Maxsus yuridik sharhlashda maxsus atamalar, qonunchilikda
qo‘llanilgan yuridik texnika vositalari va qonun chiqaruvchi idoraning
xohish-irodasini ifodalash usullari tahlil qilinadi. Qonun chiqaruvchi
idoraning huquq normalarida aks ettiriladigan xohish-irodasi nafaqat umu-
miy iste’moldagi so‘zlar orqali, balki maxsus yuridik atamalar yordamida
ham ifoda etiladi. Bunda turli texnik-yuridik vositalar va usullardan foy-
dalaniladi, huquqiy tartibga solishning har xil usullari qo‘llaniladi. Sharhlov-
chi shaxs huquqiy tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlarini, yuridik
konstruksiyani, tartibga solish usuli va boshqa shu kabilarni hisobga olishi
kerak.
Yuqorida zikr etilgan sharhlashning usullari huquqiy normaning maz-
munini to‘laqonli yoritishga katta yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |