352
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
Respublikamizning mustaqillikka erishishi ijtimoiy-huquqiy vaziyatni tub-
dan o‘zgartirib yubordi. Qonunchilik mohiyat e’tibori bilan tubdan o‘zgardi, bu-
tun huquqiy tizimni liberallashtirish sari yo‘l olindi, ayniqsa, jinoyatchilik-
ka qarshi kurash siyosati esa, liberallashtirish va insonparvarlikka yuz
tutdi. Biroq, totalitar tuzumning qoldiqlari va ayrim andozalaridan birdaniga
qutulishining iloji yo‘qligini nazardan qochirmaslik lozim.
Ma’lumki, bu maqsadga faqatgina barcha uzviy bog‘liq masalalarning
kompleks tarzda hal qilinishi orqali erishish mumkin.
Birinchidan, davlatning jinoiy-huquqiy siyosatining qonuniy zaminini
yaratish borasida amaldagi qonunlarga jinoyatchilikka qarshi kurash
siyosatining huquqiy asoslarini belgilab beruvchi zaruriy o‘zgartirish va
qo‘shimchalar kiritildi.
Ikkinchidan, jinoyat yustitsiyasining barcha tizimlarini qayta tash-
kil qilish va takomillashtirish, uning ochiqligi hamda oshkoraligini ta’minlash
borasida faoliyat olib borilmoqda.
Uchinchidan, aholining, shu jumladan, huquqni muhofza qiluvchi organ-
lar xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyat-
ning to‘g‘ri yo‘ldan adashgan a’zolariga nisbatan yuksak ma’rifiy, insonpar-
varlik munosabatini shakllantirish, jinoyatga oid ko‘rsatma bergan odamlarni
ta’qib qilmay, aksincha, ularga yordam berish, ularning qonuniy muhofaza-
sini ta’minlash, aybsizlik prezumpsiyasi prinsipini to‘la joriy etish choralarini
ko‘rish va boshqalar.
Jinoiy-huquqiy siyosatni erkinlashtirish shaxs erki va huquqlarini ustu-
vor qadriyat sifatida baholashni belgilab berdi. Darhaqiqat, jinoyatchilikka qar-
shi kurash siyosatining har qanday yo‘nalishi maqsad-mazmunida inson va
uning manfaatlariga e’tibor mavjud. Mazkur siyosatning asosiy maqsadi –
butun jamiyatning, xususan, har bir insonning tinch va osoyishta hayotini
ta’minlashdan iborat.
Liberallashtirish tendensiyasi huquqiy tizimning barcha elementlarini,
shuningdek huquqning va qonunchilikning barcha sohalarini qamrab olayot-
ganligi mantiqiy holdir. Fikrimizni dalillash uchun quyidagi misollar kifoya
qiladi: 1995-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
va 1995–1996-yillarda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Fuqaro-
lik kodeksi, 1998-yilda kuchga kiritilgan Oila kodeksi va boshqa salmoqli so-
haviy qonunlar xalqaro huquqiy standartlarga mos holda, shuningdek inson
huquqlarini to‘la – to‘kis ta’minlashga yo‘naltirilgan demokratiya, insonparvar-
lik hamda adolat prinsiplariga, tayanib ishlab chiqildi va qabul qilindi. Mehnat
munosabatlari sohasida ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi shartnoma mu-
nosabatlarining erkinlashuvi, fuqarolik qonunchiligida shartnomaga kirishuv-
Do'stlaringiz bilan baham: |