ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ AХБOРOТ ТEХНOЛOГИЯЛAРИ ВA КOММУНИКAЦИЯЛAРИНИ РИВOЖЛAНТИРИШ ВAЗИРЛИГИ
МУҲАММАД АЛ-ХОРАЗМИЙ НОМИДАГИ
ТОШКЕНТ АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ УНИВЕРСИТЕТИ
Оптик алоқа тизимлари фанидан
1-Mustaqil ish
Optik tolaning asosiy fizik parametrlari
Бажарди: 017-18 гуруҳ талабаси Эргашева Н
Қабул қилди: Нормуродов А
Тошкент 2022
Reja:
Optik tola
Optik toladagi soʻnish hodisasi.
Optik tolaning xususiy yoʻqotishlari.
Kabel yoʻqotishlari.
Optik toladagi dispersiya hodisasi va uning turlari.
Modalararo dispersiya.
Xromatik dispersiya.
Material dispersiyasi.
Toʻlqin uzatish bilan bogʻliq dispersiya.
Qutblangan moda dispersiyasi.
Dispersiyani kamaytirish usullari.
Optik tola
Tolali optik aloqa tizimida optik tebranishlarning tarqalishini chegaralovchi va yorug‘lik energiyasi oqimini berilgan yo'nalishda yo'naltiruvchi, uzatish va qabul qilish traktlarini bog'lab turuvchi muhit optik yorug'lik uzatkichlar deyiladi.
Optik yorug‘lik uzatkichlarning tavsiflari qisman aloqa tizimining sifatini aniqlaydi. Shuning uchun TOATni loyihalashtirishda nurlanish tarqaladigan uzatuvchi muhit — optik yorug‘lik uzatkichlarning tavsiflarini hisobga olish kerak.
TOATda maxsus optik yorug‘lik uzatkichlar — optik tolalar (OT) qo'llaniladi.
Kichik so‘nish koeffitsiyentiga ega bo‘lgan optik yorug‘lik uzatkichlar asosida optik signallarni uzoq masofalarga uzatishni ta’minlovchi optik kabellar yaratilgan.
Yorug‘lik uzatuvchi optik tolalar o‘zak va qobiqdan iborat bo‘ladi. Ular qiymat bo‘yicha bir-biriga yaqin turli sindirish ko‘rsatkichlariga ega. 0 ‘zak uzatuvchi muhit, qobiq esa o‘zi va o‘zak orasida chegara hosil qiluvchi sifatida ishlatiladi. Bu chegara yorug‘likni yo‘naltiruvchi fizik kanalni shakllantirib, u orqali uzatilgan signalning tashuvchisi yorug‘lik nuri tarqaladi.
Yorug‘lik uzatuvchi optik tolalar
Yorug‘lik nurining faqatgina o‘zak bo‘ylab tarqahshini ta’minlash uchun quyidagi shart bajarilishi kerak:
n1>n2>n3>n0,
bunda:
n1 — o‘zakning sindirish ko‘rsatkichi;
n2, n3 — qobiqlarning sindirish ko‘rsatkichlari;
n0 — tashqi muhitning sindirish ko‘rsatkichi
Optik tolaning tuzilishi
Optik tola uchun asosiy material juda toza va tiniq kvars shishasi, kremniy ikki oksidi (S i02) hisoblanadi.
0 ‘zak va qobiqning kerakli sindirish ko‘rsatkichlarini olish uchun kvars shishasiga qo‘shimchalar qo‘shiladi. Masalan; germaniy va fosfor sindirish ko‘rsatkichini oshiradi, bor va ftor esa aksincha uni kamaytiradi. Tolaning qo‘shimcha qobiqlari himoya qobig'i hisoblanadi. Tashqi plastik qoplama optik tolaning xususiyatlariga ta'sir etuvchi mexanik va atrof-muhit ta’sirlaridan uni himoya qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |