Bog'liq METROLOGIYA VA TELEKOMMUNIKATSIYA TIZIMLARIDA O’LCHASH mavzu izlash uchun
4.7. Analog-raqamli va raqamli-analog o‘zgartirgichlar ARO‘ va RAO‘ larning ishlash prinsiplarini tahlil qilishga o‘tishdan oldin integral texnikaning eng muhim elementi – operatsion kuchaytirgich va ular asosida yasalgan bir qator sxemalarni ko‘rib chiqamiz.
Operatsion kuchaytirgich Operatsion kuchaytirgich (OK) deb, katta kuchaytirish koeffitsiyenti (106...107), yuqori kirish qarshiligi (yuzlab MOm) va kichik chiqish qarshiligiga (bir necha Om) ega bo‘lgan yuqori sifatli kuchlanishli integral chiziqli kuchaytirgichga aytiladi. 4.27-a rasmda OK ning shartli grafik tasviri ko‘rsatilgan.
OK ning kirishlaridan biri chiqishga nisbatan invertirlamaydigan kirish Un, boshqasi esa inventirlovchi kirish Ui bo‘ladi. Bu invertirlovchi kirish inversiya belgisi (OK kirishidagi doiracha) bilan belgilanadi. OK ning ta’minoti ikkita bir xil turli qutbli manbalar +Ut va –Ut dan amalga oshiriladi. Bunday ta’minotda kirish va chiqish signallari ikki qutbli bo‘lishi mumkin, nol kirish signallariga esa nol chiqish signali mos keladi. OK ning chiqish signali differensial kirish signaliga – kirish signallari ayirmasi U0 = Ui–Un ga teng.
4.27-rasm. Operatsion kuchaytirgich:
a) shartli grafik belgilanishi; b) uzatish tavsiflari.
OK ning kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsiyenti K0 chiqish kuchlanishining differensial kirish kuchlanishiga nisbatiga teng:
. (4.42)
Uzatish tavsiflari – chiqish kuchlanishining kirish kuchlanishiga bog‘liqligi OK uchun muhim ahamiyatga ega. Agar kuchaytiriladigan signal invertirlamaydigan kirishga berilgan, invertirlovchi kirish esa yerga ulangan bo‘lsa, u holda chiqish kuchlanishining ishorasi kirish kuchlanishining ishorasi bilan ustma-ust tushadi (1 chiziq). Signalni invertirlovchi kirishga berilib, invertirlamaydigan kirish esa yerga ulanganida chiqish kuchlanishining ishorasi kirish kuchlanishining ishorasiga qarama-qarshi bo‘ladi (2 chiziq). Uzatish tavsiflari chiziqli uchastkalarining og‘ish burchagi kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsiyenti K0 ga proporsional. Uzatish tavsiflarining gorizontal uchastkalari OK oxirgi tranzistorlarining to‘yinish rejimiga mos keladi, shuning uchun chiqish kuchlanishi: ±Uchiq=±U m»Ut. Bu taxminlardan OK ning quyidagi ikkita asosiy xossasi (tahlil qilish qoidalari) kelib chiqadi.
1. Differensial kirish signali nolga teng:
. (4.43)
2. OK ning kirishlari kirish signali manbasidan tok iste’mol qilmaydi:
. (4.44)
Ideal OK tushunchasi uning invertirlovchi va invertirlamaydigan kirishlarining «virtual» (tuyulma) tutashish deb ataluvchi prinsipga mos keladi. Virtual tutashishda, jismoniy tutashishdagi kabi, ulangan qismlar orasidagi kuchlanish nolga teng bo‘ladi. Biroq jismoniy tutashishdan farqli o‘laroq, virtual tutashgan qismlar orasida tok oqmaydi. Boshqacha aytganda, tok uchun qismlarning virtual tutashishi elektr zanjirining ulanishiga ekvivalentdir.
OK ning kirishlariga signalni berish va unga tashqi elementlarni ulash shartlariga bog‘liq ravishda ikkita fundamental ulanish sxemasi: invertirlovchi va invertirlamaydigan sxemalarni hosil qilish mumkin.