga kiriladi (sharq tomonida ham
ilgari darvoza boʻlgan). Darvozaxona peshtoqining ikki yon tomonidagi
«guldasta» va ular oraligʻidagi 3 qavatli bino yaxshi saqlangan. Ark
ichkarisiga olib kiradigan uzun dalonyoʻlakning chap devorida 12 va oʻng
devorida 13 taxmontokcha qilingan. Chap tomonidagi tokchalarning
baʼzilarida obxonaga kiriladigan eshiklar bor. Guldasta (burj)lar tagida zax
va dim yertoʻlalar boʻlgan. Dalonning oʻng tomonidagi oʻrta tokchasida
afsonaviy qahramon Siyovush ruhiga Navroʻz bayramida chiroqlar
yoqilgan. Amir sayisxona (otxona) siga ham shu yerdagi zinadan kirilgan.
Dalondan chiqaverishda toʻpchi boshi (saroy qoʻriqchilari boshligʻi)ning
mahkamasi, shu yerdagi ayvon tagida yertoʻla boʻlgan (bu binolar buzilib
ketgan). Undan sal narida (gʻarbiy devor burchagida) peshayvonli jome
masjid (saroy masjidi) qurilgan (18-a. oxiri). Masjid derazalari panjarali,
devorlarining ichki tomonidagi naqshlar orasiga Qurʼon oyatlari bitilgan.
Peshayvon shipi murakkab girihdar bilan bezatilgan.
Arkning orqa
yon
tomonidan
koʻrinishi
Arkning shim. gʻarbiy burchagida toʻpchi boshining uyi va
taʼmir ishlari ustidan nazorat qiluvchi kishi turadigan xona
boʻlgan. Masjidning sharq tomonida oshxona, orqa tarafida
zarbxona (oltin, kumush va chaqa tangalar zarb qilinadigan joy)
bor. Zarbxonaning shim. sharqida zargarxona, janubda
devonbegining mahkamasi va qushbegiga qarashli binolar
boʻlgan (baʼzilari hozir ham bor). Jome masjiddan boshlangan
tor yoʻlak qushbegi hovlisi orqali chorsuga tutashgan. Chorsuning
chap tomonida tosh yotqizilgan katta hovli — koʻrinishxona
oʻrnashgan. Unda elchilar qabul qilingan va amirlarning taxtga
oʻtirish marosimlari oʻtkazilgan. Hovliga kiraverishda nakshli
peshtoqboʻlgan (1605). Hovlining 3 tomoni ayvon bilan oʻralgan.
Oldingi peshayvonda ikki qator naqshli ustunlar boʻlib, ularning
tepasi kalla muqarnaslar bilan bezatilgan. Nurota marmaridan
qilingan taxt shu ayvondagi taxtiravon tagida turgan. Hovlining
jan. tomonida «Rahimxon mehmonxonasi» va qorixona qurilgan
(18-asr). Bu binolar tagida yertoʻlalar boʻlib, ularda xazina
sakdangan. Buxoro arkining shim. sharqidagi Buxoro zindoni
mangʻitlar saltanati davrida qurilganbo'lgan.
Arkning gʻarb tomonidagi hovlida mirzalar va bosh xizmatchilar
uchun ikki qavatli binolar qurilgan. Sal narida — salomxona, undan
sharq tomonda mehmonxonalar, amir hamda oliy mansabdorlarga
qarashli boshqa binolar joylashgan (miyon hovli). Janubda
hammom, hammomning sharq tomonidagi kichkina masjid
hozirgacha saqlangan. Arkning markazida oʻrda (amir xotinlari
turadigan uylar), shimolda qushbegi xotinlari turadigan uylar,
hammomning sharqida amir haramidagi qizlarning uylari, sharqida
zodagonlar yashaydigan uylar bor. Shimoli sharqiy burchakda
Childuxtaron masjidi va Battol Gʻoziy mozori boʻlgan. Arkning sharqiy
devori boʻylab gʻulombachcha (soqchilar kazarmasi), jan. sharqiy
burchagida dorixona (oʻqdorilar ombori) joylashgan (arkning
gʻarbiy devoriga taqalgan binolarning bir qismigina sakdangan).
Arkdagi qariyb 80 foiz imorat saqlanmagan. Arkning markazida
(poydevor qoldiklari va xarobalari orasida) yer tagidan oʻtgan
moʻrilar ark ichiga qarab ketgan katta sopol quvurlar koʻrinib turadi.
Bular oqova suv quvurlarining qoldiqlari. Arkning gʻarbiy devoridan
boshqa hamma devorlari, burchaklardagi minoralar buzilib ketgan.
Buxoro arki darvozasi oldidagi Registon maydonida koʻpgina
imoratlar boʻlgan. Uning gʻarbiy devoriga qaragan peshayvonga
zambaraklar qoʻyilgan. Ark darvozasining chap tomonida
lashkarboshi mehmonxonasi, shim. da esa qurolyarogʻlar
tuzatiladigan ustaxona va aslahaxona (qoʻrxona) boʻlgan.
Arkning yon
tomonidan
koʻrinishi
Kirish darvozasi
Darvozadan kirsangiz,
devorlar orasida o‘ziga xos
muzey yaratilganiga
ko‘zingiz tushadi.
Masjid. Hozir uning ichida
diniy muzey joylashgan
Ark qal'asini “Shahar
ichidagi shahar” deb
atashgan.Hamda, xuddi
shaharlarniki kabi bozor,
masjid, mehmonxona,
ustaxona va ko‘chalardan
iborat bo‘lgan.
Qal'a ichidagi
ko‘chalardan biri
Bu kabi ko‘chalar hozir ham
bir nechta bo‘lib, birinchi
marta Arkni aylanayotgan
odamning adashib qolishi
ham hech gap emas.
Zinalardan yuqoriga
ko‘tarilganda muzey bor
Shuningdek, hozirgi kunga
kelib Ark qal'asi ichida bir
qancha muzeylar ham
tashkil etilgan.
Zindon xonalari atrofidagi
yo‘lak
Zindon atrofidagi yo‘lak
anchagina tor qurilgan
bo‘lib, u binoning ikki yon
va orqa tomonidan o‘tadi.
Qo‘g‘irchoq zindonbandlar
Chuqurligi 6,5 metr, aylanasi
5 metr bo‘lgan zindonda
mahbuslarni kanalar
yordamida qiynoqqa
solishgan.
Arkning 1902
yildagi
koʻrinishi
Buxoro arkining shimoliy sharqidagi «Childuxtaron» maqbarasi,
janubiy gʻarbda «Battol Gʻoziy xonaqohi», xos hammom
qoldiqlari saqlangan. 1990-y. da arxeologlar tomonidan olib
borilgan qazish ishlari natijasida Amir mehmonxonasi
hisoblangan xonaqoh va uning atrofidagi hujralarning
poydevorlari, hovli ichkarisidagi supa, toshnov, tazar, sandal va
yaxxonalar ochildi. Hammom tuzilish jihatdan murakkabligi [yer
osti tazarlari umumiy bir tarmoqqa boʻysundirilganligi, shahar
tashqarisidagi zahkashga qadar choʻzilganligi, toʻrt tomonidagi
gulax (oʻtxona)lari doimiy ravishda bir xil issiqlik berib turishi,
yaxxonada muzni to kech kuzgacha saqlay bilishganligi
aniqlandi.
Buxoroning 2500-yilligi munosabati bilan ark ichkarisidagi taxt
joylashgan hovli taʼmirlanib, oʻz holiga keltirildi. Ark devorlari
yangilandi. «Goʻriyon» darvozasi qayta tiklandi
va obodonlashtirish ishlari olib borildi. Yer sathidan 2,5—3 m
chuqurlikda gumbazsimon yer osti yoʻli borligi aniqlandi. Arkda
Buxoro davlat meʼmoriybadiiy muzeyqoʻriqxonasi joylashgan.
Arkning 1907
yildagi
koʻrinishi
Xulosa
Buxoro markaziy Osiyoda SHarq shaharlari milliy o‘ziga xosligini to‘laligicha saqlab
qolgan yagona shahardir. Qadimiy tor ko‘chalar turli-tuman bozorlar, savdo va
saylgoh maydonlari o‘zida SHarq ruhi va issiq nafasini aks ettirib turibdi. Buxoroiy sharif
yuragimizga jon qadar yaqin bu ulug‘ va muqaddas maskan nafaqat Islom olamida,
balki jahonda ham dovrug‘ taratgan buyuk go‘shalardan biridir.2 Mashhur
tarixnavislarning shahodat berishlaricha, u amirliklaru – xonliklar davrida 800 yil
mobaynida mamlakat poytaxti bo‘lib, kelganligi ham Buxoroning ijtimoiy–siyosiy va
madaniy – ma’rifiy hayotda o‘z mavqega ega jonligini ko‘rsatadi.O‘zbekistonning boy
me’moriy an’analari jahon madaniy merosi rivojining barcha bosqichlari, nodir
me’moriy asarlarining turli-tuman ko‘rinishilarini o‘zida mujassam etgan bo‘lib,
minoralar kabi o‘ziga xos inshootlar me’morchiligida ham ma’lum darajada sezilarli iz
qoldirgan. O‘zbekiston hududida shakllangan minoralar va shu turdagi me’moriy
inshootlar jahon me’morchiligining minoralar me’moriy yo‘nalishlarining muhim qismini
o‘zining nodir yechimlari, badiiy-kompozitsion xususiyatlari bilan belgilab bergan va
me’morchilikning rivojlanishida o‘ziga xos o‘rinni egalladi. Ularning paydo bo‘lishiga
ushbu hududning har bir mintaqasi va turli davrdagi me’moriy taraqqiyot o‘z ta’sirini
ko‘rsatgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 1-12 tomlar. Toshkent,
2000-2006.
2. X.Po'latov. Shaharsozlik tarixi. O‘quv qo‘llanma. Т., «Fan va texnologiya»
3.Qodirova, T.F. San’at, arxitektura va shaharsozlik tarixi
4. Shosh.uz
5. library.ziyonet.uz
6.Daryo.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |