441
XXI bob.
Qonuniylik va
huquqiy tartibot. Intizom
ganlar, ijtimoiy birliklar, mansabdor shaxslar va fuqarolarning qonunlarga bir
xilda rioya etishlari va ularni aniq bajarishlari majburiyati yotadi
1
.
Qonuniylik prinsipi xususida olimlarning qarashlari turlicha bo‘lsa-da,
ular bildirgan fikrlar aslida bir xilligi ko‘rinib turibdi. Shundan kelib chiqqan
holda, qonuniylik prinsipini quyidagicha ta’riflash mumkin:
Qonuniylik –
huquq subyektlarining amaldagi qonunlarga aniq va bir xilda rioya qilishlarini
anglatuvchi, huquqiy demokratik davlatning mohiyatiga xos rahbariy g‘oyadir.
Qonuniylik amalda o‘z ifodasini topgandagina, huquqiy qadriyat darajasiga
ko‘tariladi. O‘z navbatida, huquqning qadriyat tarzida e’tirof etilishida qonuniy-
lik prinsipi muhim rol o‘ynaydi.
Huquqiy tartibotning yagonaligi prinsipiga ko‘ra mamlakatning butun
hududida yagona huquqiy muhit, huquqiy tartib o‘rnatiladi, mazkur huquqiy
tartibotga to‘g‘ri kelmaydigan boshqa tarzdagi tartib o‘rnatish qat’iyan man
etiladi.
Ierarxiyaga asoslanganligi – huquqiy tartibotni amalga oshirishda ijti-
moiy munosabatlar ishtirokchilari normativ-huquqiy hujjatlarning pog‘onama-
pog‘ona joylashganligi prinsipiga rioya etishini anglatadi.
Adolatlilik – huquqiy tartibotning asosiy prinsipi hisoblanadi. Jamiyat-
da o‘rnatilgan huquqiy tartibot adolat g‘oyasi bilan yo‘g‘rilgan bo‘lishi lozim,
shundagina jamiyat a’zolari bunday huquqiy tartibotga ixtiyoriy rioya qilishlari
mumkin. Huquqiy tartibotning jamiyat barcha a’zolari uchun maqbul bo‘lishi
talab etiladi.
Huquqiy tartibotning kafolatlanganligi – jamiyatda o‘rnatilgan har
qanday huquqiy tartib davlatning tashkilotchilik faoliyati va majburlov kuchi
bilan ta’minlanadi. Huquqiy tartibotni ta’minlashda huquqni muhofaza qiluvchi
organlar yetakchi o‘rinni egallaydi. Sud, prokuratura va ichki ishlar organlari
o‘zlarining kundalik faoliyatida jamoat tartibini saqlash, jamoat xavfsizligini
ta’minlashga qaratilgan vazifalarini amalga oshiradilar va shu yo‘l bilan jamiyatda
huquqiy tartibot o‘rnatadilar.
Huquqiy tartibotning normativligi – jamiyatda mavjud ijtimoiy mu-
nosabatlarning amalga oshishi hammaga birdek majburiy bo‘lgan huquqiy
normalar orqali tartibga solinadi; huquqiy munosabat subyektlari va ularning
subyektiv huquq va yuridik majburiyatlari doirasi hamda huquqiy munosa-
batlarni vujudga keltiruvchi, o‘zgartiruvchi va bekor qiluvchi yuridik faktlar
qonun bilan belgilanadi; huquqiy munosabat ishtirokchilarining harakatlari
aniqlashtiriladi.
1
Qаrаng: Байтин М.И. Принцип всеобщего равенства перед законом и судом в свете концепции
единства естественного и позитивного права // Государство и право. – 2005. – № 8. – 101-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |