366
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
qarori ustidan yuqori sudga shikoyat berish imkoniyati doimo mavjud bo‘ladi.
Masalan, anglo-sakson huquqi vujudga kelgan Angliyada oliy sud instansiyasi
vazifasini Angliya Parlamentining yuqori palatasi – Lordlar palatasi bajaradi.
Shunday qilib, huquqni amalga oshirish nimaligini tushunish uchun quyi-
dagilarni anglab olish kerak: huquqni tatbiq etishdan amalda subyektiv huquqqa
ega bo‘lgan shaxs, ya’ni huquq subyektigina manfaatdordir. Boshqa barcha
shaxslar – majburiyat olgan taraf, huquqni qo‘llovchi, qonun chiqaruvchi organ
pirovard natijada vakolatli shaxs manfaatlarini ko‘zlab ish ko‘radi. Ko‘rsatilgan
shaxslar va organlar faoliyati, bu faoliyatni tartibga soluvchi yuridik norma-
lar jamuljam holda huquqni amalga oshirishning murakkab va ko‘p jihatli
mexanizmini tashkil etadi. Binobarin, huquqni amalga oshish-oshmasligi masala-
sining yechimi bu huquq sohibiga bog‘liq bo‘ladi. Huquqni amalga oshirish
mexanizmi faqat uning xohish-irodasiga ko‘ra ishga solinishi mumkin. Mazkur
mexanizmning mavjudligi, uning sifatli va samarali ishlashga qodirligi muhim-
dir. Subyektiv huquqni himoya qilish mexanizmlari, ya’ni yuridik javobgarlik
mexanizmlari huquqni amalga oshirishning tarkibiy qismi hisoblanadi. Himoya
qilish jarayonida huquq tiklanadi va yana uni amalga oshirish imkoniyati paydo
bo‘ladi. Yuridik javobgarlik subyektiv huquqlarni g‘ayriqonuniy tajovuzlardan
muhofaza qilishni muayyan darajada ta’minlaydi va shu tariqa ularni amalga
oshirish uchun zarur shart-sharoit yaratadi.
Avval ta’kidlanganidek, huquqni amal-
ga oshirish murakkab jarayon bo‘lib, ma’lum
muddat mobaynida bosqichma-bosqich amal-
ga oshiriladi. Bu jarayonda subyektiv huquq
va majburiyat sohiblari bo‘lgan shaxslar bilan bir qatorda, davlat ham o‘zining
huquq ijod qiluvchi, huquqni ijro etuvchi, huquqni qo‘llovchi organlari orqali
ishtirok etadi. Huquqni amalga oshirish jarayoni huquqni hayotga joriy etish
usullari va shakllarining uyg‘unligidir. Ma’lumki, huquq normalari – bu gi-
poteza, dispozitsiya va sanksiyalarning birligi hisoblanib, uning mazmuni
amalga oshirishning ikki darajasi yoki usulini talab etadi:
birinchisi, normal
tatbiq etish – huquqiy xatti-harakatda dispozitsiyani ro‘yobga chiqarish;
ik-
kinchisi, huquqbuzarga, davlat hokimiyati tomonidan majburiy xulq-atvor
chorasini qo‘llash orqali sanksiyani tatbiq etish.
Huquqni ijobiy, risoladagidek amalga oshirish usullaridan biri – huquqiy
xatti-harakat hisoblanadi. Bu huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining huquq
normalariga mos keladigan, yuridik oqibatlarni keltirib chiqaradigan, ijtimoiy
foydali ahamiyatga ega bo‘lgan, ongli ravishdagi xulq-atvoridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |