372
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
likasining Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiq huquqni qo‘llash va-
kolatini qonun chiqaruvchi, ijro va sud organlari, korxona, muassasa,
tashkilot rahbarlari, turli darajadagi mansabador shaxslar, muayyan ho-
latlarda jamoat tashkilotlari va o‘zini o‘zi boshqarish organlari amal-
ga oshirishi mumkin. Huquqshunosikka oid adabiyotlarda e’tirof etil-
ganidek, mansabdor bo‘lmagan shaxslar huquqni qo‘llash faoliyati bilan
shug‘ullana olmaydilar.
Huquqni qo‘llash davlat faoliyatining muhim bir shakli hisoblanadi.
Huquqni qo‘llash o‘zining ijtimoiy tabiatiga ko‘ra, boshqaruvning bir shakli
bo‘lgan – boshqaruv faoliyatini tashkil etadi. Lekin huquqni qo‘llash umuman
boshqaruvdan iborat emas, balki huquq normalarida mustahkamlangan umu-
miy qoidalarni hayotga qat’iy tatbiq etilishini ta’minlashga qaratilgan maxsus
xarakterdagi boshqaruvdir. Huquqni qo‘llash davlat-hokimiyat faoliyati sifatida
har doim davlat nomidan amalga oshiriladi.
Huquqni qo‘llash har doim qonunlarda aniq belgilab qo‘yilgan tartibda
amalga oshiriladi. Sud, ma’muriy, tergov va boshqa davlat organlari hamda
mansabdor shaxslar tomonidan huquqni qo‘llash faoliyatini amalga oshirish-
ning qat’iy tartibi o‘rnatilgan. Huquqni qo‘llovchi organlar huquq normalari
asosida, doirasida va ularda ko‘zda tutilgan tartibda, huquqiy tartibga solish
jarayonida faol ishtirok etadi, huquqiy masalalarni hal etadi, aniq vaziyatlarda
mazkur munosabatlarni huquqiy tartibga soladi
1
.
Huquqni qo‘llovchi davlat organlari va mansabdor shaxslar qonun-
da belgilab qo‘yilgan muayyan prinsiplar asosida o‘z faoliyatlarini tashkil
etadilar. Bularning eng muhimlari bo‘lib: qonun ustuvorligi, ijtimoiy adolat,
maqsadga muvofiqlilik, asoslantirilganlik prinsiplari hisoblanadi. Muayyan ish
bo‘yicha qaror qabul qilish yoki uni rasmiylashtirish davlat organlari yoki man-
sabdor shaxslarning huquqni qo‘llash faoliyatining yakuni bo‘lib hisoblanadi.
Huquqni qo‘llashning mazkur jarayonida alohida olingan hayotiy vaziyat yoki
shaxsga nisbatan huquqni qo‘llashning yuridik oqibatlari ishlab chiqiladi va
shakllantiriladi
2
.
Huquqni qo‘llash jarayoni muayyan
ketma-ketlikda bosqichma-bosqich amalga
oshiriladi. Huquqiy adabiyotlarda huquqni
qo‘llash bosqichlari to‘g‘risida yagona fikr
mavjud emas. Aksariyat adabiyotlarda huquqni qo‘llashning uch bosqichi
1
Qаrаng: Алексеев С.С. Общая теория государства и права: В 2-х т. Т.I. – М., 1981 – 326-bet.
2
O‘shа аsаr, 320-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |