Toshkent aloqa tehnologiyalari universiteti u. N. Karimova metrologiya va telekommunikatsiya tizimlarida o


 Sinusoidal signallar generatorlarining xususiyatlari



Download 2,04 Mb.
bet105/131
Sana31.05.2022
Hajmi2,04 Mb.
#623086
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   131
Bog'liq
METROLOGIYA VA TELEKOMMUNIKATSIYA TIZIMLARIDA O’LCHASH mavzu izlash uchun

8.2. Sinusoidal signallar generatorlarining xususiyatlari
Bu generatorlar aloqa texnikasidagi o’lchashlarda eng ko’p tarqalgan. Ularning me’yorlanadigan parametrlariga qo’yila­digan talablar to’la ishlab chiqilgan. GOST 9788-78 ga muvofiq, bu generatorlarning asosiy parametrlari quyida­gilardan iborat:
– generatsiyalanadigan (ishlab chiqariladigan) tebra­nishlar chastotalari diapazoni. Diapazonning minimal va maksimal chastotasi ko’rsatiladi. Butun diapazon, odatda, bir necha kichik diapazonlarga (qism diapazonlarga) bo’linadi. Diapazonning kengligi qoplash koeffitsienti bilan tas­vir­lanib, u generatsiyalanadigan maksimal chastotaning mi­nimal chastotaga nisbatiga teng. Qoplash koeffitsienti diapazonining yuqori chegarasi o’sishi bilan juda kamayadi va past chastotalar generatori uchun 10000 dan O’YuCh gene­ratorlari uchun 1,1...2,0 gacha o’zgaradi;
– chastotani o’rnatish xatoligi. Bu parametr yo butun asbob uchun, yoki har bir kichik diapazon uchun alohida ko’rsatiladi; u asosiy xatolik va qo’shimcha xatolik bo’lishi mumkin. Chastotani o’rnatishning qo’shimcha xatoligi atrof-muhit xarorati­ning o’zgarishiga va chiqish signali darajasining o’zgari­shiga bog’liq. Chastotani o’rnatishning kirish signali darajasining eng katta qiymatida eng kichik qiymatigacha rostlash bilan bog’liq bo’lgan qo’shimcha xatolik 250 MGs gacha bo’lgan chastotalarda ±0,1% dan oshmaydi. Hozirgi zamon generatorlarining ba’zi namunalarida o’rnatiladigan chastotani indikatsiyalash uchun o’rnatilgan raqamli tipdagi chastota o’lchagichlardan foydala­ni­ladi. Qayd etilgan chastotalar diskret naboriga ega bo’lgan pretsizion o’lchash generatorlari (sintezatorlar)ning chastotani o’rnatish xatoligi 10–4...10–5% bo’lishi mumkin;
– chastotaning nostabilligi. Bu xarakteristika chastota­ning ruxsat etiladigan o’zgarish chegarasi sifatida me’yorla­na­di. Chastotaning qisqa vaqtli nostabilligi, masalan, o’zgarmas tashqi sharoitlarda va o’zgarmas ta’minot kuchla­nishida generatorning ish rejimi o’rnatilganidan keyin 15 daqiqa ishlashi davrida nostabilligi va uzoq vaqtli nosta­billigi (masalan, 3 soat ishlashida) ko’rsatiladi.
Chastotaning nostabilligi tashqi sharoitlarga va ta’­minot kuchlanishi, shuningdek, beruvchi generatorlarning tebranish konturlari, rezonatorlari hamda aktiv elementlari­ning mexanik va elektr parametrlariga bog’liq. Chastotasi ravon qayta sozlanuvchi generatorlarning qisqa vaqtli nostabilligi odatda 10–3...10–4 ni tashkil etadi. Chastotasi ichiga o’rnatilgan kvartsli generatorlar bo’yicha fazaviy avtosozlanadigan generatorlarda qisqa vaqtli nostabillikni 10–7 gacha kamaytirish mumkin. Raqamli sintezatorlarning sutkalik chastota nostabilligi 10–9 ga teng;
– chiqish kuchlanishi parametrlari. Chiqish kuchlanishi generatorning vazifasi bilan aniqlanadi. Past chastotali generatorlar nisbatan katta chiqish kuchlanishini ta’minlaydi;
– chiqish quvvati (kuchlanishi) darajasini o’rnatish xatoligi. U darajani o’rnatishning ruxsat etiladigan asosiy va qo’shimcha xatoliklari chegarasi sifatida me’yorlanadi. Bu xatolik o’lchash generatori ichiga o’rnatiladigan va kalibrlangan boshlang’ich darajani o’rnatiladigan asbob (voltmetr) xatoligi, shuningdek, attenyuator xatoligi bilan aniqlanadi;
– chiqish quvvati darajasining nostabilligi. Tayanch darajaning biror ma’lum vaqt intervali (15 daqiqa, 3 soat va hokazo) davrdagi ruxsat etiladigan o’zgarishining chegarasi sifatida aniqlanadi.
Bu parametr tashqi sharoitlarning, ta’minot kuchlanishining o’zgarishiga, signalning boshqa parametrlarining rostlanishiga bog’liq. Amaliyot uchun, ayniqsa, generator chastotasini qayta sozlashda chiqish darajasining ruxsat etiladigan o’zgarishi, ya’ni uning amplituda-chastota xarakteristikasining notekisligi muhimdir;
– garmonik tashkil etuvchilar darajasi. Sinusoidal signal shaklining buzilishini garmonikalar koeffitsientining ruxsat etiladigan chegaraviy qiymatini ko’rsatish bilan me’yorlanadi. Umumiy vazifali generatorlar uchun garmonikalar koeffitsienti 0,3...2 foizni tashkil etishi mumkin. Alohida yuqori sifatli generatorlar 0,02...0,05 garmonikalar koeffitsientiga ega;
– chiqish signalini modulyatsiyalash parametrlari. Chiqish signalini modulyatsiyalash YuCh va O’YuCh generatorda amalga oshiriladi. Quyidagilar me’yorlanadi: modulyatsiya turi, modulyatsiya parametrlarini rostlash chegaralari va sanog’ini olish xatoligi;
– generatorni ekranlash sifati. Generatorni ekranlash elektromagnit energiya kuchlanishini, ya’ni xalaqitlarni susaytirish uchun zarurdir. Ayrim qismlarni ekranlashning qo’llanilishi xalaqitlar darajasini jiddiy pasaytiradi, biroq ularni to’la bartaraf eta olmaydi. Generatorning pasport ma’lumotlarida, odatda, asbob tashqarisida quvvat oqimining zichligi va ta’minot tarmog’i simlarida generatsiyalanadigan (uyg’otiladigan) chastota kuchlanishi ko’rsatiladi;
– chiqish qarshiligi. O’lchash generatorlari ma’lum chiqish qarshiligiga ega bo’ladi. Rchiq ning eng ko’p tarqalgan qiymatlari 600, 75, 50, 15, 10, 5 Om dir. Chiqish qarshiligining kerakli qiymati o’lchash masalasining echish shartlaridan, masalan, ulanayotgan kabelning to’lqin qarshiligi bilan muvofiqlashtirish shartlaridan tanlanadi.

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish