I qurilish-iqlimiy mintaqada turar-joy binolarining arxitekturatarixiy echimlari istiqomatgohni yozgi jazirama, shamol va changdan himoyalashni ta’minlashi kerak. YAshash xonalarini changto‘zon ta’siridan himoyalangan xovli bo‘shliqlariga ochilishini ta’minlaydigan, maksimal keng korpusli turar-joy uylarning ixcham qurshalgan(o‘ralgan) yoki yarim qurshalgan(o‘ralgan) kompoziatsiontarxiy echimlarini qo‘llash tavsiya qilinadi; ko‘pqavatli uylarda uy strukturasi ichiga joylashgan oynavand peshayvonlar, kamqavatli uylarda esa yopiq xovlilar qo‘llash maqsadga muvofiqdir. II qurilish-iqlimiy mintaqada arxitektura-tarxiy echimlar iqlimning orombaxsh sharoitlaridan maksimal foydalanishga, shu bilan bir vaqtda istiqomatgohni ortiqcha jaziramadan himoyalashga qaratilgan bo‘lishi kerak. Jaziramadan himoyalash soyabonlash, istiqomatgohni tashqiko‘kalamzor muxitga ochish, orombaxsh salqin shamollar yo‘nalishi-ni hisobga olgan xolda shamollatish hisobiga ta’minlanadi. III qurilish-iqlimiy mintaqada arxitektura-tarxiy echimni tanlashda etakchi omil, bu istiqomatgoxni qish davrida o‘tano-qulay iqlim tasiridan himoyalashdir. Istiqomatgox va peshayvonlar asosan janubiy (janubisharq, janubi-g‘arb) ufqqa qaratilgan, ixcham kompozitsion-tar-xiy echimlar qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. II qurilish-iqlimiy mintaqada arxitektura-tarxiy echimlar iqlimning orombaxsh sharoitlaridan maksimal foydalanishga, shu bilan bir vaqtda istiqomatgohni ortiqcha jaziramadan himoyalashga qaratilgan bo‘lishi kerak. Jaziramadan himoyalash soyabonlash, istiqomatgohni tashqiko‘kalamzor muxitga ochish, orombaxsh salqin shamollar yo‘nalishi-ni hisobga olgan xolda shamollatish hisobiga ta’minlanadi. III qurilish-iqlimiy mintaqada arxitektura-tarxiy echimni tanlashda etakchi omil, bu istiqomatgoxni qish davrida o‘tano-qulay iqlim tasiridan himoyalashdir. Istiqomatgox va peshayvonlar asosan janubiy (janubisharq, janubi-g‘arb) ufqqa qaratilgan, ixcham kompozitsion-tar-xiy echimlar qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. 2.9. Xonadon fondining turarjoy binolari xonadonlarga bitadan oilani ko‘chib kirishi va yashovchilarni turar-joy bilan O‘zbekiston Respublikasi «Turar-joy kodeksi»ga muvofiq ta’minlash shartidan kelib chiqib loyihalashtirilishi kerak. Istiqomatgoh maydonining hisobiy ko‘rsatkichlari ta’minlanganlikning erishilgan darajasini, «Buyurtmachining moliyaviy-iqtisodiy imkoniyatlarini, qurilishni resurs bilan ta’minlanganligini hisobga olgan xolda loyihalash topshirig‘i bilan o‘rnatiladi, lekin 1 odamga umumiy maydon 10 m2 dan, kresloaravachadagi nogironlar uchun esa 23 m2 dan past bo‘lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |